Aqliy hujum” metodidan samarali foydalanish qoidalari
Reja:
1. «Aqliy hujum» metodini qullashdagi asosiy qoidalar.
2. «Aqliy hujum» metodining tuzilmasi.
3. Aqliy hujum” metodining afzalliklari
4. «Aqliy hujum» metodining kamchiliklari
“Aqliy hujum” metodining mazmun va mohiyati
Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi. Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yo‘zasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.
Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya‘ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma‘lum bo‘ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shakllanib bo‘lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. Shundan keyin talabalar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida uyga vazifa berish va uy
vazifasini bajarishga tayyorlash bo‘yicha o‘qituvchi trenerning amalga oshirishi lozim bo‘lgan jarayonlar