Aqliy hujum” metodidan samarali foydalanish qoidalari
MUNDARIJA
KirishI BOB. Zamonaviy tо‘quv dastgohlari
1.1 Zamonaviy tо‘quv dastgohlari va ularning tahlili1.2 Mokisiz tо‘quv dastgohlarida qо‘llaniladigan kо‘p arqoqli apparatlarni tuzilishi va ishlash tartibini
1.3 Mokisiz tо‘quv dastgohlarida tо‘qimalar ishlab chiqarish jarayoni va ularni sifati
II BOB. “Modernizatsiyalashgan to‘quv dastgohlari” mavzusini o‘qitishda “Aqliy hujum” metodini qo‘llash
Prezidentimiz ilgari surayotgan va katta ahamiyatga ega g‘oyat muhim vazifalardan biri qayta ishlovchi tarmoqlarni mahalliy xom - ashyo negizida zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta’minlash, sifatli va raqobatbardosh iste’mol mollari ishlab chiqarishni tо‘la-tо‘kis, tugallangan texnologiya zanjirlarini barpo etish hisoblanadi.
Bu, ayniqsa, har doim innovatsiyalar rivojlanishini rag‘batlantiruvchi sektor bо‘lgan tо‘qimachilik sanoati mahsulotlari va texnologiyalariga taalluqlidir.
О‘zbekistonimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda tо‘qimachilik sanoati yetakchi о‘rinlarni egallaydi, asosiy xom-ashyomiz bо‘lgan paxta tolasini ma’lum qismi tо‘qimachilik sanoatida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda paxta tolasidan ishlab chiqarilgan tо‘qimachilik mahsulotlarning kamida 80 foizi miqdorida eksport qilinishini ta’minlash soha mutaxasislarini asosiy vazifalardan biri hisoblanadi [ ].
Tо‘qima ishlab chiqarishda, turli tо‘qimalar yaratish hozirgi zamon talabiga mos keladigan asosiy vazifalardan bо‘lib, va bu muammo hozirgi zamonning dolzarb muammosi hisoblanadi. Istiqboldagi tо‘qimachilik korxonalari texnologik pog‘onalar eng kam bо‘lgan, mehnat yuksak darajada tashkil etilgan va ishlab chiqarish samaradorligi yuqori bо‘lgan avtomat fabrikalar bо‘ladi. Tо‘qimachilik korxonalarini zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlash bilan birgalikda uni tashkil etuvchi malakali mutaxassislarni yetkazib berish hozirgi zamon talablariga aylanmokda. Mutaxassis tayyorlashda uni bilimini chuqurlashtirish uchun yangi kо‘rinishdagi metodlarni qо‘llash, oliy va kasb-hunar ta’limlarida olib borilayotgan asosiy vazifalar hisoblanadi.
Korxonalarda sifatli mahsulot ishlab chiqarish, moddiy va mehnat resurslari, xom-ashyo, texnika hamda texnologiyalardan samarali foydalanish, sikllarida mahsulot sifatini boshqarish kerak. Ishlab chiqarishni professional kichik usta va ishchilar ta’minlash bugunki kunning asosiy vazifalardan hisoblanadi .