1. «Aqliy hujum» metodini qullashdagi asosiy qoidalar. «Aqliy hujum» metodining tuzilmasi


«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari



Yüklə 55,43 Kb.
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü55,43 Kb.
#110681
1   2   3   4   5   6
Aqliy hujum” metodidan samarali foydalanish qoidalari

«Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:


  • ta‘lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘yishning qiyinligi;

  • ta‘lim beruvchidan yuqori eshitish qobiliyatining talab etilishi.

  • Aqliy hujum” metodi





  • Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi.

  • Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.

  • Aqliy hujum metodi to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.

  • Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llanadi. Mazkur metod o‘quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo‘yilgan muammo yuzasidan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi.

  • Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

  • 1. Berilgan muammo yuzasidan o‘quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.

  • 2. O‘quvchilarning fikrlari va g‘oyalarini rag‘batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.

  • 3. Har bir o‘quvchi fikrlariga va g‘oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o‘zgartirishi mumkin.

  • 4. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g‘oyalarni baholamaslik.

  • Bunday yo‘l tutilsa, ya’ni fikr va g‘oyalari baholansa, o‘quvchilar fikrlashdan to‘xtab qolishlari mumkin.

  • Aqliy hujum” usulining bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • 1.Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi;

  • 2.Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

  • 3.Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonda, videotasmada, rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to‘planadi;

  • 4.Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

  • 5.Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

  • “Aqliy hujum”niuyushtirish bir muncha sodda bo‘lib, undan ta’lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishda ham juda qo‘l keladi. Dastlab guruh yig‘iladi va ular oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammo yechimi to‘g‘risida barcha ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o‘zga kishi g‘oyalariga hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo‘q. Demak, “aqliy hujum” yo‘li bilan qisqa minutlarda o‘nlab g‘oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Aslini olganda g‘oyalar sonini qo‘lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo‘ladilar. Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta’sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo‘lishi kerak. Bildirilgan g‘oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.

  • VAZIFASI. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko‘rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilliligini yo‘qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh (sinf) yanada jipslashadi.

  • OBYEKTI. Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o‘qitish jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o‘z-o‘zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.

  • QO‘LLANISH USULI. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo‘yilgan muammo bo‘yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib borildi va ularning mualliflari o‘z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko‘ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.

Kichik guruhlarda “aqliy hujum” usuli:

Bu usulda dars o’tilganda qisqa vaqt ichida har hil variantdagi javoblarni va shu mavzuga oid talabalarning mulohazalarini to’plash imkoniyatiga ega. O’qituvchi bergan savolga talabalar tomonidan noto’g’ri javob ham bo’lishi mumkin, lekin unda tanbeh berilmaydi. Usulni yutug’i shundaki, u guruhni birlashtirib , yakdil qiladi. Har bir qatnashchi uning taklifini yozib olishga arziguliki ekanligini sezish uchun imkon beriladi. Guruhning topshiriqdan chalg’ishiga yo’l qo’ymaslik ham muhim. Miya jangida ishtirok etishga o’rganib qolgan guruh ham taklifni yozib borish uchun bir kishini ajratish o’rinlidir. Bu jarayon guruh bilan visual aloqani quvvatlab borish va talabalarning fikrlash jarayoni sur’atlarini pasaytirmaslik uchun o’qituvchiga yordam beradi.





Yüklə 55,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin