1. Arxiv hujjatlarini e’lon qilishga tayyorlash 2



Yüklə 36,2 Kb.
səhifə4/4
tarix05.02.2023
ölçüsü36,2 Kb.
#83013
1   2   3   4
Arxivshunoslik -9

Arxiv hujjatlari. Ilmiy asar tayyorlashda arxiv hujjatlarining ahamiyati benixoyat katta. O‘zbekiston tarixiga doir ko‘plab vokea va ijtimoiy xodisalarni faqat arxiv hujjatlari orqali bilish mumkin. Shuning uchun hujjatlar to‘plamini tuzishda asosan arxiv hujjatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.Yukorida ta’kidlanganidek respublikada bir necha davlat arxivlari mavjud. Shu bilan birga O‘zbekistonda bitta respublika va 12 ta viloyat partiya arxivi bor edi. Hozir bu arxivlar UzR Prezidenti devoni arxivi (PDA) va uning viloyatlardagi filiallaridir.UzR PDA Markaziy Osiedagi eng katta arxivlardan biri hisoblanadi. Arxivda Turkiston, Buxoro, Xorazm, O‘zbekiston Kompartiyasi va komsomol Markaziy kumitalari, ularning Nashrietlari, jamgarmalari va boshqa jamgarmalar jamlangan. O‘zbekiston Kompartiyasi MK jamgarmasida 1924 yildan 1990 yillargacha bo‘lgan davrni uz ichiga oluvchi 70 mingdan ortik yig‘ma jildlar sakdanmokda. Bu hujjatlarda respublika xaetidagi barcha vokealar uz aksini topgan va tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Davlat arxivlarining tarmogi partiya arxivlarinikiga nisbatan ancha keng. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Korakalpogiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 ta viloyat davlat arxivi va ularning 40 dan ortik filiallari bor. UzR MDAda O‘zbekiston va Markaziy Osie xalklarining okgyabr’ tUntarishidan oldingi va sovet davri tarixiga oid qimmatli hujjatlari saqlanadi. Bu erda bir milliondan ortik saqlov birligida hujjatlar tuplangan. Viloyat arxivlarida va ularning filiallarida faqat sovet davri tarixiga oid hujjatlar saqlanmokda.
Arxiv hujjatlarini yigishga, tanlab olishga kachon kirishish kerak? degan savol tugiladi. Tajriba Shuni ko‘rsatadiki, bunga e’yaon qilingan kitoblarni ukib, hujjatlarni yigib bo‘lgandan keyin kirishish ma’kuldir. Chunki ilmiy ishlarda foydalanilgan hujjatlarni, dalil va misollarni arxivdan olishning xojati yuk. Bunday hollarda tadqiqotchilarga zarur ma’lumot va hujjatlarni kitoblardan, matbuotdan olish tavsiya qilinadi. Arxivdan faqat yangi, boshqa olimlar xali foydalanib ulgurmagan hujjatlarni olish maqsadga muvofiqdir. Shunday arxiv hujjatlari asosida yangi xuloslar qilish, fikrlar aytish va fanga yangilik kiritish mumkin.
Ayrim mavzu bo‘yicha arxiv hujjatlarini kanday qilib topish mumkin? Arxivda, yukoridagi bUimlarda aytilganidek, materiallar jamgarmalar bo‘icha saqlanadi. Bir tashkilot, korxona eki ayrim Shaxslarning hujjatlari bir arxiv jamgarmasi hisoblanadi. Demak, tadqiqotchi birinchi galda ilmiy ish mavzuidan kelib’chiqib kanday arxiv jamgarmalari o‘rganilishini aniqlab oladi. Masalan, madaniyat tarixiga doir mavzu bo‘lsa, madaniy masalalar bilan Shugullanadigan tashkilotlarning arxiv jamgarmalaridan foydalanish kerak. Kerakli arxiv jamgarmasini topishda, tanlab olishda arxivlardagi xilmaxil ma’lumotnomalar, ko‘rsatkich (po‘tevoditel’)lar, jamgarmalar ro‘yxati, ko‘llanmalar, kataloglar, Sharxlar erdam beradi.Xar bir arxiv jamgarmasida.yuzlab, katgalarida minglab yig‘ma jildlar jamlangan. Bo‘lardan kerakli jildlarni tanlab olishda jamgarma ro‘yxatlari, jild ro‘yxatlaridan foydalanish mumkin. Hujjatlar yig‘ma jildlarning ichida saqlanadi. Arxiv yig‘ma jildi O‘rganilib, kerakli hujjatdan ko‘chirma qilinaetganda kuyidagi qoidalarga e’tibor berish kerak: hujjatdan ko‘chirma to‘la, so‘zma so‘z ko‘chiriladi. Ko‘chirilgan hujjatning biror qismi tuShirib koldirilsa, uch nuqta ko‘yiladi, ko‘chirmaga biror so‘z eki jumla ko‘Shiladigan bo‘lsa, u kvadrat kavs ichida yziladi. Ko‘chirmadan oldin hujjattdagi ma’lumotlar, hujjatning sarlavxasi, sanasi ezib ko‘yiladi. Shu bilan birga hujjatdagi rezolyo‘tsiya, belgi, muhr ko‘chirmadan keyin yoziladi. Ko‘chirilgan xujj:atning oxirida arxiv Shifri ko‘rsatiladi.Shunday qilib, arxivlarda barcha kerakli jamgarmalar, yig‘ma jildlar, hujjatlar sinchiqlab o‘rganiladi va tekShirilaetgan mavzuga oid zarur hujjatlar kUchirib olinadi.
Yukorida qisqacha ta’riflangan manbalar va boshqa turdagi manbalar (statistik materiallar, esdaliklar va xokazo) hujjatlar to‘plamini tayyorlashga asos bo‘ladi.Arxiv hujjati e’lon qilish uchun tanlab olingandan keyin maShinkada uning nusxasi taerlanadi. Uni chop etishga tayyorlash jaraenida arxiv hujjatida mavjud bo‘lgan imlo xatolari to‘g‘rilanadi, qisqartirib ezilgan so‘zlar kvadrat kavs ichida to‘la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunining uzgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyo‘tsiya va xar xil belgilar bo‘lsa, ular tuShirib koldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.Hujjatning oxirida imzo bo‘ladi. Imzoni ukib, uning egasi ismi Sharifini aniqlab ezib kuyish lozim. Mabodo uni ukishning iloji bo‘lmasa, «imzo» so‘zi yozilib, imzoning egasi ismi Sharifini ukib bo‘lmaganligi haqida izox berib o‘tiladi.Hujjatga sarlavxa yoziladi va hujjatiing arxiv Shifri, manzili ko‘rsatiladi. Hujjat sarlavxasida uning sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga karata eki kimga nisbatan ezilgani (adresati), mazmuni ko‘rsatiladi.Hujjatning oxirida «legenda», ya’ni nazorat ma’lumotnoma yoziladi. Bu qismda arxivning nomi, Shifri, ya’ni jamgarma nomi, tartib rakami, ro‘yxat rakami, yig‘ma jild tartib rakami, jild varaklari, Shuningdek hujjatning asl nusxa yoki ko‘chirma ekanligi ko‘rsatiladi. Hujjatning «legenda»si kuyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: UzR MDA, 837-jamgarma, 2-ro‘yxat, 24-yig‘ma jild, 10-12 varaklar. Asl nusxa.Hujjatlar to‘plam ichida xronologik, mavzular bo‘yicha eki boshqa belgilar asosida joylashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. sentralnыy gosudarstvennыy arxiv Uzbekskoy SSR. Pugevoditel no Otdelu fondov Oktabrskoy revolyusii i sotsialisticheskogo stroitelstva.-T.: 1960.

  2. Sentralnыy gosudarstvennыy arxiv kinofotofonodokumentov Uzbek-skoy SSR. Putevoditel.-T.: 1964.

  3. Chernov A. V. Istoriya i organizatsiya arxivnogo dela.- M., 1940.

  4. Fayzieva R. Arxiv. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 1 tom. –T.: O‘zME Davlat nashriyoti. 2000. 437-238 b.


Yüklə 36,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin