1. Аrxiv ishini axborotlashtirish. Elektron hujjat almashinuv tizimi


Elektron hujjat almashinuv tizimi



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə2/2
tarix24.05.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#121433
1   2
Raqamli arxivlar

2. Elektron hujjat almashinuv tizimi. Аxborot tashuvchi texnik vositalardagi hujjat deganda undan maʼlumotni elektron-hisoblash mashinasida qayta ishlash mumkin boʼlgan hujjat tushuniladi. Аrxivlarda elektron hujjatlarni yaratish va ulardan foydalanish boshqa axborot tashuvchi vositalar bilan bir xil ahamiyatga ega boʼlib, unda avvalo davlat yer kadastri, soliq toʼlovchilar, hisobchilarni hisobotlari, qimmatli qogʼozlar hisobi, pasport-viza nazorati, demografik, meditsina va boshqa maʼlumotlar bazasini yaratish va foydalanishda foydalaniladi. Elektron arxivlar faoliyatining asosiy yoʼnalishlari qoʼyidagilardan iborat:
-axborot saqlash tamoyillarini ishlab chiqish;
-axborotni ximoya qilish;
-axborotdan qayta foydalanishni faollashtirish;
-maʼlumotlarni taʼriflash kriteriyalarini standartlashtirish; -texnik vositalar tomonidan oʼqiladigan fayllarni arxivlashtirish;
-arxivlar va texnik vosita yordamida oʼqiladigan maʼlumotlarni ishlab chiquvchilar bilan hamkorlik;
-axborot xizmatlari va tadqiqot loyixalarini amalga oshirish.
Elektron arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarni qoʼyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Iqtisod, aholini ruyxatga olish, sogʼliqni saqlash sohasi, saylovlar;
2. Meʼyoriy va huquqiy hujjatlar matnlari, boshqaruv organlarini yigʼilishlari stenogrammalari, tadqiqotchilar uchun qiziqarli boʼlgan entsiklopedik nashrlar, gazetalar;
3. Qimmatli manbalarini raqamli nusxalari (yilnomalar, davriy va boshqa qimmatbaxo hujjatlar). Аgar arxiv elektron hujjatlar bilan butlangan boʼlsa, ularni saqlanishi uchun barcha choralarni koʼrishi kerak.
3. Raqamli arxivlar va ularni saqlash. Maʼlumotlarning asosiy qismi serverda saqlanishi va hamma foydalanuvchilar uchun qoʼlay boʼlishi va ularni zaxira nusxalari boʼlishi kerak. Qogʼozdagi hujjatlarni almashish jarayonlaridagi asosiy kamchilik bu hujjatlarni izlab topish tezligini yetishmasligi, hujjatlarni tayyorlash muddatlarini koʼpligidadir. Bugungi kunda anʼanaviy hujjat aylanishi kam samarali boʼlib, bu jarayon yirik korxonalar uchun bir qator qiyinchiliklar tugʼdiradi. Hozirgi kunda hujjatlar aylanishini elektron shakli ommaviylashib, u hujjatlarni yaratish, ularni qayta ishlash, uzatish, saqlash, tashkilot kompьyuter tarmoqlari orqali axborot kiritish kabi jarayonlarda juda katta qulaylik tugʼdirmoqda. Hujjat aylanishini dunyoda birinchi tizimi bank sohasida paydo boʼlgan. Bunday tizimlardan biri boʼlgan SWIFT tizimi oʼtgan asrni 70-yillaridan faoliyat yuritib keladi. Keyinchalik bank va banklararo axborot tizimlari vujudga kelgan. Soʼngra bu tizim rivojlana borib, biznes jarayonlarga, axborot va ishlarni boshqarishga kirib bordi. Hozirda elektron hujjat aylanish tizimini ishlab chiqarish bilan shugʼullanuvchi oʼn mingdan ortik kompaniya mavjud boʼlib, IBM, Microsoft, Oracle, Documentum kabi kompaniyalar dunyoda yetakchi hisoblanadi. Elektron hujjat aylanish tizimining asosiy tavsifiy jihatlari. Elektron hujjat aylanish tizimining asosiy vazifasi bu elektron hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlashni tashkil qilishdir. Elektron hujjat aylanish tizimida hujjatlarni oʼzgarishi, hujjatlarni bajarish muddati va harakatlanishi avtomatik ravishda kuzatib boriladi va nazorat qilinadi. Elektron hujjat aylanishni kompleks shakli tashkilot va korxonalarda barcha ish yuritish siklini qamrab oladi, shuningdek tizim tarmoqdagi barcha korxonalarni hujjatlarini yagona tizimga solishga imkoniyat yaratadi. Elektron hujjat aylanishini samarali amalga oshirish uchun elektron hujjatlardan foydalanuvchilarga nisbatan, ularni mansabi, komplektatsiyasi va vakolatiga koʼra qatʼiy cheklovlar qoʼyilishini talab qilinadi. Qoʼyidagi hujjatlar bilan ishlash xuqqi belgilangan (har bir tur uchun va har bir mansab uchun): -hujjatlar ustidan toʼla nazorat; -taxrir qilish huquqi, hujjatni yoʼq qilish huquqisiz; -hujjatlarni yangi talqinini yaratish huquqi, taʼrir qilish huquqisiz; -hujjatni oʼqish huquqi, taxrir qilish huquqisiz; -kartochkadan foydanish huquqi, hujjat mazmunidan foydalanish huquqisiz; -hujjatdan foydalanishga huquqini yoʼqligi (tizimda ishlash vaqtida foydalanuvchini har bir harakati bayonlashtiriladi va shunday qilib uni hujjatlar bilan ishlash tarixi nazorat qilinadi). Elektron hujjat aylanish tizimidagi asosan yirik davlat tashkilotlari, banklar, yirik sanoat korxonalari va faoliyatida katta xajmdagi hujjatlar yuritiladigan boshqa tuzilmalar foydalanadi. Elektron hujjat aylanish tizimida qoʼyidagi qulayliklarni taʼkidlab oʼtish lozim: Ishchi-xodimni mexnat unumdorligini oshishi. Bu koʼrsatgich tahminan 20-25% gacha oʼsadi (Siemens Biziness maʼlumotlariga koʼra) hujjatlarni saqlash va yaratishga sarflanadigan hujjatlarni qisqarishi; Elektron hujjatlarni saqlash hujjatlarni qogʼozda saqlashdan 80 % ga arzon tushadi. Hujjatlar bilan jamoa tarzida ishlash imkoniyati. Hujjatlarni tayyorlash va izlash harajatlarini kamaytiradi. Аxborot xavfsizligini taʼminlaydi, har bir foydalanuvchi uchun hujjatlar tizimidan foydalanish huquqini nazorat qiladi. Hujjatlarni saqlanishini qulaylashtiradi va hujjatlarni nazorat qilishni taʼminlaydi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, elektron hujjat aylanish tizimini qoʼllash tashkilotlarni samarali ishlashini va ish unumdorligini oshirishni taʼminlaydi. Elektron hujjat aylanishi. Oʼzbekiston tajribasi. 2003-2004 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tashabbusi bilan bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. “Elektron raqamli imzo toʼgʼrisida”gi qonunga asosan elektron raqamli imzo qoʼlda qoʼyilgan imzo bilan bir xil yuridik kuchga ega. “Elektron hujjat aylanishi toʼgʼrisida”gi qonun elektron hujjatni yuridik kuchini belgilab berdi. Elektron hujjatni majburiy rekvizitlaridan biri boʼlib bu elektron raqamli imzo hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlari Oʼzbekistonda elektron hujjatlardan samarali foydalanish uchun mustaxkam huquqiy asos boʼldi. Hozirgi kunda bir qator viloyatlarda elektron xukumatni tadbiq etilib davlat xokimiyati va boshqaruv faoliyatini oshkoraligini oshirish uchun, maxaliy xokimiyat organlari bilan fuqarolarni, biznes tuzilmalarni hamkorligini oshirish uchun muxim ishlar amalga oshirilmoqda. Elektron hujjat aylanishini joriy qilish. Elektron hujjat aylanish tizimi hozirgi kunda elektron savdo-sotiq tizimida samarali foydalanilmoqda
Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin