1. Arxiy erasida hayotning rivojlanishi. Proterazoy erasida hayotning rivojlanishi. Paleozoy erasida hayotning rivojlanishi



Yüklə 63,75 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü63,75 Kb.
#211331
1   2   3   4   5   6   7
7-M.EVOLYUTSIYA

5. Toshko‘mir yoki Karbon davrida iqlim issiq va nam bo‘lgan. Botqoqliklar ko‘p bo‘lgan. Tropik o‘rmonlarda uzunligi 30-40 m, eni 1-2 mga yetadigan plaunlar-lepidodendronlar, sigillyariyalar avj olgan. Qiriqbo‘g‘imlar tarmoqlanib, ko‘plab shohlar hosil qilgan.
O‘rmonlarda lianalar, paporotniklar ko‘plab o‘sgan. Bu davrda ochiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari paydo bo‘lgan. Masalan, urug‘li paporotniklar. Ular urug‘ yordamida ko‘payishi bilan boshqalardan farq qilgan.
Bu davrning oxirlarida iqlim o‘zgaruvchan va quruq bo‘la boshlagan. Bu hodisa tog‘lar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday sharoitda sporadan ko‘payuvchilarga nisbatan urug‘ yordamida ko‘payuvchi daraxtlarning ko‘proq yashab qolishiga imkon yaratgan. Umurtqali hayvonlar evolyutsiyasida ham ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Hashoratlarning uchar formalari-suvaraklar, ninachilar, kanalar ham rivojlangan. Dengizlarda baliqlar, yelkaoyoqlilar, mollyuskalar, ninatanlilar keng tarqalgan. Trilobitlar ancha kamaygan.
6. Perm davrida quruqlik ko‘tarilgan, iqlim quruq va sovuq bo‘la bolagan. Natijada nam tuproqda o‘sayotgan o‘rmonlar faqat ekvatorga saqlanib qoldi. Paporotniklar qirilib, ochiq urug‘lilar keng tarqala boshlagan. Amfibiyalardan stegotsifallar qirilib, xilma-xil sudralib yuruvchilar ko‘paygan. Bu davrning o‘rtalariga kelib patilozavrlar bo‘yi 3 m. ga yetgan. Ularda quruq jag‘ tishlari rivojlangan va ular sut emizuvchilanikiga o‘xshash bo‘lgan.
Yuqoridagilarni yakunlab paleozoy erasi hayvon va o‘simliklar evolyutsiyasidagi quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini qayd qilish mumkin:
1. O‘simliklar quruqlikka chiqqan. Ko‘p hujayrali o‘simliklarning quruqlikka chiqishi uchun zarur bo‘lgan tuproq bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar, lishayniklar tomonidan yaratilgan. O‘simliklarning quruqlikda yashashi tufayli mexanik, o‘tkazuvchi, assimlyatsion qoplovchi to‘qimalar va ildiz, poya, barg organlari tarkib topgan.
2. Urug‘dan ko‘payadigan o‘simliklar paydo bo‘lgan. Urug‘ hosil bo‘lishi bilan o‘simliklar bir qancha quruq joylarga tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
3. O‘simliklarni suvdan quruqlikka chiqib ko‘p massa to‘planishi hayvonlarni suvdan quruqlikka chiqishiga olib kelgan.
4. Hasharotlar uchishga moslashgan, ya’ni atmosferani egallagan. Ular atmosfera havosi bilan nafas olgan.
5. Hayvonlarda senogenetik moslanish, ya’ni qobiqqa (po‘stloqqa) o‘ralgan tuxum qo‘yish paydo bo‘lgan. Masalan, bo‘g‘imoyoqlilar, baliqlar, reptiliyalarda.
Ammo hayot dastlab suvda paydo bo‘lganligini ta’kidlash kerak. Zenkevich fikricha, suvda hayvonlarning 60 dan ortiq sinfi vujudga kelgan. Hayvonlarning quruqqa chiqishi va tarqalishi tufayli qisqa vaqt ichida 17 ta sinf vujudga kelgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning 4 ta, umurtqalilarning 4 ta sinflari shular jumlasidandir.
Paleozoy erasining oxiriga kelib, tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari quruqlikning yanada kengayishiga, Ural, Tyan-Shan, oltoy tog‘larini paydo bo‘lishiga, iqlim yanada quruqlashishiga sababchi bo‘lgan.

Yüklə 63,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin