1. Arxiy erasida hayotning rivojlanishi. Proterazoy erasida hayotning rivojlanishi. Paleozoy erasida hayotning rivojlanishi



Yüklə 63,75 Kb.
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü63,75 Kb.
#211331
1   2   3   4   5   6   7
7-M.EVOLYUTSIYA

4. Mezazoy erasi. Bu era 130 mln yillar davom etgan bo‘lib, 3 ta davrga: trias, yura va bo‘r davrlariga bo‘linadi.
1. Trias davridagi o‘rmonlarda paporotniklar,kam bo‘lsa ham ochiq urug‘lilar (ninabarglilar, ginkgolar, sangovniklar) avj olgan. O‘sha davrda yashagan gatteriya hozir ham Yangi Zellandiyada yashaydi. Trias davrida o‘txo‘r va yirtqich dinazavrlar yashagan. Ularning bo‘yi 5-6 mga yetgan. Kaltakesakka o‘xshash psevdozuxiyalarning orqa oyoqlari kuchli rivojlangan. Ulardan keyinchalik timsohlar, qushlar paydo bo‘lgan. Bu davrda toshbaqalar ham rivojlangan.
Suvda baliqlar va mollyuskalarning ko‘payishi sudralib yuruvchilardan ixtiozavrlarni ikkinchi marta suvga moslashishiga olib kelgan. Sudralib yuruvchilar poyklaterm hayvonlar bo‘lgani uchun keng tarqala olmagan.
Triasda iqlim sovushi sut emizuvchilar paydo bo‘lishiga olib keldi. Balki dastlabki sut emizuvchilar yexidna va o‘rdakburunga o‘xshab tuxum qo‘yib ko‘paygan bo‘lsa kerak.
2. Yura davriga kelib, dengiz va okeanlarda boshoyoqli mollyuskalardan ammonitlar belemnitlar ko‘paygan. Ammonitlarning spiralsimon chig‘anog‘ining bir kamerasida himoyalangan, boshqa kameradagi havo ularni suvga suzishga imkon bergan. Belemnitlar hozirgi kalmarga o‘xshaydi. Sudralib yuruvchilardan pleziozavrlar rivojlangan.
Hasharotlarning uchishi tufayli uchuvchi hasharotxo‘r kaltakesaklar paydo bo‘lgan. M: prerodaktiliya, lamfarnix. Bu davrga dastlabki qushlar ham paydo bo‘lgan. M: arxeopteriks. O‘sha davrdagi qushlar kaptarcha kattalikda bo‘lgan. Sudralib yuruvchilardan diplodokning uzunligi 30 m.ga yetgan, ular o‘txo‘r bo‘lgan. Yirtqich dinazavrlarning bo‘yi 10-15 m.ga yetgan. Yura davriga kelib, xaltali sut emizuvchilar, yopiq urug‘li o‘simliklar rivojlangan.
3. Bo‘r davrida sodda hayvonlar forominiferalar chig‘anoqlaridan ko‘plab bo‘r qatlami hosil bo‘lgan. Golenkin fikricha, bu davrda qandaydir o‘zgarishlar tufayli bulutlar tarqalib, quyosh nuri bevosita o‘simliklarga tushadigan bo‘lgan. Bunday o‘zgargan sharoitga ochiq urug‘lilar moslasha olmasdan, ko‘plab qirilgan. Aksincha yopig‘ urug‘lilar bu sharoitga yaxshi moslashgan. Ularning o‘sha davrda paydo bo‘lgan vakillari- ekvalipet, palmalar hozir ham yashayapti.
Yo‘ldoshli sut emizuvchilar shu davrga paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak. Tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payish, tana temperaturasining doimiy emasligi sudrali yuruvchilarni tarqalishini cheklab qo‘ygan. Aksincha tana temperaturasining doimiyligi, tirik tug‘ish sut emizuvchilarning keng tarqalishiga olib kelgan. Bu holat Kaynazoy erasida sudralib yuruvchilar o‘rnini sut emizuvchilar olishga olib kelgan.
Yopiq urug’li o‘simliklarning ba’zilari hasharotlar yordamida chetdan changlana boshlagan. Bo‘r davrining oxiriga kelib Alp, Himolay kabi tog‘lar paydo bo‘lgan. Iqlim soviy boshlagan. Dengizlardagi ammoniylar, belemnitlar va ular bilan ozuqlanuvchi gigant sudralib yuruvchilar qirilib ketgan. Quruqlikda yashovchi o‘txo‘r dinazavrlar uchun ozuqa hisoblangan o‘simliklar qirila boshlagan: Umuman sudralib yuruvchilarning kattalari qirilib, kichiklari saqlanib qolgan. Mezazoy erasi sudralib yuruvchilarning xilma-xil sharoitga moslashishi ideoadaptatsiya yo‘nalishiga borgan. Natajada yirik sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan. Bu erada qushlar, sut emizuvchilar va gulli o‘simliklar paydo bo‘lgan. Qushlarning rivojlanishi bosh miya, sezgi organlari, o‘pkalar takomillashishi, bronx va alveolalarning sonining ortishi, 4 kamerali yurakning rivojlanishi, pat, parning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlar qushlarning tuzilishi, hayot faoliyati sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkablashuviga olib kelgan. Sut emizuvchilarga ham aromorfozlar sodir bo‘lgan. Ularning ham nafas olish, qon aylanish organlari murakkablashgan, moddalar almashinuvi tezlashgan. Bular terini jun bilan qoplanishiga, tana temperaturasining doimiy bo‘lishiga imkon bergan. Miyacha va yarim sharlarning kattalashishi tufayli murakkab shartsiz reflekslar va instinktlar, shartli reflekslar hosil bo‘lish imkoniyati kengaygan.
Gulli o‘simliklarda ham aromorfoz tipidagi bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Gulning vujudga kelishi, qo‘sh urug‘lanish (Navashin) kabi o‘zgarishlar ana shular jumlasidandir. Mezazoy mezo grekcha-o‘rta, zoye-hayot o‘rta hayot demakdir.

Yüklə 63,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin