MUNDARIJA Kirish………………………………………………..………………………3
I BOB. Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi. 1.1 Yopiq urug`li o`simliklarning kelib chiqishi……………...……………..5
Gulli o`simliklarning klassifikatsiyasi. Vetshteyn va Galer nazariyasi.…6
1.3 Gulning urug`lanishi va changlanishi. Gul ………………………….9
II BOB. Yopiq urug`li o`simliklarning zamonaviy klassifikatsiyasi. 2.1 Yopiq urug`li o`simliklar sinfi…………………………………………15
2.2 Yopiq urug`li o`simliklarning zamonaviy klassifikatsiyasi……………19
Xulosa...........................................................................................................26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………28
KIRISH Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruhi bo‘lib hozirgi geologik davrining hukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruhlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning hukumron o‘simliklar guruhiga aylandi.
Yopiq urug‘lilar guruxiga 250 0001 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi. Ochiq urug‘lilarning tahminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud.