Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi
Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir.
Yashovchanlik. Odatda, shaxsiy taraqqiyotning turli bosqich- larida ro‘y beradigan mutatsion o‘zgaruvchanlik ko‘pgina hollar- da organizmlarning yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ba’zan o‘limiga sababchi bo‘ladi. Shuni e’tiborga olib yashovchanlik deganda organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin o‘zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi.
Raqobatchanlik — organizmlarning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shilish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Ayrim hollarda organizm yashovchan bo‘lsa-da, uning raqobatchanligi sust rivojlangan bo‘ladi.
Nasl qoldirish organizmlar urchishining normal kechishi bilan bog‘liq. Organizm jinsiy organlari yoki hujayralarida biror kam- chilik bo‘lsa, albatta urug‘lanish jarayoni normal kechmaydi va u nasl bermaydi.
Moslanishning bu uch komponenti o‘zaro bog‘liq bo‘lib, tabiiy tanlanish orqali tarkib topgan evolutsion natija hisoblanadi.
Ch. Darvinning ulug‘ xizmatlari faqat tarixiy jarayonda turlarning o‘zgarganligini isbotlash bilan cheklanmaydi. Olim fan tarixida birinchi bo‘lib moslanish muammosini ilmiy asosda hal qilib berdi. Sizlar kundalik hayotda baliqlarning suv muhitiga, qushlarning esa havo muhitiga moslashganligini yaxshi bilasizlar. Bular ayrim misollar, xolos. Aslini olganda tirik mavjudotlarning muhit sharoitiga moslanishi nihoyatda xilma-xil. Quyida ularning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |