Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi Moslanish


Hayvonot olamidagi moslanishlar



Yüklə 174,97 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü174,97 Kb.
#43549
1   2   3   4   5   6
Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi Moslanish

Hayvonot olamidagi moslanishlar. Hayvonlarning muhit sharoitiga moslanishi tashqi, ichki tuzilishida, bajaradigan funksiyasida, urchishida, nasl uchun qayg‘urishida va boshqa xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi.

Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi yashayotgan muhit rangiga o‘xshash yoki unga yaqin bo‘ladi (32-rasm). Odatda cho‘lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida, shimoliy o‘lka hayvonlari — ayiq, kuropat- ka, tulkilar oq rangda, beshiktervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo‘ladi. Agar muhit rangi fasllarga qarab o‘zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o‘zgaruv- chan bo‘ladi.

Masalan, Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi.

Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o‘simliklarga o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq suv o‘tlarini, dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi baliq suv o‘simliklarini eslatadi. (33-rasm) Ayrim baqachanoqlar daraxt kurtaklariga o‘xshashdir.

Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi.


Yüklə 174,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin