91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi
91-mavzu . Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi. Turli suv havzalarida yashash sharoiti har xil bo‘ladi. Hatto bitta suv havzasin ing turli qismida ham sharoit bir xil bo‘lmaydi. Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi, o‘zaro raqobat, dushmanlarning ko‘p bo‘lishi baliqlar tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo‘lis higa olib kelgan. Shuning uchun ham dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo‘lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi.
Rang-barang korall riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo‘ladi. Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog‘du taratadigan a’zolari bo‘ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa, ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan, dum suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi.
Skeletining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra baliqlar tog‘ayli va suyakli baliqlar sinfiga bo‘linadi.Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning skeleti tog‘aydan iborat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra yoriqlari 5–7 juft bo‘ladi. Tog‘ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o‘z ichiga oladi.
Tog'ayli baliqlar sinfi vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi.Tog'ayli baliqlarning tuzilishi ko'ppak akula misolida berilgan.
Tashqi tuzulishiUning bo’yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq. Boshining uchidaqazg'ichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashgan. Ko'zlarining orqasida ikkita halqumga ochiladigansachratqichlari bo'ladi. Gavdaning ostki tomonida dumning oldidakloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo'lmaydi, ya'ni ustkipallasi pastkisiga nisbatan katta bo'ladi. Bunday dum suzgich qanotigeteroserkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontaljoylashgan juft ko'krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin tomonidaesa juft qorin suzgich qanoti joylashgan.Erkaklarining qorin suzgich qanotining bir qismi o'zgarib, kopulyativorganga aylangan. Orqasining keyingi tomonida ikkita toq orqa suzgichqanoti joylashgan. Qorin suzgich qanotining orqa tomonida toq orqa chiqaruvsuzgich qanoti bo'ladi. Og'iz teshigi boshning ostki tomonida ko'ndalangjoylashadi. Og'zining ustki tomonida bir juft burun teshigi bor.Epidermisi ko'p qavatli bo'lib, bir hujayrali bezlarga boy, chin teri tola biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Terisi plakoidtangacha bilan qoplangan.Bu tangacha plastinka shaklida chin teridajoylashgan.Tangachasuyakkayaqin dentin degan moddadan tuzilgan, konusi esa maxsus emal modda bilan qoplangan. Plakoid tangachalar jag'ga o'tar ekan, chin tishlarga aylanadi.Bosh bilan tananing ikki yon tomonida yon chiziq sezgi organi bor.