91-mavzu. Tog‘ayli baliqlar sinfi. Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi. Akulalar turkumi, tuzilishi, ko‘payishi va hayotiy jarayonlarining asosiy xususiyatlari. Tikanli akula va kit akula. Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi



Yüklə 376,51 Kb.
səhifə5/13
tarix09.04.2023
ölçüsü376,51 Kb.
#95270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
91 mavzu biologiya

Kitsimon akula (Rhincodon typus)hozirgi baliqlarning eng yirigihisoblanadi. Uning boshi kichik, og'zi boshining uchida joylashgan.Mayda baliqlar va plankton bilan oziqlanadi. Atlantika, Hind va Tinchokeanlarining subtropik va tropik qismida tarqalgan. Tuxum qo'yib,ko'payadi.


64-rasm kitsimon akula
Tikanli akula, ya'ni katran(Squalis acanthias)eng kengtarqalgan akulalardan biri bo'lib, Qora, Barens, Oq, Yapon va Beringdengizlarida uchraydi. Arktika va Atlantika suvlarida esa uchramaydi.Bu akula dengizning sohilga yaqinroq joylarida to'da bo'lib ko’chibyuradi. Uzunligi 2 m gacha og'irligi 14 kg gacha keladi. Go'shti mazali bo'lgani uchun ovlanadi. Tikanli akula tirik tuxum qo'yib,ko’payadi
Seldsimon akula(Lamna nasus)Atlantka okeanining shimoliyqismi, O'rta yer dengizida ko'p uchraydi, tropik mintaqada uchramaydi.Uzunligi odatda 1,5 —2,5 m keladi. To'da bo'lib yashovchi baliqlar(seld, sardina, skumbriya) va boshoyoqli molluskalar bilan oziqlanadi.Tirik tug'ib, ko'payadi. Go'shti uchun ovlanadi.

65-rasm Seldsimon akula




Arraburun (Oristiophorus japonicas) suv tubida sekinharakatlanuvchi baliq hisoblanadi. Jag'lari cho'ziq va yassi qilichsimontumshuqqa aylangan. Tumshug'i ikki yonida joylashgan yirik tishlariikki tomoni tishli arrani eslatadi. Mayda baliqlar hamda suv tubidanuzun tumshug'i yordamida kovlab oladigan bentos hayvonlar bilanoziqlanadi. Tirik tug'ib, ko'payadi. Tinch va Hind okeanlaming iliqsuvlarida uchraydi.
Mustahkamlash uchun savollar
1. Baliqlar yashash sharoitiga qanday moslashgan?
2. Tog‘ayli baliqlar qanday tuzilgan?
3. Akulalar qanday tuzilgan?
4. Akulalar terisidagi tangachalar qanday tuzilgan?
5. Kitsimon akula qanday ko’payadi ?


92-mavzu Skatlar turkumi, tashqi tuzilishi. Elektr skati va mantaning hayotiy jarayonlari xususiyatlari.

Skatlar turkumi. Skatlarning tanasi yassi, rombsimon yoki disksimon bo‘lib, suv tubida yashashga moslashgan. Dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. Skatlar yassi tanasi bilan tutashib ketgan ko‘krak suzgich qanotlarini to‘lqinsimon tebratib asta-sekin suzadi. Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi, masalan, dumining asosida zaharli shilimshiq modda bilan qoplangan tikani bo‘ladi. Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlarda 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a’zosi ham bo‘ladi. Skatlar zaharli nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida o‘z o‘ljasini falajlaydi yoki dushmanini qochishga majbur qiladi. Skatlar boshqa ko‘pchilik tog‘ayli baliqlar singari tirik tug‘adi. Ular kam pushtli bo‘lib, bitta urg‘ochi skat 1–3 tadan 20–30 tagacha nasl beradi. Ko‘pchilik skatlar dengiz tubidagi mollyuskalar bilan oziqlanadi. Faqat eng yirik, bahaybat manta suv qa’ridagi mayda qisqichbaqasimonlar va baliqchalar bilan oziqlanadi. Skatlarn ing 350 ga yaqin turi mavjud. Ba’zi turlari vitaminli yog‘i uchun ovlanadi.


Skatlar (Batomorpha) turkumi vakillarining tanasi yassilashgan,keng disksimon yoki rombsimon shaklda bo'ladi. Uzunligi bir necha smdan 6 —7 m gacha, og'irligi 2,5 t gacha keladi. Terisi yalang'och,jabra teshiklari 5 juft bo'lib, qorin tomonida joylashgan. Ko'krak vaqorin suzgichlarining cheti boshi va tanasining yon tomoni bilantutashib ketgan. Orqa suzgichlari dum tomonida bo'ladi yoki bo'lmasligi ham mumkin.




Yüklə 376,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin