9
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Harakatning nisbiyligi
Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o‘zgarmasa, u tinch turibdi,
deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o‘tirgan
odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo‘lsa, daryo qirg‘og‘iga nisbatan
harakatda bo‘ladi. Yerdagi barcha narsalar go‘yoki tinch turganga o‘xshaydi.
Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofi da aylanadi, ya’ni harakatda bo‘ladi.
Ma’lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib
ketayotgan odam vagonga
nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo‘l relsiga nisbatan
katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi. Bu odam
tezligi turli jismlarga
nisbatan turlicha bo‘ladi. Boshqa jismlar bo‘lmasa, yakka bir jism tezligi
haqida biron bir fi kr yuritish mumkin emas.
Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning tinch turishi
ham nisbiydir.
Sanoq jism
Harakatning nisbiyligini hisobga olish uchun «sanoq jism» tushunchasi
kiritiladi. Masalan, odam va avtomobillarning
harakati yoki tinch
holati Yerga nisbatan olinadi. Bu holda Yer – sanoq jism hisoblanadi.
Atrofi mizdagi barcha jismlarning tinchlik holati yoki mexanik harakati ana
shunday sanoq jismlarga nisbatan qaraladi. Agar Yerning Quyosh atrofi dagi
harakati qaralayotgan bo‘lsa, Quyosh sanoq jism bo‘ladi.
Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan kuz a-
tilayot gan bo‘lsa, o‘sha jism sanoq jism deb ataladi.
3-rasmda yerga nisbatan 10 m/s tezlik bilan ke-
tayotgan platforma ustida shu yo‘nalishda 1 m/s
tez lik bilan ketayotgan odam tasvirlangan. Bu
odamning harakati uchun platforma sanoq jism deb
olinsa, uning tezligi 1 m/s bo‘ladi. Agar sanoq jism
sifatida
Yer tanlab olinsa, odamning tezligi 11 m/s
bo‘ladi (10 m/s + 1 m/s = 11 m/s). Yo‘lda ketayotgan avtomobil, poyezd
va bosh qa larning harakatida sanoq jism sifatida Yer shari o‘rniga
uning
sirtida qo‘zg‘almas holatda joylashgan bino, daraxt kabilarni olish mumkin.
Masalan, avtomobilning harakati yo‘l yoqasidagi daraxtga nisbatan ku za-
tilayotgan bo‘lsa, ayni paytda shu daraxt sanoq jism deb olinadi.
3-rasm.
Platforma
ustidagi
odam harakati nisbiydir