Mavzu:”Shum bola”-yumoristik asar sifatida.
Reja:
1.Asardagi voqealarning samimiyligi va qahramonlari.
2.Shum bola tilidan aytilayotgan jamiyat voqealari.
3.”Shum bola” ma’naviy tanazzul haqida kuylovchi asar.
1.Asardagi voqealarning samimiyligi va qahramonlari.
Xalqimizning ardoqli adibi Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub boʻlmish “Shum bola” qissasini ayrimlar soddagina, faqat kulguli sarguzashtlardan iborat asar hisoblaydi. Aslida ham shundaymi?
“Shum bola” qissasi dastlab “Mushtum” jurnalida bosildi, soʻngra “Dovdirash” nomi bilan kitobcha holida nashr etilgan boʻldi.
Asarning dastlabki nashrlarida Achchiobod, Koʻkterak degan nomlar uchrasa-da, voqealarning qachon va qayerda boʻlib oʻtgani nomaʼlum edi. Asar boshida Soli, Toʻlagan degan bolalar tilga olinsa-da, keyin ular shu boʻyicha tushib qolar va Omon bilan Shum bolaning uchrashishlari tasodifiy roʻy berardi. Har holda asar umumiy oʻtmish haqidagi “choʻpchak” kabi taassurot uygʻotardi. “Bu falokatli ishni Yoʻldosh boshladi” degan gap bilan ekspozitsiyasiz boshlangan asarni konkret zamon va makon bilan bogʻlash qiyin edi. Keyin qayta ishlangan variantda esa asosiy voqealar kechadigan joy koloriti va qahramonlar xarakterini shakllantiruvchi shart-sharoitlar tasvirlanadi. Bu yerda birinchi jahon urushi arafasidagi Toshkentning ijtimoiy qiyofasi chiziladi; shahar xalqining mashgʻuloti, ularning oʻzaro munosabati, ongi, tushunchasi, boylar va kambagʻallarning, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini xarakterlovchi belgi-koloritlar beriladi.
“Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaning boshida, Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi boʻlib, unda grammafon chalinadi. Turli plastinkalar orqali Toʻychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdul-Aziz va Fargʻona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi” deb boshlagan yozuvchi kitobxonni nayrangboz savdogarlar, “qaldirgʻoch suratli konyak” ichayotgan boyvachchalar, kambagʻal kosib va dehqonlar, bozorda sangʻib yurgan daydi bolalar, hatto, jinnilar bilan tanishtiradi, ularning aqldan ozish sabablari haqida hikoya qiladi. Masalan, ulardan biriga jinnilik “hukumatdan tekkan”, shuning uchun Nikolay, Kaufman, Mochalov, Nabi kabi mirshablarni soʻkaveradi, deb taʼriflaydi.
Shum bolaning soʻzi orqali aytilayotgan va tushuntirilayotgan bunday voqealar oʻsha davrdagi xalq ahvolini koʻrsatishda ayricha qimmatga egadir. Adib qissa personajlari boʻlmish bolalarning ota-onasi kasb-korini bayon qilib, koʻpchiligi “bosmaxona va qandolatxona ishchilari edi”, deydi. Shuningdek, yozuvchi Shum bolaning oʻrtoqlariga, ularning ota-onalariga xos xususiyatlarga mahorat bilan chizgilar beradi. Eng muhimi, bu qissada bolalarning sayoq yurishi va oʻz boshlaridan har xil sarguzashtlar oʻtkazishining boisini ham ochib berib, Shum bolaning sarguzashtlari tarixiga hayotiy tus beradi. Yaʼni bunday zoʻraki sarguzashtlar zamirida ogʻir turmush sharoiti yotganligini mohirona koʻrsatadi. Yozuvchi oʻsha davrda shaharda ishsizlik avj olishi tufayli bolalar tugul kattalar ham qiynalganini taʼkidlaydi. Kitobxon shum bolalarni, “ertadan kech koʻcha-kuyda sandiroqlab yuradigan uvin-toʻda bekorchilar”ni koʻrgach, ularning uyni tashlab chiqib ketib, oʻz boshlaridan katta sarguzashtlar oʻtkazishiga sira shubha qilmaydi. Qissaning dastlabki nusxasida Shum bolaning uch-toʻrt doʻsti tilga olinsa-da, ulardan faqat Omongina keyingi, qayta ishlangan nusxaga kiritilgan. Shum bola ikkisi zohiran kulguli, botinan gʻussali boʻlgan hangomalarni boshdan oʻtkazishadi.
Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, atoqli adib Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi, shunchaki, yengil-yelpi hangomalarga yoʻgʻrilgan asar emas. Uning zamirida yotgan achchiq haqiqat har bir oʻquvchini jiddiy oʻyga toldiradi. Tegishli xulosalar chiqarishga undaydi.
Xalqimizning «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmondako‘r» degan maqolini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu degani «birfalokat ko‘pchilikning boshiga yog‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi – «yo‘g‘on cho‘zilguncha, ingichka uziladi» deganidir.
G‘afur G‘ulom tug‘ilgan oilaning taqdiri yodingizdami? G‘afurjon to‘qqiz yoshida otasidan, o‘n beshga kirib-kirmay mehribon onasidan ajraladi. Ukalari va singillari bilan g‘irt yetim qoladi. Yana qanaqa paytda deng? Aytganimizdek, butun
dunyoda urushning sovuq nafasi kezib yurgan, o‘lkamizda iqtisodiy va ma’naviy tanazzul ayni chuqurlashgan yillarda. Bunday paytda ota-onasiz qolgan bolalarning hayoti juda og‘ir kechishini tasavvur qilsangiz kerak. Nima bilandir qorin to‘y-
g‘azish, egniga kiyim-bosh topish oson ish emas.«Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi – o‘n to‘rt yoshli bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim
nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsa yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib,qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi. Mana shu vaqt mobaynida Shum bola bir-biridan qiziq
voqealar ishtirokchisiga aylanadi. Pochchasi avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘lik yuvib sharmanda bo‘lishadi, masjid imomining og‘ilxonasida
o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib rosa kaltak yeydi va hokazo.
Shum bola qayerga bormasin, kim bilan to‘qnashmasin, hamma joyda kattalarning o‘ziga bepisand qarashi, qo‘pol muomalasiga duch keladi. O‘zlarini go‘yo yetimning boshini silaydigan himmatli kishilar qilib ko‘rsatadigan turli noinsof kimsalar uning navqiron kuchidan suvtekin foydalanib qolishga urinadilar. Bu ham mayli, shu yosh bolani turli qing‘ir yo‘llarga boshlovchilar ham topiladi. Masalan, yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon Shum bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘irlik qilishga yo‘llaydi. Eshonning Shum bolaga aytgan quyidagi gaplari uning naqadar tuban kimsa ekanidan dalolatdir:
«Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul – ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam,naqdina bo‘lsin...»
Shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar yig‘iladigan takyaxonaga aylantirgan Hoji bobo ham o‘zicha xudojo‘ylikda boyagi Eshondan qolishmaydi. Biroq uning qilayotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskariligi bilan o‘quvchini hayratga soladi.Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holda tasvirlaydi. Qissani o‘qir ekansiz, undagi hodisalarning qiziqligi, qahramonlar xarakteridagi yorqin jihatlar Sizni butunlay o‘ziga rom qilib oladi.Garchi, yuqorida aytganimizdek, bosh qahramon duch keladi-gan odamlarning ko‘pchiligi ochko‘z, xasis, nazari past kimsalar bo‘lsa-da, bizning Shum bola bunday kimsalarni bir ko‘rishda taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish yo‘llarini qidiradi va albatta topadi! Mana shu paytlarda Shum bolaning naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz.Qissadan o‘qigan parchamizda ham Shum bolaning Sariboyday ezma, injiq, xasis kimsani boplab dodini berganiga guvoh
bo‘ldik.Avvalo shuni aytish kerakki, Shum bolaning Sariboyni mot qilish usuli Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalarini – ertaklarni ijodiy qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli, jumladan, «Uch yolg‘onda qirq
yolg‘on» ertagida uchraydi. Sharq adabiyotining katta bilimdoni hisoblangan G‘afur G‘ulom o‘z Shum bolasini bu safar ayni shu usul bilan Sariboyning g‘azabidan omon olib chiqib ketadi.Guvohi bo‘lganimizdek, shu paytga qadar bu ezma va laqma
boyga odam bolasi teng kela olgan emas. Uning qo‘lida umrbod xizmat qilib charchagan kishilarning dard-u alami ichida. Hech biri yurak yutib xo‘jayinga gap qaytara olmaydi. Gap qaytarish qayda, umuman, bu odamga ro‘para kelishdan qo‘rqib yurishadi.Chunki, xoh yaxshi, xoh yomon gap bo‘lsin, Sariboy nuqul
«xo‘sh, innaykeyin-chi» deb, Shum bola aytganidek, «odamni xit qilib yuboradi».
Xo‘sh, nima qilish kerak? Bu yoqda olmalar pishib, tagiga to‘kilib, uvol bo‘lyapti. Xo‘jayin ruxsatisiz terishsa ham bir balo, vaqtida terilmay qolib ketsa, yana bir balo. Har ikki holda ham bechora xizmatkorlar aybdor bo‘lib qoladi. Shu muammoni yechib kelish Shum bolaning chekiga tushgan.Sezgan bo‘lsangiz, birovlarning dard-u tashvishi, olamda bo‘layotgan ming turli ishlar Sariboyning yetti uxlab tushiga kir-
masdi. U dunyoda faqat o‘zim bo‘lay deb yashaydiganlar xilidan edi. Shu ahvolda Shum bola xo‘jayinning «innaykeyin»iga munosib javob topishi, eng muhimi esa, boyni bu savolni berishdan bezdirib tashlashi kerak! U Sariboyni uncha-muncha gap
bilan, yangilik bilan lol qilib bo‘lmasligini yaxshi biladi. Demak,«sopini o‘zidan chiqarish» – boyning «nozik joyi»dan ushlash lozim. Uning nozik joyi esa mol-mulki, boyligi bilan bog‘liq.Gap ana shu mavzuga burilsa, «boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmaydi». Bir xabarni ikkinchi bir xabarga shunday ulash kerakki, natijada «innaykeyin» degan bema’ni savolni berishga Sariboyning yuragi dosh bermasin.Shum bola xuddi shunday qiladi ham. «Dandon sopli pichoq»ning sinishi bilan boshlangan gap kenjatoy o‘g‘il
Bo‘riboyvachchaning «terakdan yiqilib o‘lishi» bilan tugaydi. Bu ham yetmaganday, boyning turmushga chiqmagan o‘rtancha qizi «dunyoga arziydigan o‘g‘ilcha tug‘gani», chaqaloq esa Badal aravakashga «quyib qo‘yganday» o‘xshashi to‘g‘risidagi gaplar Sariboyni, nihoyat, yiqitadi. Shundan keyin ham ezma boy
«innaykeyin»lab ko‘rsin-chi! Nafaqat bu voqeada, balki butun qissa davomida
biz Shum bolaning topqirligi, hozirjavobligi, har qanday qiyin vaziyatdan bir amallab sog‘ chiqib keta olishiga qayta-qayta amin bo‘lamiz.Endi «Shum bola» qissasida uchraydigan ko‘plab badiiy tasvir vositalaridan ayrimlarini – o‘xshatishlarni e’tiboringizga havola etamiz:«It quvgan tulkiday olazarak Omon menga ergashdi»;
«O‘choqdan chiqqan zangori tutun osmonga o‘rlab, tevarak-atrofga ko‘rpadek yoyilar edi»;
«Hazrat bo‘lsa, o‘zini umr bo‘yi o‘likdan boshqa narsani yuvmagan kishiday qilib ko‘rsatishga harakat qilar edi»;
«Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday to‘rt tomonga alanglab o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim»;
«Zinadan chiqqan itdek to‘rt oyoqlab narvonga tirmashib tomga chiqdim»;
«Ora-chorada tor ko‘chalar yo‘limni to‘sib qolsa ham, tulki quvlagan tovuqday sakrab o‘tib ketar edim»;
«Qo‘ylar xuddi sutga tushgan sichqonday boshlarini ko‘tarib suzar edilar»;
«Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog‘iday qaltirab turibdi.
«Qo‘ylar xuddi sutga tushgan sichqonday boshlarini ko‘tarib suzar edilar»;
«Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog‘iday qaltirab turibdi.
«Xotin qozonning qopqog‘ini ochdi – baliqday bo‘lib oppoq laganda moshkichiri chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilar»;Shum bola – o’zbek yozuvchisi va shoiri G’afur G’ulom qalamiga mansub qissa hisoblanadi. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa o’tkir hajviy asar bo’lib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan ko’p faktlar turgan bo’lsada, u avtobiografik asar emas. Ushbu asarda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy to’qima, fantaziya kuchli.
Shum bola – o’zbek yozuvchisi va shoiri G’afur G’ulom qalamiga mansub qissa hisoblanadi. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa o’tkir hajviy asar bo’lib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan ko’p faktlar turgan bo’lsada, u avtobiografik asar emas. Ushbu asarda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy to’qima, fantaziya kuchli.
Shum bola asari 3 marta nashr ettirilgan:
Birinchi nashr 1936-yilda.
Ikkinchi nashr 1944-yilda.
Uchinchi nashr 1962-yilda (asar mukammal holatga keltrilgan).
1977-yil asar asosida “Shum bola” filmi suratga olingan. Film ham o’zbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor bo’lgan. Film Rejissyor: Damir Salimov tomonidan suratga olingan va uning premerasi : 1978 – yilning may oyida taqdim etilgan.
1977-yil asar asosida “Shum bola” filmi suratga olingan. Film ham o’zbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor bo’lgan. Film Rejissyor: Damir Salimov tomonidan suratga olingan va uning premerasi : 1978 – yilning may oyida taqdim etilgan.
Dostları ilə paylaş: |