1. Asardagi voqealarning samimiyligi va qahramonlari


Shum bola tilidan aytilayotgan jamiyat voqealari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/4
tarix12.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#154903
1   2   3   4
1. Asardagi voqealarning samimiyligi va qahramonlari (1)

2.Shum bola tilidan aytilayotgan jamiyat voqealari.


Umuman, “Shum bola” etnograflar uchun noyob qo‘llanma. Unda XX asr boshlarida Toshkent va uning atroflarida mavjud shahar-u qishloqlardagi madaniy hayot, ismlar, joy nomlari, bolalar o‘yinlari, maishiy turmush tarzi haqida jonli hikoyalarni o‘qiysiz.
 
Quyida yetimlikda, xor-u zorlikda yoz oylarida shahar atroflarini kezib yurgan shum bola – Qoravoy va uning do‘sti Omon bugungi Toshkent viloyati hududining qayerlarida bo‘lganini havola qilamiz. 

 
1. Shum bolaning do‘sti Omon bilan Ko‘kterakdagi bozordagi hangomalari, sheshening o‘tovidagi o‘g‘ri kissavur Sultonalining va uning sheriklari bilan dasturxon ustidagi muloqot voqealari bo‘lib o‘tadi. 
 Ko‘kterak – hozirgi Toshkent tumanidagi katta qishloqlardan biri.
 
2. Toshkent, Chimkent va Sayram muzofotlarining chorakam bir ka’basi, deya ta’riflangan Eshonbozor shahri bo‘ldi. Bu – hozirgi mashhur “Bek baraka” bozori yaqinidagi “Eshonguzar” mavzesi deb taxmin qilinadi.
 Bu joy bugungi kunda Zangiota tumani hududida hisoblanadi.


 
3. Eshonguzardan haydalgan Qoravoyning Kalas daryosini kechib o‘tishi hikoya qilinadi. Aynan shu yerda birorta ulovli yo‘lovchini kutib, oldidan katta daryo chiqib qolgan mashhur sayyohlarning ashulasini suvning sharqiroq oqinlariga qarab kuylanadi.
 
Daryo toshqin, suvlar to‘lqin,
O‘tolmayman-a, yor-yor,
Otim oriq, manzil uzoq,
Yetolmayman-a, yor-yor,
Otginamni oriq qilgan
Shu mayda tosh-a, yor-yor.
Ranginamni sariq qilgan
U qalamqosh-a, yor-yor...
 
Shu orada oriq baytalga mingan uzumchi chol bolani narigi tomonga o‘tkazib qo‘yishga majbur bo‘ladi. Otaxon bu joylar haqida aytib beradi. Ma’lum bo‘lishicha, daryoning nomi Kalas, unga nisbatan esa Quri Kalas qishlog‘i deb nomlangan ekan.
 
Adabiyotlarda bu haqida – Qozog‘iston viloyati va Toshkent viloyatidagi daryo bo‘lib, hududdagi Qoplonbek qishlog‘idan quyiroqda juda sayozlanib qoladi. Hozir uning havzasi past tog‘larda bo‘lganidan u qadar sersuv emas, daryoning tekislikka chiqish joyida mavsumiga o‘zgaruvchan bo‘ladi. 
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin