1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari


Auditorlik dalillarni olish usullari



Yüklə 122 Kb.
səhifə5/7
tarix20.11.2023
ölçüsü122 Kb.
#163282
1   2   3   4   5   6   7
1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari

4. Auditorlik dalillarni olish usullari.


Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №500-
«Auditorlik dalillar» nomli AFXSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitob-larini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir.
Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi tavsiya qilingan. Tanlash ko’lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi.
Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni
shakllantirish ustidan o’rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o’zaro qarama-qarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi.
Qo’lda to’lg’azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’lumotnomalar va hisobkitoblar, kassa hisobotlari, bo’nak hisobotlari, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va boshqalar) qayta hisoblashdan o’tkaziladi.
Agar mijoz-korxonada hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo’lsa, dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi arifmetik hisoblashlarni tekshirish zarurati oshadi. Bu kompyuter dasturlarini ataylab noto’g’ri tuzish va arifmetik xatolarni kompyuter klaviaturasidan noto’g’ri kiritish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish kompyuter dasturiga kiritilgan hisobkitoblar algoritmini nazorat qilishni taqozo etadi. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan bo’lsa, hisob-kitoblarni tekshirish ham kompyuterdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya–mijoz korxona mol-mulklarining mav-judligi to’g’risida aniq ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda barcha mol-mulklar (debitor qarzlar ham) va kreditor qarzlar inventarizatsiya qilinishi zarur.
Xalqaro va Milliy audit standartlariga muvofiq auditorlar o’zlari inventarizatsiya o’tkazishi shart emas, ammo uning o’tkazilishi ustidan nazorat qilishi lozim. Bu butun ichki nazorat tizimining va ayrim nazorat vositalarining ishonchliligini baholashga imkon beradi. Masalan, mijoz-korxonaning joriy yildagi hisob siyosatida mol-mulklar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tartibi ko’rsatilmagan bo’lsa, shuningdek, moddiy javobgar shaxslar almashganida ham yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin ham inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, bu hol auditorga ichki nazorat tizimining ishonchliligini past deb baholashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida auditor xo’jalik muomalalarini dastlabki hujjatlarda o’z vaqtida va sifatli ras-miylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarning harakati to’g’risidagi hisobotlarni tuzish tartibi va operativ hisob yuritish to’g’risida, korxonaning o’ziga tegishli va komissiyaga qabul qilingan tovarlari hamda materallarining saqlanish tartibi to’g’risida ma’-lumot olishi mumkin. Invetarizatsiya o’tkazish jarayonida hisobda aks ettirilmagan faktlar aniqlanishi ham mumkin. Bu holat moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha xizmat ko’rsa-tish, binolarni shartnoma tuzmasdan ijaraga berish va shunga o’xshashlar bilan bog’liq.
Auditor inventarizatsiya o’tkazilishini kuzatishda №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish tartibi» nomli AFMS va 1054- nomli qaror hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshiradi.
Inventarizatsiya o’tkazish tartibiga ma’lum talablar qo’yiladi. Masalan, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o’tkazish chog’ida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi uning natijalarini haqiqiy emas deb hisob-lashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan moddiy boyliklar kamomadi va buzilishining tabiiy kamayish me’yoridan oshgan qismini hisobdan o’chirish uchun taqdim qilingan hujjatlarga, aybdor shaxslarning yo’qligini tasdiqlaydigan tergov yoki sud organlarining qarori, yoki etkazilgan zararni aybdor shaxsdan undirishning rad etilishi, yoki moddiy boyliklarning buzilish faktini tasdiqlovchi texnik nazorat bo’limi yoki tegishli maxsus tashkilotlardan olingan xulosalar ilova qilingan bo’lishi shart.
Hisobot yilida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim.
Inventarizatsiyaning o’tkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etilishini to’g’ri baholash imkonini beradi.
Alohida xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidala-riga rioya qilinishini tekshirish bevosita ushbu ishlarning bajarilish paytida amalga oshiriladigan hisob ishlari ustidan nazorat o’rnatishni nazarda tutadi.
Auditor u yoki bu xo’jalik muomalasining hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirilayotganligi, hamda bunday faktlarni hisob registrlarida aks ettirishning ketma-ketligi ustidan nazorat o’rnatishni kuzatadi. Bu ichki nazoratning ahvoli kabi, buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishini ham baholashga imkon beradi.
Tasdiqlash auditorlik dalili sifatida hisob-kitob va valyuta schetlaridagi, mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadigan schetlardagi qoldiqlarning haq-qoniyligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish uchun qo’llaniladi.
AFXSga muvofiq: «auditorlik tashkiloti pul mablag’lari, hisob-kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobga olinadigan schetlarning qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi auditorlik dalillarini mustaqil (uchinchi) tomonlardan yozma ravishda olishi lozim». Hisob-kitob va valyuta schetlaridagi qoldiqlar bank ko’chirmalari bilan, debitorlik va kreditorlik qarzlarining haqqoniyligi esa taqqoslash dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblarning ahvoli, oldi-sotdi ishlarining shartlarini va shunga o’xshashlarni tasdiqlovchi zarur ma’lumotlarni olish uchun turli tashkilotlarga so’rovlar jo’natiladi.
Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun jo’natiladigan so’rovlar mijoz korxona rahbariyati nomidan tayyorlanib, unda tasdiqlovchi javobni auditorlik tashkilotiga jo’natish so’raladi. Shunday qilib, mijoz-korxona tomonidan ma’lumotni tasdiqlash uchun uchinchi tomonga jo’natilgan so’rovning yozma tasdigini auditorlik tashkiloti oladi.
Zarur hollarda auditorlik tashkiloti tasdiqlatish uchun so’rov jo’natilgan uchinchi tomon bilan bevosita aloqa o’rnatishi ham mumkin.
Agar auditorlik tashkiloti salbiy javob olsa yoki umuman javob olmasa, u holda mijoz korxona ma’lumotlarining haqqoniyligini aniqlashtirish uchun qo’shimcha auditorlik amallarini qo’llashi zarur.
Xodimlardan og’zaki so’rov o’tkazish – bu mijoz korxona xodimlari yoki uchinchi shaxslardan og’zaki muloqat va javoblarni baholash yo’li bilan tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish usulidir. Mazkur usul auditorga ichki nazorat tizimini baholash, risk chegaralarini aniqlash va auditorlik tenkshiruvining strategiyasini ishlab chiqish chog’ida fikr yuritish uchun keng ko’lamdagi ma’lumotlarni beradi. Mijoz korxona va uchinchi tomon xodimlari hamda rahbariyati orasida so’rov o’tkazish auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.
Auditni rejalashtirish bosqichida, xususan mijoz korxonaning holati va biznesining kelajagi hamda ichki nazoratning tashkil etilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish zarur. Ushbu maqsadda korxona rahbariyati orasida so’rov o’tka-zilishi mumkin. Olingan javoblarni tahlil qilish asosida tekshiruv jarayonda keyinchalik bajarilgan auditorlik amallarining natijasida tasdiqlanadigan yoki tasdiqlanmay-digan muayyan jihatlar bo’yicha auditorda aniq fikr shakllanadi.
Bitta manbadan olingan, ushbu ma’lumotning og’zaki tavsifdaligini e’tiborga olgan holda, auditor qilingan xulosaga tayanishi mumkin emas, ya’ni kushimcha dalillar tuplashi zarur. Auditorlik tekshiruvi jarayonida bevosita ijrochilar (menejerlar, moddiy javobgar shaxslar, buxgalterlar va b. ) bilan suhbatlashib, mansab yo’riqnomalarining aniq ijrochilariga etkazilganligini aniqlashi va shu bilan birga ichki nazoratning ishonchliligi yoki yuzakiligi to’g’risida qo’shimcha dalillar olishi mumkin.
«Auditorlik dalillar» nomli AFXSga muvofiq og’zaki so’rov natijalari bayonnoma yoki qisqacha konspekt ko’rinishida yozib borish zarur bo’lib, unda so’rov o’tkazgan auditorning familiyasi, hamda so’ralgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi ko’rsatilgan bo’lishi shart. Og’zaki so’rovlar o’tkazish uchun har xil muammolar (masalan, ayrim muomalalarni uchastkalar, faoliyat turlari yoki bo’linmalar bo’yicha hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi va hujjatlar aylanishini baholash) bo’yicha anketalar oldindan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari savollar ro’yxati bilan standart testlar tayyorlab, unda so’ralgan shaxslarning javoblari ko’rsatiladi.
Javoblarning auditor tomonidan baholanishi so’rov o’tkazish jarayonining muhim qismi bo’lib, og’zaki so’rovlar natijalari bo’yicha tayyorlangan yozma ma’lumot auditorlik tashkilotining boshqa ishchi hujjatlariga qo’shimcha qilinadi.
Hujjatlarni tekshirishda auditor ko’rib chiqayotgan ma’lum hujjatning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ushbu maqsadda buxgalteriya hisobida ma’lum yozuvlarni tanlab olish va xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan faktning hisobda aks ettirilishi kuzatib chiqiladi.
Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar hisoblanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov berish ustidan o’rnatilgan mijoz-korxona ichki nazorat vositalarining ishonchliligiga bog’liq. Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan va xo’jalik yurituvchi subektlarga yuborilgan tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi.
Hujjatlarni tekshirish chog’ida ularning o’z vaqtida va aniq rasmiylashtirilganligi, majburiy rekvizitlarning mavjudligi va to’g’riligini aniqlash ham zarur. Auditorlar hujjatlarni tekshiruvdan o’tkazishda ularning buxgalteriya hisobi registrlariga o’z vaqtida, aniq va to’liq aks ettirilishiga ham e’tibor berishlari kerak.

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin