1. Avtomobillarning tasnifi (klassifikatsiya); Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash)



Yüklə 433,5 Kb.
səhifə3/4
tarix15.06.2023
ölçüsü433,5 Kb.
#130789
1   2   3   4
Avtomobil tuzilishi

Kuzov





Шасси




Юриш қисми

Куч узатмаси







Бошқариш тизими




Рул бошқармаси



Тормоз бошқармаси




Rasm. Yuk avtomobilining asosiy qismlari:
Dvigatel-silindrlarda yonayotgan yoqilg‘ining issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi.
Shassi-avtomobilning asosi bо‘lib, aylantiruvchi momentni dvigatyeldan g‘ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi. Shassi tarkibiga uch guruh mexanizm va tizimlar kiradi: kuch uzatmasi (transmissiya), yurish qismi va boshqarish mexanizmlari.
1.Kuch uzatmasi - dvigatyel validan kelayotgan burovchi momentni о‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga uzatib beradi.
Kuch uzatmasi ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim о‘qlardan iborat. Ilashish muftasi dvigatyelni uzatmalar qutisida qisqa muddatga ajratishga, uzatmalarning ravon ishlashga va avtomobilni ravon qо‘zg‘atishga xizmat qiladi. Uzatmalar qutisi dvigatyel hosil qilgan burovchi moment kattaligini oshirib kardanli uzatmaga yetkazib berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari dvigatyelni qisqa yoki uzoq muddatga kuch uzatma mexanizmlaridan ajratib qо‘yadi. Uzatmalar qutisi avtomobilning orqaga harakatlanishini ta’minlaydi.
Dvigatyel, ilashish muftasi va uzatmalar qutisi blok shaklida joylashib, ularning asosiy о‘qlari bilan bitta tо‘g‘ri chiziqda yotgani uchun ularni kuch bloklari deb ataydi.
Kardanli uzatma-uzatmalar qutisidan keyin joylashib, undan olgan burovchi momentni о‘zgaruvchan burchak ostida asosiy uzatmaga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Asosiy uzatma, differensial va yarim о‘qlar orqa kо‘prikda joylashgan bо‘lib, kardandan kelayotgan burovchi momentni yetakchi g‘ildiraklarga kuchaytirgan holda yetkazib beradi.
2.Yurish qismi yetakchi g‘ildiraklarning aylanma harakatini avtomobilning ilgarilama harakatini ta’minlaydigan aravadan tashkil topgan. Yurish qismiga rama, oldingi va orqa kо‘priklar, osmalar va g‘ildiraklar kiradi. Ramaga avtomobilning barcha mexanizm va tizimlari о‘rnatiladi (2.1-rasm).
3.Boshqarish tizimi avtomobilning harakat yо‘nalishini о‘zgartirish, sekinlashtirish va tо‘xtatish uchun xizmat qiladi. Boshqarish tizimi ikkita alohida tizimlardan: rul boshqarmasi va tormozlash tizimidan iborat.
Rul boshqarmasi, rul chambaragi rul mexanizmi , bо‘ylama tortqi va richag dan tashkil topgan. Rul chambaragining buralishi natijasida, trapetsiyani tashkil qilgan tortqi va richaglar yordamida oldingi g‘ildirak buriladi va avtomobil о‘z harakat yо‘nalishini о‘zgartiradi.
Tormoz boshqarmasi g‘ildiraklar va hamda kuch uzatmasida joylashgan tormoz mexanizmlari bilan ularga keltirilgan yuritmalardan tashkil topgan.

Yüklə 433,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin