2.Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash) Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy (bazoviy) modelini hamda undan ayrim kо‘rsatgichlari hamda konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi.
Avtomobillarning modifikatsiyasi raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar oldida harfli belgilar ishlab chiqaruvchi zavodni bildiradi. Masalan: Gorkiy avtomobil zavodi GAZ; Minsk avtomobil zavodi MAZ va hakozolar. Harflardan keyin tо‘rtta yoki beshta raqam kо‘rsatiladi. Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtombil turini, uchinchi va tо‘rtinchi model nomerini, beshinchi raqam esa (agar qо‘yilgan bо‘lsa) modifikatsiyaning tartib nomerini ifodalaydi.
Ikkinchi raqam, avtomobillarni vazifasiga yoki ixtisoslashtirilganligiga qarab ajratish imkoniyatini beradi: 1-yengil avtomobillar; 2-avtobuslar; 3-yuk avtomobillar; 4-egarsimon shatakchilar; 5-samasvallar; 6-sisternalar; 7-furgonlar; 8-zahira (rezerv); 9-maxsus avtomobillar.
Dastlabki ikki raqam (indeks) bо‘yicha avtomobillarni belgilash tizimi quyidagi umumiy kо‘rinishlarga ega bо‘ladi:
Masalan: Kamck avtomobil zavodining bortli avtomobili, ruxsat etilgan massasi 15184 kg, yigirmanchi model-KamAZ-5320; Gorkiy avtozavodining yengil avtomobili dvigateli ish hajmi 2,445 l, ikkinchi model GAZ-3102; Pavlov avtozavodining avtobusi, uzunligi 7,15 m birinchi model-PAZ-3201.
3.Avtomobillarning texnik tavsifi (xarakteristikasi) Har qanday avtomobilga ishlab chiqargan zavod tomonidan ilova qilinadigan kо‘rsatmada avtomobilning texnik tavsifiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Ular quyidagilar:
1.G‘ildirak formulasi;
2.Nominal yuk kо‘tarish qobiliyati (t) yoki о‘rinlar soni;
3.Ruxsat etilgan eng yuqori massasi (t);
4.Gabarit о‘lchamlari (m, mm);
5.Dvigatel turi va uning modeli;
6.Tо‘la yuk bilan eng katta tezligi (km/s); (100 km ga);
7.Yonilg‘i sarfi;
8.Dvigatel silindrlar soni, joylashish tartibi;
9.Silindrlarning ish hajmi (l);
10.Dvigatelning eng katta samarali quvvati (km/s).
4.Avtomobillarning umumiy tuzilishi. Avtomobilning asosiy agregatlari Zamonaviy avtomobillar juda murakkab mashinadir, u bir-biriga bog‘liq bо‘lgan holda ma’lum bir vazifani bajaruvchi mexanizmlar va qismlardan tashkil topgan. Shuning uchun ham avtomobillarning umumiy tuzilishi va mexanizmlarining joylashuvini о‘rganish maqsadida uning konstruksiyasini uchta asosiy qismlar dvigatel, shassi, kuzlarga ajratish mumkin.