1.AXBOROT RESURSLARINI SHAKLLANTIRISH VA QIDIRISHNING TEXNOLOGIK JIHATLARI……………….
11
Axborot resurslarining asosiy tushunchalari…………………
11
Elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni shakllantirish texnologiyasi
14
Korporativ tarmoqlarda axborot resurslaridan foydalanish ….
19
Bulutli texnologiyalar asosida korporativ tarmoqlarda elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni shakllantirish va qidirish……………..
21
KIRISH Zamonaviy ta’limning rivojlanishi faqatgina fanlarni o‘rganishning zamonaviy usullarini modernizatsiyalash va takomillashtirish uchun xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining takomillashishi bilan emas, balki ilmiy-ta’limiy axborotning yangi manbalari mavjudligi bilan belgilanadi. Qimmatli axborot manbalaridan foydalanishga bo‘lgan imkoniyatning mavjudligi o‘quv materiallari sifatining bir necha bor ortishiga, shuningdek, olingan bilimlarni ilmiy va kasbiy faoliyatda qo‘llashga imkon yaratadi.
G‘arbning yetakchi mamlakatlarida ilg‘or elektronta’limiy resurslardan foydalanish nafaqat o‘quv faoliyada, balki talabalar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlarida muhim o‘rin tutadi. Maqolalar yozish, bitiruv ishlarini tayyorlash, dissertatsiya ishlarini bajarishda ilmiy sohadagi yutuqlar va jahon resurslari bo‘yicha analitik tahlillarni amalga oshirish ilmiy faoliyat jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Jahon ilmiy-ta’limiy resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanish samaradorligi nimada? Bunda bir qator muhim jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
jahon ilmiy-ta’limiy resurslarining tezkor navigatsiyasi;
ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun ilmiy risolalari yozish hamda yuqori reytingga ega bo‘lgan jurnallarda nashr ettirish faoliyatlarida ko‘mak berish;
o‘qituvchilarga ta’lim berish sifatini oshirish hamda talabalarga ta’lim olishlarida zamonaviy bilimlarni ilg‘or jahon tajribalari asosida yordam berish;
kutubxona xodimlari, kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun zarur ilmiy adabiyotlarni qidirishda vaqtlarini maksimal darajada tejash;
kutubxona javonlarini obuna resurslari bilan jismoniy to‘ldirishni kamaytirish;
jahonning yetakchi mutaxassislari tahriridan o‘tgan sifatli elektron ta’limiy resurslardan (kitob, jurnal va h.k.) foydalanish;
respublikada ilmiy jurnallar, tashkilotlar, olimlarning reytingini oshirishda naukometrik tadqiqotlarni rivojlantirish.
Mazkur darslik dunyoning yetakchi nashriyotlari, konsorsiumlari, shuningdek, O‘zbekistonning barcha o‘quv va ilmiy muassasalarining ta’limga oid ma’lumot bazalari haqida ma’lumot berib, kutubxonachilar, kitobxonlar, tadqiqotchilar uchun mazkur resurslarni izlash, ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma beradi.
Darslikni yaratishda «Elektron-kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta’limiy axborotlardan foydalanish va shakllantirish texnologiyalari» nomli jahonning yetakchi nashriyotlari Springer, EBSCO Information Services, OUP, ProQuest, Thomson Reuters hamda eIFL xalqaro konsorsiumi, «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, shuningdek, Emerald, EBSCO Information Services, Web of Science ma’lumot bazalari litsenzion axborot materiallari asosida O‘zbekistonda 2009-
yildan boshlab har yili o‘tkaziladigan ilmiy metodik seminar materiallarini o‘z ichiga olgan.