1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Bloglar va viki – saytdagi materialga izoh berish va ma’lumot qoldirish



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə37/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Kitob (Lotincha)

Bloglar va viki – saytdagi materialga izoh berish va ma’lumot qoldirish.
Blog - bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma’lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma’lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi.
Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt.
Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi.
Chat - bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.
Internet orqali so‘zlashuv. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni o‘zida, bir-birlari bilan internet tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatilishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya’ni foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi.
Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi xamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin