1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Internet orqali video muloqot



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə38/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Kitob (Lotincha)

Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko‘rib turadilar, ya’ni foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma veb kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina qolmay, balki bir-birlarini ko‘rib ham turishadi.
Veb kamera va uning ahamiyati. Veb kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi.
Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko‘p qulayliklarni yaratib beradi, ya’ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat’iy nazar bir-birlarini ko‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o‘rnatish.
Skayp dasturi. Skayp – bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta’minlab beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish pullik xizmatlarini xam ko‘rsatadi. Bundan tashqari skayp tizimi yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda konferensaloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda veb kameradan foydalaniladi.

Meyl Agent dasturi. Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xarablarni jo‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.


Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin