1. Axborotni boshqarish tizimlari haqida tushuncha



Yüklə 47,33 Kb.
səhifə3/4
tarix02.01.2022
ölçüsü47,33 Kb.
#35836
1   2   3   4
Mustaqil ish oxiri

Tizimning elementlari

Tizimning asosiy maqsadi

Korxona

Odamlar,qurilmalar,bino,

Materiallar va boshqalar



Mahsulot ishlab chiqarish

Kompyuter

Elektron va elektromehanik uskunalar

Ma’lumotlarni qayta ishlash

Telekomunikatsion tizim

Komunikatsiya vozitalari, aloqa kanallari,qurilmalar

Aloqa kanallarini bir-biriga ulash ,ma’lumot almashinuvini ta’minlash

Axborot tizimi

Komputerlar ,computer tarmoqlari,dasturiy taminot axborot ,odamlar va boshqalar

Ma’lumotlarni yaratish, yig’ish ,qayta ishlash,masofaga uzatish

Informatikada «tizim» tushunchasi ko’proq texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so’zining qo’shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.

 

Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.



Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.

Kibernetik yondashuvga muvofik boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o’zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.




Boshqaruv subyekti

(boshqaruv apparati)



Boshqaruv ob'ekti

A

T

Boshkaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. To’g’ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo’nalishda yuboriluvchi qabul kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti oqimida o’z aksini topadi.

Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi obyektning axborot tizimini tashkil etadi.

Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi.

Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum.

Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.

Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).

Qo’llanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.

Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.

Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funk­tsiyalarini avtomatlashtirish uchun muljallangan. Bu sinf­ga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, sug’urta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.

Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar).

Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog’oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaktni bir kadar qisqartirishga olib kelgan.

60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o’zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy xisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funktsiyalarga ega bo’lgan EHM lar talab etila boshlandi.

70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qo’llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.

80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontsepsiyasi yanada o’zgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o’z vaktida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda.

Endi,Axborotni boshqarish tizimlari –bular axborotni yaratish,yig’ish,saqlash, qayta ishlash ,masofaga uzatish kabi ishlarni o’z maqsadiga aylantirgan elementlar majmuasi tushunilyapti. Axborotni yaratish,yig’ish,saqlash, qayta ishlash ,masofaga uzatish kabi ishlarni bilamizki hozirda komputerlar ham bajaradi.Demak ,ularning dasturiy ta’minoti va ummuman ta’minoti komputerlarniki bilan o’xshash .Komputerlarni tehnik va dasturiy ta’minoti mavjud.


Yüklə 47,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin