Birinchi bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda "Qo`llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositalari: pero, siyohdon, kitob.
Ikkinchi bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
Uchinchi bosqich. XX asr boshlariga mansub bo`lib,"Elektromexanik" texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan
To`rtinchi bosqich. XX asr o`rtalariga to`g`ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo`llanilishi bilan belgilanadi.Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
Beshinchi bosqich. XX asr oxiriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo`ljallangan dasturiy vositalarga ega bo`lgan shaxsiy kompyuterlardir.
Mavzuga to’xtalsak ,bu yerda axborot terminini korishimiz mumkin .Bu ummumiy olingan birlik hisoblanadi va ma’lumot uning birligidir .Biror obyekt haqidagi ma’lumotlar majmuasi axborotdir.Axborotni boshqarish bu axborot bilan ishlash orqali boradigan jaryonlarni boshqarish tushuniladi. Masalan , axborotni yaratish ,qayta ishlash, tahrirlash ,bosmadan chiqarish va kimgadir uni ulashish bilan kechadigan jarayonlarni tushunishimiz mumkin. Endi, insoniyatning maqsadiga kelsak, uni asosiy maqsadi mehnatni kamroq qilish orqali ishni mukammal yakunlash .Masalan,inson birinchi yer yuzida paydo bo’lganida u tayyor tabiatdagi hayvonlarni va o’simliklarni yeb kun kechirgan .Buni ham o’ziga xos qiyinchiliklari bo’lgan va o’ylay boshlagan shu hayvonni tutib yeganimdan ko’ra kichiklarini qo’lga o’rgatib keyin kopaytirib yesam osonroq bo’ladi degan fikr kela boshlagan va shu tariqa rivojlanib hozirgi darajaga keldi .Buni qarangki ,vaqtlar keladi hatto stol ustidagi ovqatga qo’lini cho’zib yegisi kelmaydi balki nimadir uni olib og’ziga solib qo’ysa shunchalik darjada kam mehnat qilishni hoxlaydi .Albatta buni amalga oshirish uchun computer texnologiyasi computer texnologiyasiga axborot bilan taminlanishi va bu axborotni ma’lum usullar orqali boshqaruvchi tizim va dasturlar kerak.Biz shu mavzu orqali shunday dasturlar va tizimlar haqida ma’lumot berish uchun harakat qildik
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida xam yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo’lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning xar biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya'ni, xar biri o’ziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko’rsatilgan xolda tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |