1. Axborotni boshqarish tizimlari haqida tushuncha


Bulardan birinchisi texnik ta’minoti



Yüklə 47,33 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü47,33 Kb.
#35836
1   2   3   4
Mustaqil ish oxiri

Bulardan birinchisi texnik ta’minoti.Bunga asosan kompterning qurilmalari ishlashi uchun zarur bo’lgan qurilmalar kiradi.Bilamizki ,computer qurilmalari ikki xil asosiy qurilmalar va yordamchi qurilmalarga bo’linadi.

U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:

Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topadi.

Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.

Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi. Operativ xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma .

Doimiy xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma.

Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega.

Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir.

Kompyuter texnikasining qo’shimcha qurilmalari

Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi.

Sichqoncha – kompyuterga axborotni kiritishning

koordinatali qurilmasi hisoblanadi.

Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.

Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.

Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir.

Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot

almashish imkonini beradi.

Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni ko’rsatishni ta’minlovchi qurilma. Bu qurilmalarga : kompakt disklarni o’quvchi qurilmalar (CD-Rom , CD-RW , DVD-ROM , DVD-RW), mikrofon, kolonkalar, ovoz kartalari kiradi.

Disketa - ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish uchun va ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan dastlabki magnitli moslama.

To’g’ri yuqorida ko’rsatilgan qurilmalarni hammasi ham oldinroq aytilgan axborotni yaratish va shu kabi ishlarni hammasini bajarishda ishtirok etmas lekin bizning ishimizni ma’lum qismini tezlashtirishga qodir bo’lgan qurilmalar hisoblanadi.Shuni ham aytish kerakki,komputerning asosiy qurilmalari bo’lgan monitor ,tizimli blok va klaviatura albatta ishtirok etadi.

Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va komputerni ishlatish uchun zarur bo’lgan vositalarni o’z ichiga oladi.Dasturiy ta’minotni quyidagicha turlarga ajratishimiz mumkin:

Tizimli dasturiy ta’minot (System software)- Komputerning va komputer tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) – bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari – yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.

Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan asosiy (bazaviy) dasturiy

ta’minot va yordamchi ( xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat.

Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi mumkin.

Asosiy dasturiy ta’minot (base software) – kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarning minimal to’plami. Ularga quyidagilar kiradi:



  • operatsion tizim (OT);

  • tarmoq tizimlari.

Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengayturuvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi.

Komputerning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minotdir (ADT). Bunga asosiy sabab – komputerlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishi.Bu ham o’z navbatida ko’plab turlarga ma’lum bir xususiyati tufayli ajratiladi.Bular:



  • Muammoga yo’naltirilgan ADT

  • Umumiy maqsadli ADT

  • Ofis ADT

  • Kichik nashriyot tizimlari

  • Multimedia dasturiy vositalari

  • Sun’iy intellekt tizimlari.

Bular orasida insonlar tomonidan ko’p qo’llaniladigani Ofis ADTlardir .Va aynan shu dasturlar orqali ko’plab axborot yaratiladi va hokazo ishlar bajariladi .

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog’liq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli hamda qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.

Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:


  • kompilyator va interpretatorlar;

  • dasturlar kutubxonasi;

  • turli yordamchi dasturlar.

Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi.

Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ta’minlaydi.

Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.

Case-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng terkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.

CASE – Computer Aided Sistem Engineering – axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli taxlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi.

Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80-yillar oxirida shakllangan yo’nalishdir. Ulardan keng ko’lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir.

Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i – komputerning mahalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashqil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.

Aynan mana shu dasturlash vositalari orqali axborotni boshqarish tizimlari uchun yangidan-yangi dasturlar ishlab chiqiladi .Bu soha hali juda yosh ekanligini hisobga olsak bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun katta mablag’ va kuch talab etiladi .Bu sohadagi o’sish bizning hayotimizga ham kirib keladi va ancha yillar o’tgach huddi hozir osonlik bilan ishlay olayotgan dasturlarimiz kabi ham bo’lib ketadi .Lekin Case texnologiyasi uchun ko’proq komputerlar va insonlar jalb etilishi darkor ekanligi ham mavjud .Buni ham yaqin kelajakda oddiy qol telefoni yoki birgina computer orqali qilinshiga erishish mumkin bo’ladi ,faqat buning uchun olimlar va biz kelajak avloddan katta ishlar kerak bo’ladi.

Bularning barchasi komputerning qismlari ,dasturiy ta’minoti va texnik qismlari edi .Lekin ,axborotni boshqarish tizimlarining dasturiy ta’minoti qanday bo’ladi ?Bu o’sha tizimnng qanday ekanligi bilan bog’liqdir .Masalan,ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan dastur hisoblanuvchi Microsoft Access dasturi. U komputerning dasturiy ta’minotini biz qismi hisoblanadi .Demakki,biz axborotn boshqarishga xizmat qiluvchi dasturlarni aniqlasak va ular qanday ekanligini bilib olamiz.Bularning katta qismi Ofis dasturlari bilan bog’liq .Chunki ularni ko’pchiligi ma’lumotni yaratadi,qayta ishlaydi va boshqalarni bajaradi .

Ofis dasturlariga quyidagicha sinflashni kiritishimiz mumkin:



  1. rejalashtiruvchilar yoki organayzerlar;

  2. tarjimon dasturlar;

  3. skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;

  4. tarmoqdagi uzoq muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

Bundan tashqari ham dasturlar mavjud .Bular ham huddi yuqorida ko’rsatilgan dasturlar kabi amaliy dasturiy ta’minot sinfiga kiradi.
Yüklə 47,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin