Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT)
Reja
1.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi
2.
ALT tarkibi va strukturasi
3.
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT)
– avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi
loyihalovchi tashkilot yoki mutahassislar jamoasi bilan bog`langan avtomatlashtirilgan
loyihalash vositalarining majmuidir. ALT tehnikaviy vositalar
hamda matematik va dasturiy
ta`minlashni birlashtiradi; matematik va dasturiy ta`minot muhandislik loyihalash va
konstruktsiyalash masalalarining hususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi.
ALTda muhandisning EHM bilan operativ bog`lanishi
vositalari, maxsus muammoli-
yo’naltirilgan tillar va informatsion-ma`lumot bazasi qo’llanilishi hisobiga dasturlardan
foydalanish qulayligi ta`minlanadi.
ALTning asosiy vazifasi
– ob`ekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni
avtomatlashtirilgan tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik,
bir-biriga mos kelish, tipik hususiyatlarga qarab tip va turlarga bo’lish
hamda rivojlanish
printsiplariga amal qilish lozim.
ALT – inson-mashina tizimi.
EHM yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash
tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani tehnikaviy vositalar yordamida
ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o’rin egallaydi. ALTda inson birinchidan formalivatsiya
qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning ezrestik qobiliyatlari
asosida samaraliroq
yechiladigan masalalarni yechadi.
ALT – ierarhik tizim.
U hamma darajalarda loyihalashni avtomatlashtirishga kompleks
yondoshuvni amalga oshiradi. ALT qo’llanilganida loyihalashga blokli-ierarhik yondoshuv
saqlanib qolishi kerak. Loyihalashning ierarhik darajalari ierarhik nimtizim ko’rinishida
ALTning mahsus dasturiy ta`minoti (DT) strukturasida o’z aksini topadi.
Loyihalash
–
tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish
asosida ob`ektning birlamchi bayonini natijaziy bayonga o’zgartiradigan jarayondir.
Birlamchi bayonni natijaviy o’zgartirish oraliq bayonlarni tug’diradi; ular loyihalash
tugaganini aniqlash yoki uni davom ettirish yo’llarini tanlash maqsadida
qarab chiqiladigan
predmet vazifasini utaydi. Bunday bayonlarni loyihali yechimlar deyishadi.