Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (alt) Reja Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi



Yüklə 53,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü53,01 Kb.
#191740
1   2   3   4   5
2-Ma\'ruza

Loyihalovchi nimtizimlar.
Ular ob`ektga yunalgan bo’ladi va loyihalashning ma`lum 
bosqichini yoki o’zaro bevosita bog’langan loyihalash masalalarining bir guruhini amalga 
oshiradi. 
*Loyihalovchi nimtizimlarga misollar: buyumlarni eskiz loyihalash, korpus detallarini 
loyihalash, mehaniq ishlov berish tehnologik jarayonlarini loyihalash. 
Hizmat ko’rsatuvchi nimtizimlar.
Bunday nimtizimlar umumiy tizimga ishlatiladi va 
loyihalovchi nimtizimlar uz funksiyalarini bajarishda ularni qo’llab-quvvatlashni hamda ularda 
olingan natijalarni shakllantirish, uzatish va chiqarishni ta`minlaydi. 
*Hizmat ko’rsatuvchi nimtizimlarga misollar: avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banki, 
hujjatlashtirish nimtizimlari, grafik kiritish-chiqarish nimtizimi. 
Amaliy masalalarda loyihalanadigan ob`ekt modellarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish avtomatlashtirilgan loyihalash tizim (yoki nimtizim)lari vositalari kompleksi 
(ALTVK) bilan amalga oshiriladi. 
ALTVK tizimining strukturaviy qismlari bo’lib turli vositalar komplekslari hamda 
tashkiliy t`minlash komponentlari hizmat qiladi. Vositalar kompleksi – ALTning mos 
loyihalovchi va (yoki) hizmat ko’rsatuzchi nimtizimlaridan foydalaniladigan, tirajlash uchun 
mo’ljallangan va ma`lum klass (tur, rukum) ob`ektlarini loyihalashga yunalgan va (yoki) 
unifikatsiyalashgan protseduralarni bajarishga mo’ljallangan komponentlar va (yoki) vositalar 
kompleksi majmuidir. 
Vositalar kompleksi tayyorlanadigan, tirajlanadigan va ALT tarkibida qo’llaniladigan 
sanoat buyumlariga kiradi va spetsifikatsiyalanadigan buyumlar kabi hujjatlantiriladi. 
ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari (1.1-rasm). Vositalar kompleksini 
ikki turga: bir turdagi t`minlash vositalari kompleksiga (tehnikaviy, dasturiy, informatsion) va 
kombinatsiyalashgan vositalar kompleksiga ajratishadi. 
Bir turdagi ta`minot vositalari komplekslari bir turdagi t`minlash komplekslaridan va 
(yoki) komponentlaridan tarkib topadi; kombinatsiyalashgan vositalar komplekslari esa – har hil 
turdagi ta`minlash komplekslari va komponentlari majmuidan tashkil bo’ladi. Vazifasi ishlab-
chiqarish-tehnikaviy bo’lgan mahsulotlarga taalluqli kombinatsiyalashgan ALTVKlar ikki turga 
bo’linadi: 

dasturiy-metodik kompleks (DMK); 

dasturiy-tehnikaviy kompleks (DTK). 
Dasturiy metodik kompleks loyihalash ob’ekti (ob’ektning bir yoki bir necha qismi yoki 
bir butun ob’ekt) bo’yicha tugal loyiha yyechimini olish yoki unifikatsiyalashgan protseduralarni 
bajarish uchun zarur bo’lgan dasturiy, informatsion va metodik ta’minotlar (matematik va 
lingvistik ta’minotlar komponentlari bilan birga) komponentlarining o’zaro bog’langan 
majmuidan iborat. 


1.1-rasm. ALT vositalari kompleksi va komponentlarining turlari 
Vazifasi bo’yicha DMKlar u m u m t i z i m i y DMKlarga va b a z a v i y DMKlarga 
bo’linadi; bazaviy DMKlar uz navbatida muammoga yunalgan va ob`ektga yunalgan DMKlarga 
bo’linadi. 
Dasturiy-tehnikaviy kompleks DMKlarning tehnikaviy ta`minotning komplekslari va 
(yoki) komponentlari bilan o’zaro bog`langan majmuidan iborat. 
Vazifasi bo’yicha DTKlar avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) va markaziy hisoblash 
komplekslari (MHK)ga bo’linadi. 
Vositalar komplekslari o’zlarining hisoblash va informatsion resurslarini birlashtirib 
nimtizim yoki butun tizimlarning lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilishi mumkin. 
Dasturiy informatsion, metodik, matematik, lingvistik va tehnikaviy ta`minot turlarining 
komponentlari vositalar komplekslarining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
ALTVK funksiyalarini samarali bajarishi vositalar komplekslari tarkibiga kiruvchi 
komponentlarni sotib olinadiganlari bilan o’zaro moslashuzini ta`minlagan holda ishlab chiqish 
hisobiga erishilishi kerak. 
Umumtizimiy DMKlar dasturiy, informatsion, metodik va boshqa turdagi ta`minotlarni o’z 
ichiga oladi. Ular boshqaruv, nazorat, hisoblash jarayonini rejalashtirish, ALT resurslarini 
taqsimlashni bajarish va nimtizim yoki butun ALT uchun umumiy bo’lgan boshqa funksiyalarni 
amalga oshirish uchun mo’ljallangan. 
Umumtizimiy DMKlarga misollar: monitor tizimlari, ma`lumotlar bazalarini (MB) 
boshqarish tizimlari, informatsion-qidiruv tizimlari, mashina grafikasi vositalari, dialogli rejimni 
ta`minlovchi nimtizimlar va h.k. 

Yüklə 53,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin