Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (alt) Reja Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi


Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi



Yüklə 53,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü53,01 Kb.
#191740
1   2   3   4   5
2-Ma\'ruza

Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi
(MBBT
) – ma`lumotlar strukturasi ko’rinishida 
tashkil qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta`minlaydigan dasturiy-metodik kompleksdir. 
MBBT quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 

ma`lumotlar bazasini aniqlab olish, ya`ni shemalarning kontseptual tashqi va ichki 
darajalarini bayon qilish; 

ma`lumotlarni bazaga yozish; 

ma`lumotlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, ularni qayta tashkil qilishni 
bajargan holda ularning saqlanishini tashkil qilish; 

ma`lumotlarga kira olishni t`minlash (qidirish va chiqarib olish). 
Ma`lumotlarni tanib olish va ularga kirish uchun MBBTda til vositalari mavjud. Masalan, 
ma`lumotlar strukturasi bayonidan tashkil topgan ma`lumotlarni tanib olish tili yordamida 
t`minlanadi. Ma`lumotlarga kirish funksiyasi ma`lumotlarni manipulyatsiya qilish tili va so’rov 
qilish tili yordamida amalga oshadi. qullab (tutib) turiladigan strukturalar bo’yicha MBBTning 
ierarhik, tarmoqli va nisbiy (relyatiz) turlari bo’ladi. 


Mashina grafikasining dasturiy-metodik komplekslari
(DMK)
foydalanuvchining EHM 
bilan muloqotida grafik informatsiya almashinuzini, geometrik masalalarni yyechishni, 
tasvirlarni shakllantirishni va grafik informatsiyani avtomatik ravishda tayyorlashni ta`minlaydi. 
Foydalanuvchining EHM bilan grafik muloqoti («kirishning grafik metodi») kirish-chiqish 
nimdasturlariga asoslanadi; bu nimdasturlar kiritish-chiqarish qurilmalaridan olinadigan 
komandalarning qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini hamda ushbu qurilmalarga 
boshqaruv ta`sirlarining chiqarilishini ta`minlaydi. 
Geometrik masalalar yechimi (grafik modellash) grafik informatsiyani qayta 
o’zgartirishga keltiriladi; bu o’zgartirish qurish, burish, masshtablash va sh.k. turlardagi 
elementar grafik operatsiyalarni u yoki bu ketma-ketlikda bajarilishida ifodalanadi. Grafik 
modellash uchun DMKlardan foydalaniladi; ularda alohida elementar grafik operatsiyalardan 
tashqari uch o’lchamli tasvirlarni grafik qayta o’zgartirishlar, proektsiya, kesim va h.k.larni 
ko’rish protseduralari amalga oshirilishi mumkin.
Grafik o’zgartirishlar DMKsida ba’zi tez-tez foydalaniladigan tasvirlarni shakllantirish, 
grafik ma’lumotlar bazasini boshqarish, Grafikaviy nimdasturlarni sozlash uchun vositalar 
odatda nazarda tutiladi. 
Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simzol)li informatsiyalarni kiritish, nazorat, 
redaktorlash, qayta o’zgartirish va chiqarishni amalga oshiradigan dasturiy-metodik komplekslar 
yordamida amalga oshiriladi. Topshiriqlarni bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi 
terminallarga natijalarni chiqarishni aloqa kanallari orqali ta`minlaydi. ALTda vazifasi umumiy 
bo’lgan dialogli DMKlar bilan bir qatorda ihtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin.
Vazifasi umumiy bo’lgan DMKlarni ALTni yaratish va ekspluatatsiya qilishning 
boshlang’ich bosqichlarida qo’llash maqsadga muvofiq; bu DMKdan loyihalash 
metodologiyasini, ma`lumotlar va amaliy dasturlarga ishlov berish tehnologiyasini ishlab chiqish 
va tekshirish uchun foydalaniladi. 
Muammoli yunalgan DMKlar o’z ichiga boshlang’ich ma`lumotlarni, butun loyihalash 
ob`ektiga yoki uning yig’ma birliklariga bo’lgan talablar va cheklanishlarni avtomatlashtirilgan 
ravishda tartibga solish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalarni; loyihalash ob`ektining 
fizikaviy ishlash printsipini tanlashni; tehnikaviy yyechimlarni va loyihalash ob`ekti strukturasini 
tanlashni; konstruktsiyalarning sifat ko’rsatkichlari (tehnologikligi)ni baholashni, detallarga 
ishlov berish marshrutini loyihalashni olishi mumkin. 
Ob`ektli-yo’nalgan DMKlar loyihalash ob`ektlari hususiyatlarini predmet sohasi majmui 
sifatida aks ettiradi. Bunday DMKlarga, masalan, yig’ma birliklarni; standart yoki qabul qilingan 
yyyechimlar asosida detallarni; shakl elementlaridan sintez asosida detallarni; detallarga ishlov 
berish turlari bo’yicha tehnologik jarayonlarni va h.k.larni loyihalashni avtomatlashtirishni 
qo’llab-quvvatlaydigan DMKlar kiradi. 
 
Nazorat savollari 
1.
ALTni yaratish printsiplarini bayon qiling. 
2.
ALTni yaratishdagi asosiy holatlarni bayon qiling. 
3.
ALT strukturasini tasvirlab bering. 
4.
ALT kompleks vositalari va komponentlarining hamma turlarini aytib bering. 

Yüklə 53,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin