17-mavzu.Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar Reja: Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish.
Chaqaloqlik davridda psixologik rivojlanish xususiyatlari sensor va perseptiv hamda kognitiv rivojlanish, predmetlar bilan o`ynash his-tuyg'uning o`sishi yoki jonlanishi kompleksi.
Go`dak va muloqot, go`daklik davrida nutqning vujudga kelishi, kognitiv va perlseptiv jarayonlarni rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlaiiish, harakat malakaliui, kognitiv rivojlanish
Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik imkoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir.
Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologik-fiziologik tekshirish natijalariga asoslanib maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi yosh bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bo‘lgan davr hisobga olinadi.)
Tug‘ilgandan bir yoshgacha; chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili - go‘daklik davri.
Bir yoshdan uch yoshgacha: ilk bolalik: davri.
Uch yoshdan yetti yoshgacha: maktabgacha bo‘lgan davr.
Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q.
U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi.
Bola tug‘ildi. Ona organizmi bilan anatomik bog‘lanish uzilgan bo‘lsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan bog‘langandir, ona uni o‘z suti bilan boqadi. U yangi, o‘zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug'ilganidagi og'irligini yuqotadi. Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning ko‘plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt o‘tib, tug‘ilgan davridagi og‘irligiga teng kelishi uning tashqi muhitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda chaqaloqning og‘irligi 10-12 kun o'tgach, asli holiga keladi.
Yangi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali yetilmagan bo‘lib, katta kishi orgarizmidan o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi.
Yangi tug‘ilgan bola suyak-muskul tizimining tez o‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning muskul va muskul to‘qimalari juda bo‘sh bo‘ladi. Muskullar asta-sekin qota boshlaydi. Oldin bo‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), keyin tana muskullari (bola o‘tira oladi), undan keyin esa oyoq va qo‘l muskullari yetiladi, predmetlar bilan harakat qilish imkoniyati paydo bo`ladi, bola yura boshlaydi.
Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug’ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug’ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to’qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyoti uning ona qornidagi taraqqiyoti bilan uzviy
bog’liqdir.
Shuning uchun bolaning tug’ilguriga qadar bo’lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug’ilgunga qadar ham bolaga tishqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo’ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o’tishi bolaning ona qornidagi normal taraqqiyotini va har jihatdan yetuk tug’ilishini ta’minlaydi.
Bolaning tug’ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o’sishi va taraqqiyoti tor, oila va yasli doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo’lsa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu da\rda bola ojiz bo’lib, kattalarning doimiy va to’g’ri parvarish qilishlariga muhtoj bo’ladi.
Yangi tug’ilgan va bir yoshgacha bo’lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha faiq qiladi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to’rtdan bir qismiga barobar), bo’yin deyarli yo’q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo’llari gavdasiga nisbatan qisqa bo ladi, katta yoshli odamning boshi gavdasining 8/1 qismiga to`g`ri keladi.
Chaqaloq organizmi ona organizmi bilan bog‘liqlik davri tugagan bo`lsada, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fizialogik jixatdan tobeligicha qolaveradi.
Tug’ilgan chaqaloq havo bo`shligi va havoning bosimga duch kelishi sababli tabiiy talabga ko`ra uning nafas olishi va nafas chiqarishi o`zgaradi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham o`zgaradi, ya‘ni plantsetar oziqlanish (ona organizmdan bevosita qonga moddalar surilishi)dan oral oziqlanishi (ovqat og`iz bo`shlig`i orqali meda - ichakka borishi)ga o`tadi.
Chaqaloqlar xayvonlarning bolalariga qaraganda ximoya muxtojlar, nochorroq bo`lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda nasliy yo`l bilan mustaxkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo`ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishini birmuncha yengillashtiradi.
Bundantashqari, chaqaloqningyuzijudakichkinabo`ladi. Chunkiyuqorigivapastkijag`larixaliishlamasligitufaylirivojlanmaganbo`ladi. Chaqaloqbolalarichkiorganizminingxolativafaoliyatihamkattaodamlarinikidananchaginafarqqiladi. Masalan, o`pkadagihavokiradiganmaydapufakchalarningsonimikdorijixatdankattaodamlarnikibilanbarobarbo`lsahamularjudamaydabo`ladi (kattaodamlarnikiganisbatan 3 barobarkichik). Shuninguchunchaqaloqbolalarkattaodamlarganisbatan 3 barobarteznafasoladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, kattalar 14-16 marta nafas oladi. U jismoniy jihatdan juda tez o`sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muxtoj bo`ladi. Toza havo juda zurur xisoblanadi.
Chaqaloq bola yuragi katta odamning urishiga nisbatan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o`rtacha 70-75 marta ursa chaqaloq bolaning yuragi 100 va undan ortik marta uradi. Buning sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir kisqarishida bosib chiqargan qon xajmining (mikdori) ozligi yurak muskullarining xali zaifligi bilan bog’liq. Bundan tashqari chaqaloq bolada yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida moddalar almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bilan ham bog’liqdir.
Chaqaloq bolada badanning haroratini idora qilish xali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Chaqaloq bolalarda tanasini vazniga qaraganda terisining umumiy satxi (yuzasi) nisbatan katta bo`ladi. Bundan tashqari chaqaloq bolalarning terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yuqa bo`ladi. Bolalarning tez sovuk yeyishining sababi ham shundan.
Chaqaloqlarning ovqat xazm qilish a’zolari ham o`ziga xos xususiyatga ega. Ularning oshqozonlari juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo`ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi ovqatlantirish usuli ona suti bilan ovqatlantirishdir.
Normal tug’ilgan bolaning o`rtacha vazni 2800-3500 gramm bo`ladi. Bo`y esa 45-52 sm bo`ladi.
Bola bir yoshgacha bo`lgan davrida jismoniy jixatdan juda tez o`sadi. Bir yil davomida uning vazni va bo`yi ayniqsa sezilarli o`zgaradi. Normal o`sib ulg`ayayotgan bola yarim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar ortadi, bir yoshga yetganida esa uch barobar ortadi.
Bolaning bir yoshga to`lguncha bo`lgan davrida bo`yi ham juda tez o`sadi. Xuddi vazni ham bolaning bo`yi ham dastlabki oylarida ayniqsa tez o`sadi. Keyin bo`yining o`sishi ham ancha sekinlashadi. Agar bola bir yoshga to`lgunicha taxminan 25 smga o`ssa keyin ikki yil ichida faqat 18 smga o`sadi.
Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari, ya‘ni skeleti ham katta odamlarniki singari qattiq va mustaxkam bo`lmaydi. Chaqaloqning skeleti deyarli yumshoq tog’aydan iborat bo`ladi.
Yangi tug’ilgan bolaning kalla suyagi ham yaxshi qotmagan bo`lib, uning oldingi qismida peshona liqildog`i va orqa qismida esa ensa liqildog`i bo`ladi. Bola bir yoshga to`lgunicha uning kalla suyagi qotib, bu bo`shliqlar tutashib ketadi. Liqildoqlarning biri 2-3 oy mobaynida tutashib bitib ketadi, (ana shuning) ikkinchisi 12-14 oylik bo`lganidagina tutashib ketadi. Bolaning nerv sistemasining rivojlanishi 1 yoshgacha juda jadal surat bilan boradi. Bola ko`p jixatdan anchagina takomillashgan nerv sistemasi bilan tug’iladi, katta odamlarning nerv sistemasidan keskin farq qiladi.
Chaqaloq bolalar nerv sistemsining hamma qismlari barobar tarzda rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qismlari ya‘ni orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki bu qismlar tug`ma yo`l bilan o`tadigan shartsiz reflekslarning markazlari xisoblanadi. Keyin nerv sistemasining yuksak qismlari ya‘ni oliy nerv faoliyati bilan bog’liq bo`lgan katta miya yarim sharlari va uning po`sti takomillashadi. Katta odamlar miyasining o`rtacha vazni 1500 gr bo`lsa. Yangi tug’ilgan chaqaloq miyasining vazni 300-350 grni tashkil qiladi. Burmalari juda sayoz bo`ladi. Katta odamlarda esa bosh miya katta yarim sharlari po`stining burmalari ancha guruh bo`ladi. Lekin katta yarim sharlari po`stidagi nerv xujayralarining soni katta odamlarnikidan kam bo`lmaydi, ya‘ni 14-15 milliard bo`ladi. Chaqaloqlarning nerv xujayralari xali tuzilishi jixatdan juda soda, xajm jixatdan kichiq, o`simta (dendrit va neyron)lari yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.
Psixolog Ye.A. Arkinning ta’kidlashicha bola tug’ilishiga harakat qilayotgan paytda uning miyasini bir qo`l rang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mielin qobigi bo`lmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari po`stidagi nerv xujayralarini birlashtiruvchi nerv tolalarining usti mielin deb nom olgan, maxsus parda bilan qoplana boradi. Bu jarayon tabiiy protsess. Yangi tug’ilgan bola miyasining umumiy vazni bir yoshga to`lgunicha 600 grga ortadi. Bola tarbiyalanadigan uyning harorati 20 c dan kam bo`lmasligi kerak. Agar bolaning yuzi yoki labiga qo`lingizni tekkizsangiz, u darxol yemish haraktini qila boshlaydi. Bolaning kiyimi yoki yo`rgaklari buklanib qolib, bo`yniga yoki boshqa bir yeriga botsa, u bezovtalanib yig`lay boshlaydi. Ana shulardan ko`rish mumkinki, chaqaloq bolaning badan analizatorlari dastlabki kunlaridan boshlaboq yaxshi ishlaydi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab uning xid va uning tam bilish analizatorlari ham normal ishlay boshlaydi. Ko`rish va yeshitish analizatorlari murakkab analizatorlar xisoblanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloq bolalarda bunday murakkab analizatorlar ham faoliyatga tayyor bo`ladi, birok takomillashmagan bo`ladi. Dastavval ko`z to`r pardasidagi markaziy qismlarigina sezish kobiliyatiga ega bo`ladi. Ko`rish resetstorlari joylashgan ko`z tur pardasining cheka qismlari keyinrok ishga tushadi. Shuning uchun chaqaloq bolada yon tomonlaridagi narsalarni yaxshi kura olmaydilar.
Yangi tug’ilgan bola dastlabki bir xafta davomida yaxshi eshitmaydi. U faqat qattiq toshlarnigina eshitishi mumkin. Keyinchalik quloqdagi suyuk singib ketganidan sung eshita boshlaydi.
Ko`rish va eshitish kabi murakkab analizatorlarning chaqaloqlarda yaxshi takumillashmaganligining sabablaridan biri shundaki, yangi tug’ilgan bolalarda bosh miya‘ning po`sti etarli darajada rivojlanmagan bo`ladi.
Barcha analizatorlarning markaziy qismlari bosh miya po`stida joylashgan. Bola tug’ilgandan keyingi 1- oylarda uning bosh miyasi va ayniksa bosh miya po`sti tez rivojlanadi. Buning kattalashda analizatorlarning faoliyati ham jadal rivojlanadi.
Chaqaloq bolalarda psixikasining rivojlanishi birinchidan, analizatorlarning takomillashuvi bilan bog’liq bo`lsa, ikkinchidan, mustaqil haraktlarning o`sishi bilan bog’liqdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo`lgandan sung unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yuliga kiradi. Analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida tasir qilayotgan qo`zg’atuvchilarni farqlash kobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish yuliga kiradi. Analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida tasir qilayotgan qo`zg’atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni so`ngra ayrim yorqin ranglarni, tamlarni farqlay boshlaydi. Uch oylik bola tikilib, emotsional munosabatda bo`la boshlaydi. U odamga uzoq vaqt yumaloq qilib, tilini aylantirib, go`yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo`ladi.
Chaqaloq bola yoshga to`lguncha juda ko`p harakatlarni o`zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo`l harakatlari psixik taraqqiyot uchun muxim bo`lgan harakatlardir. To`rt oylik bola narsalarga qo`l cho`zadigan bo`ladi ammo u xali o`zini qo`l harakatlarini idora qilishning uddasidan chiqmaydi. Bola besh oylik bo`lgach narsalarni ushlab ko`radigan bo`ladi. Bolaning qo`l harakatlari atrofdagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab timirskilab ko`rish orqali ayrim xususiyatlarini bilib oladi.
Bola olti oylik bo`lgach mustaqil o`tira oladigan bo`ladi. Bola o`tira boshlagandan so`ng uning nazar doirasi kengayib yangidan-yangi ta’surotlar paydo bo`ladi. Bolaning ko`z o`ngida yangi tassurotlarning paydo bo`lish idroki diqqati va xotirasi kabi psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi.
Sakkiz oylik bo`lgach emaklay boshlaydi. Bola emaklay boshlagach uning atrof muhitidagi narsalar bilan munosabatda bo`lish imkoniyati kengayadi.
Natijada u bevosita mustaqil harakat qilib yangidan-yangi narsalrni taniy boshlaydi.
Oxir kasallikka uchramay jismoniy soglom o`sgan bola 9-10 oylik bo`lganida yura boshlaydi. Bolaning mustaqil ravishda yura boshlashi uning hayotida g`oyat katta xodisadir.
Olti-etti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo`lla boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bolaga besh-olti oylik davridan boshlab nutqni tushinishga urgata boshlash lazim.
Katta yoshli kishilarga taqlid qilish go`dakning qurshab to`rgan odamlar nutqini idrok qilishi tom manodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi.
Olima G.L.Rozingad-pupko bolaning nutqni tushinishi (idrok qilishi) jarayonini o`rganib, ko`ruv idroki va predmetlarga ko`z yugurtirish ularning nomlarini tushinish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa chiqaradi.
Tadqiqotchilardan Z.I. Barabakova go`dakning nutqini idrok qilishni tekshirib undagi turli analizatorlarni roliga baho beradi.
D.B. Elkonin xulosasiga ko`ra, nutqni tushinishni vujudga kelishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
a) umumiy xolatdan predmetni ajrata olish;
b) predmetga –e‘tiborini to`plash;
v) favqo`lotda xolatga qarab anglanadigan xis-tuyg’uning mavjudligi va boshqalar.
Inson zotining bir yoshgacha davrini nutqgacha, davri deb atash odat bo`lib qolgan. Bu davri mobaynida go`dak bosh miya yarim sharlari ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bog’liq anchagina ishlarni amalga oshiradi. Nutqni tushinib idrok qilish esa kun sayin o`sib takomillashib boradi.