Mirzachoʻl (ruscha: Голодная степь) — Oʻrta Osiyodagitekislik. OʻzbekistonningSirdaryo, Jizzax viloyatlari, QozogʻistonningJanubiy Qozogʻiston viloyati va TojikistonningZafarobod tumani xududlarida. Maydoni 10 ming km², balandligi 230 –385 m. SharqdaSirdaryo, janubdaTurkiston va Nurota togʻlarining togʻ oldi tekisliklari bilan chegaradosh. Gʻarbda astasekin Kizilqumga tutashib ketadi. Qizilqum bilan Mirzachoʻl orasidagi tabiiy chegara Arnasoy botigʻidan oʻtadi. Mirzachoʻl Sirdaryoning lyossimon qumoq va qumloqlardan tarkib topgan uchta koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan, janubiy qismi togʻlardan oqib tushuvchi mavsumiy oqar suvlarning prolyuvial, prolyuvial-allyuvial va allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. Mirzachoʻlning bir necha bor dengiz bosishi natijasida bu yerda, asosan, karbonatli, gipsli va gilli shoʻr jinslar toʻplanib qolgan
Mirzacho’l
Mirzachoʻl toʻrtlamchi davrdagi alp tektonik harakatlari natijasida choʻkkan. Golotsen epoxasida yangi tektonik harakatlardan Sirdaryoning 1- va 2-koʻhna qayirlari paydo boʻlishi bilan 3-koʻhna qayirda sizot suvlari pasayib, tuproq va ustki qatlamlar vujudga kelgan. Yerlar sugʻorilganda ana shu qatlamdagi tuzlar yer yuzasiga chiqib qoladi. Mirzachoʻlning yer yuzasi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbga qiya. Janubiy qismida chuqur jarliklar, Sirdaryo vodiysida qoldiq oʻzanlar va oʻrqirlar bor. Markaziy va shimoliy qismlari tekis. Sirdaryoga 6–20 m chuqurliqdagi jarlik hosil qilib tushadi.
Mirzachoʻlni janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga Yettisoy, Sardoba, Qoraqaroy, Shoʻroʻzak kabi oʻzansimon pastliklar — Sirdaryoning eski oʻzanlari kesib oʻtgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9–10 m. Iqlimikontinental. Urtacha yillik temperatura shimoliy qismida 12,5, janubiy da 15,G. Iyulning oʻrtachi temperaturasi 26 — 30°, yanvarniki 0,8—4°. Yozi nihoyatda issiq (baʼzan 40—47°). Yillik yogʻin miqdori 200–300 mm, togʻ oldi qismida 310–428 mm, koʻproq bahorda yogʻadi. Tekislikka Bekobod shamolining taʼsiri kuchli (baʼzan shamolning tezligi 46 m/sek. ga yetadi), bugʻlanishni kuchaytiradi, shoʻrlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar togʻlaridanSangzor daryosi, Zominsuv, Xoʻjamushkentsoy, Pishagʻarsoy, Rabotsoy va boshqa oqib tushadi. Bu soylar bahorda toʻlib oqadi.