O’yin texnikasi – bu musobaqaning aniq vazifalarini muvaffaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig’indisidir. «Texnika usuli» termini ostida, deyarli bir xil o’yin topshirig’ini bajarishga yo’naltirilgan va tuzilishi bo’yicha o’xshash bo’lgan harakatlar sistemasi tushuniladi. U yoki bu usul qo’llaniladigan shart-sharoitlarning xilma-xilligi har bir usulni bajarish uslublarining shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchaytiradi.
Basketblchi yahshi natijaga erishmoqchi bo’lsa, u ko’p texnik usullarni egallagan bo’lishi, aniq sharoitga muvofiq keladigan usulni tez tanlay bilishi hamda ularni aniq bajara olishi lozim.
Shunday qilib, rivojlanishning har bir davrdagi sportchi texnikasi – bu o’yinchiga qoidalar doirasidan chiqmay, kurashning og’ir vaziyatlarida muvaffaqiyatli harakat qilishga imkon beradigan eng samarali, amalda sinalgan vositadir. Bir lahzada vujudga keladigan o’yin holatlarini eng yaxshi natijalarga erishish uchun, basketbolchi har xil texnik malakalar va usullarning hammasini egallashi, eng to’g’ri keladigan usulni yoki usullarni tanlay olishi, ularni tez va aniq bajarishi kerak.
Basketbol o’yini texnikasini bir tartibda o’rganish uchun tasnifdan foydalaniladi.
O’yin texnikasining tasnifi
O’yin texnikasining tasnifi
O’yin texnikasini tasniflash – bu ma’lum belgilar asosida uning hamma usul, malakalarini bo’limlar va guruhlar bo’yicha teng huquqni taqsimlashidir. Shunday belgilar qatoriga eng avvalo sport kurashidagi malakaning nimaga mo’ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to’p bilan yoki to’psiz), shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi.
Basketbol texnikasini ikkita katta bo’limga: hujum texnikasi va himoya texnikasiga bo’linadi. Har bir bo’limda ikkitadan guruh: hujum texnikasida – maydonda to’psiz harakat qilish texnikasi va to’p bilan bajariladigan harakatlar texnikasi, himoya texnikasida esa – maydonda harakat qilish texnikasi va to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasida ajralib chiqadi. Har bir guruh ichida malaka va ularni bajarish usullari bor. Malakani bajarishning deyarli har bir usuli harakat tuzilishining ayrim detallarini (ko’rsatkichlarini) ochib beradigan bir necha ko’rinishga ega. Bundan tashqari, usulning dinamik strukturasiga, o’yinchining harakatini, dastlabki holatini, yo’nalishi va masofasini aniqlaydigan bajarish shartlari ta’sir ko’rsatadi. Tavsiya qilinayotgan tasnifda fintlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki fint – bu aniq usulning faqat bir qismini (masalan, to’pni uzatib berishda qo’l ko’tarish), (savatga otish paytida mo’ljallash), raqibda xato reaksiya tug’dirish maqsadi (niyati) bilan o’yinchi qulay holatga erishishdir.
BASKETBOL TEXNIKASI TASNIFI
Hujum texnikasi
Hujum texnikasi
Maydonda harakat qilish texnikasi. Basketbolning maydon bo’ylab harakat qilishlar, hujum qilish vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan va konkret o’yin harakatlarini amalga oshirish davomida yuzaga kelgan butun harakatlar tizimining bir qismi hisoblanadi. Ular basketbol texnikasi asoslaridir.
O’yinchi maydon bo’ylab harakat qilish uchun yurish, yugurish, sakrash, to’xtalish, burilishlardan foydalanadi. Shu usullar yordamida u joyni to’g’ri tanlab olishi, uni ta’qib qilayotgan raqibdan uzoqlashishga (qochishga) va keyingi hujum uchun kerakli yo’nalishga chiqishi, boshqa usullarni bajarish uchun eng yaxshi, qulay dastlabki holatlarni egallashga erishishi mumkin. Bundan tashqari to’p bilan ajratiladigan ko’pgina texnik malakalarning harakatda va sakrab to’p otish va harakatlarning samaradorligi harakat paytida oyoqning to’g’ri ishlashiga va muvozanatni saqlashga bog’liq.
Yurish. Yurish o’yinda maydonda harakat qilishning boshqa usullariga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Asosan undan qisqa fazalarda pozitsiyani almashtirish uchun yoki o’yin harakatlarining muddati susayganda, shuningdek, yugurish bilan qo’shilishidagi harakat tempini almashtirish uchun foydalaniladi. Odatdagi yurishdan farqli o’laroq, basketbolchi tizzada bir oz bukilgan oyoqlari bilan bir joydan ikkinchi joyga o’tadi, bu unga qo’qqisdan tezlanish uchun imkon beradi.
Yugurish. Yugurish o’yinda harakat qilishning bosh vositasi hisoblanadi. U yengil atletikadagi yugurishdan ancha farq qiladi. O’yinchi istalgan yo’nalishda, oldinga yoki orqasi bilan, har xil startga oud holatlardan maydon ichida tezlasha olishi, yugurish tezligi va yo’nalishini tez o’zgartira olishi kerak.
Pastlashib kelayotgan to’pni ilish
Yuqori trayektoriya bilan uzatilgan to’pni sakrab ilish: a – dastlabki holat; b – sakragan holat; v – to’pni ilib olish holati; g – so’nggi holat.