Mirzacho’l iqtisodiy rayoni



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#162552
1   2
SHADIBEK PPT

Mirzachoʻlni janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga YettisoySardoba, Qoraqaroy, Shoʻroʻzak kabi oʻzansimon pastliklar — Sirdaryoning eski oʻzanlari kesib oʻtgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9–10 m. Iqlimi kontinental. Urtacha yillik temperatura shimoliy qismida 12,5, janubiy da 15,G. Iyulning oʻrtachi temperaturasi 26 — 30°, yanvarniki 0,8—4°. Yozi nihoyatda issiq (baʼzan 40—47°). Yillik yogʻin miqdori 200–300 mm, togʻ oldi qismida 310–428 mm, koʻproq bahorda yogʻadi. Tekislikka Bekobod shamolining taʼsiri kuchli (baʼzan shamolning tezligi 46 m/sek. ga yetadi), bugʻlanishni kuchaytiradi, shoʻrlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar togʻlaridan Sangzor daryosi, Zominsuv, Xoʻjamushkentsoy, Pishagʻarsoy, Rabotsoy va boshqa oqib tushadi. Bu soylar bahorda toʻlib oqadi.

Sirdaryo qayirlarida koʻl va botqoqliklar koʻp. Koʻllarning suvi shoʻr. Mirzachoʻlda sizot suvlari togʻ oldi tekisliklarida 20–120 m, tekislik qismida esa 0,3 m chuqurlikda, shoʻrligi 30 g/l dan ortiq, tarkibida xlorid tuzlari koʻp. Markaziy qismida sizot suvlarining oqimi nihoyatda sekin va ancha shoʻr. Mirzachoʻldagi prolyuvial tekisliklarda tipik boʻz, markaziy va togʻ oldi qismlarida och boʻz, oʻzansimon pastliklarda shoʻrxok, shoʻrtob, daryo vodiysida allyuvial-oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Markaziy qismidagi och boʻz tuproqlarning ustki qatlami (1–3 m) shoʻrlanmagan, ostki qatlamdagi qumoq va qumloq yotqiziqdar kuchli shoʻrlangan. Mirzachoʻl tuproqlari juda shoʻr va sizot suvlari yuza boʻlganidan maxsus meliorativ tadbirlar amalga oshiriladi. Mirzachoʻlning shoʻrlanmagan yerlarida qoʻngʻirbosh, rang, oqquraykovrak, qizil burgan, shoʻrlangan yerlarida oq shuvoqoq joʻsan, keyreuk, yulgʻunshoʻrxoklarda sarisazan shoxilak, qorabaroq, ajriqkurmak oʻsadi.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining janubi g‘arbida joylashgan. Viloyat hududi Sangzor daryosi hamda Janubiy Mirzacho‘l kanalining suvi bilan sug‘oriladi. Uning hududi shimol tomonga nishab bo‘lib, sun’iy sug‘orish uchun qulay. Viloyat hududidan ko‘p tarmoqli xo‘jalikka asos bo‘ladigan xilma-xil tabiiy boyliklar topilgan. Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi tashkil qilingan. Bu yerda tog‘ o‘simlik va hayvonot olamining rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot olib boriladi. Ushbu so‘lim mintaqaga dam olish maskani – «Zomin» sanatoriyasi qurilgan. Jizzax viloyatida Zomin milliy tabiiy parki tashkil etilgan. Milliy bog‘ istirohat xizmatini o‘taydi hamda bog‘da sanoatning tabiiy muhitga ta’siri tadqiq etiladi. G‘allaorol hududida shifobaxsh suv, Baliqchi ko‘lida esa shifobaxsh balchiq ko‘p. Uchquloch konidan polimetall rudasi, Marjonbuloq konidan oltin, Oqtosh, Qoratosh va Uzun konlaridan marmar qazib olinadi.


Aholisi. Jizzax viloyatida mamlakat aholisining 4 foizi jamlangan. Aholining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Viloyat aholisining 81 foizidan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi.Sanoatning ­asosiy ­tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat.
Qishloq­ xo‘jaligining­ asosiy­ tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, go‘sht-sut chorvachiligi.Viloyat o‘zining yoqilg‘i-energetika majmuasiga ega emas. Unga tabiiy gaz Buxoro viloyatidan, elektr quvvati esa Sirdaryo viloyatidan keltiriladi. Tog‘-kon sanoati Qo‘ytoshda rivojlangan. Shimoliy Nurota tog‘larida volfram-molibden konlari ishlab turibdi. Qazib olinayotgan rudalar Chirchiqdagi qiyin eriydigan va issiqqa chidamli qotishmalar kombinatining asosiy xomashyosidir. Jizzaxda akkumulator zavodi, trikotaj fabrikasi,
polietilen ishlab chiqaruvchi va qurilish materiallari zavodlari bor. Xorijiy firmalar bilan 20 ga yaqin qo‘shma korxonalar tashkil topgan. Sanoat mahsulotining asosiy qismi yengil sanoatda hosil qilinmoqda.
Qishloq­ xo‘jaligi. Viloyat hududida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan 1,2 mln gektar yer bor. Buning 1/3 qismidan dehqonchilikda foydalanilmoqda. Viloyatda paxta bilan birga g‘allakorlik ham katta salmoqqa ega.

Спасибо


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin