TANA MUSKULLARI
Reja:
1.Tana muskullari
2. Orqaning serbar muskuli
3. Orqaning pastki tishli muskuli
Odam organizmida uch xil muskul bo‘lib:
1.Skelet muskullari, ko‘ndalang targil muskullar, ixtiyoriy qisqaradi.
2.YUrak muskullari ular ham ko‘ndalang targil bo‘lib, lekin ular ixtiyorsiz qisqaradi.
3.Sillik muskullar ular ichki a’zo devorida joylashgan bo‘lib u ixtiyorsiz qisqaradi.
Muskul tolalari o‘zaro yumshok biriktiruvchi to‘qima bilan tutashib tursa, ustidan esa birktiruvchi to‘qimadan tuzilgan parda – “fassiya” o‘rab turadi. Muskul ichidagi muskul tutamlarini o‘ragan parda perimizit deb ataladi. Muskul tolasini har birini nafis to‘r parda endomizit o‘raydi.
Organizmda ikki boshli, 3-4 boshli,duksimon 1-2-patli, 2 qorinli va boshka turdagi muskullar uchraydi. Muskul tolalari yo‘nalishiga qarab to‘g‘ri, kiyshik, ko‘ndalang va aylana bo‘ladi. Bir xil muskullar qisqarib, ikkinchi tomonda joylashgan muskullarga karama-karshi ish bajarsa, bunday muskullar antogonist muskullar deyiladi. Masalan. Bilakni bukuvchi muskullar, yozuvchi muskullarga nisbatan antogonistdir. Muskul qisqarib ikkinchi muskul ishiga yordam bersa, bunday muskullarni hamkor (sinergist) muskullar deyiladi. Masalan, bilak 15 ta muskul bo‘lib, shulardan qo‘l panjasi bukulganda 8 ta muskul hamkorlikda ish bajaradi.
Ko‘l oyok panjalarida muskul paylarini o‘rab turadigan silindir shaklidagi fibroz kin bo‘lib, ularni devori ikki qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi qavatlari orasida suyuklik bo‘lganidan muskul paylari kinning ichki devori bilan osongina suriladi. Muskul paylari sikilmasdan bemalol ish bajara oladi.
Muskulni harakatga keltiruvchi nerv tolasi motaneyronlarning markazlari orqa bosh miyaning sigmentar qismida joylashgan. Motaneyrondan muskul tolasiga aktiv moddalar ajraladi. SHundan adrenalin va atsetilxoalin muskul tolasi bilan nerv tolasi sinapslar hosil qilib birikadi.
Odam tanasida muskullar shakliga ko‘ra xilma-xil, yassi, kalta, uzun, 2-3-4- boshli, ikki va ko‘p qorinli, trapetsiya, rombsimon, doira, uchburchak shakilda bo‘ladi.
Muskullar takomillashishiga ko‘ra 3 guruxga ajratiladi.
1. Maxalliy muskullar-xomilaning mezoderma qavatida takomillashadi va o‘z joyida takomillashadi. Misol: mimika muskullari.
2. Markazdan kochuvchi-orqaning serbar muskuli takomillashish davrida gavdada, keyinchalik bir uchi bilan elka suyagiga birikadi.
3. Markazga intiluvchi- ko‘krakning katta muskuli- takomillashishi ko‘lda, keyinchalik gavdaga o‘tadi. Odam tanasidagi muskullar-gavda, bo‘yin va bosh, ko‘l va oyok muskullariga bo‘lib urganiladi.
Qorin-ko‘krak kafasining pastki chegarasi bo‘lib chanoqning ustki chegarasi o‘rtasida joylashgan. Qorin bo‘shligini oldi, ikki yonboshi va qisman orqa tomonidan qorin muskullari qoplab turadi.
Qorinni tashqi kiqshiq muskuli.
Ko‘krak kafasini pastki sakkizta qovurg‘asidan boshlanib, muskulning pastki tutamlari yonbosh suyagi kirrasining tashqi labiga yopishadi va kolgan o‘rta qismi muskul tolalari yassi payga aylanib, qorinni to‘g‘ri muskuli ustidan o‘tib, karama-karshi tomondagi muskul yassi payi (apanevroz) bilan o‘rta chizikda tutashib ok chizikni hosil qiladi.
Gavda muskullari.
Gavda muskullari ko‘krak, qorin va orqa muskullaridan tuzilgan.
Orqaning yuz muskullari va chuqur qavatlarga ajratiladi.
1) Trapetsiyasimon muskul – uchburchak shakilli serbar muskul bo‘lib, ensa suyagini g‘adir-budir chizigi ensa boylamidan barcha ko‘krak umurtkalarining kirrali o‘siqlaridan boshlanadi. O‘mrov suyagining akromial tomondagi qismiga kurakning baland kirrasiga yopishadi. Muskullarni yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o‘rta tutamlari yonga pastki tutamlari tepaga ko‘tariladi. Muskulni yuqori qismi qisqarsa elka kamari yuqoriga ko‘tariladi. Ko‘lni yuqoriga ko‘tarishda katnashib kurakning past burchagini tashkariga tortadi. Trapetsiyasimon muskulni pastki qismi qisqarsa kurak pastga tortiladi, agar ikki yon muskul qisqarsa kuraklar bir-biriga yakinlashadi.
2) Orqaning serbar muskuli. Bu muskul orqa tomonni pastki qismini qoplab teri ostida yotadi. Bu muskul pastki to‘rtta kurak umurtqasini, barcha bel umurtkalarining kirrali o‘siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi kirrasidan va pastki to‘rtta qovurg‘adan boshlanadi.
Muskul tolalari pastdan yuqori ingichkalashib elka suyagining kichik g‘adir-budirligiga yopishadi.
Funksiyasi – muskul qisqarib yuqoriga ko‘tarilgan ko‘lni pastga, orqaga tortadi. Agar ko‘l kimirlamay tursa ko‘krak qafasi kengayadi, tana ko‘lga yakinlashadi.
Rombsimon muskullar- pastki ikki ta bo‘yin va yuqori to‘rtta ko‘krak umurtkalarini kirrali o‘siqlaridan boshlanib, ko‘krakning medial chetiga yopishadi. Funksiyasi- kurakni yuqoriga va kurak medial tomonga tortadi.
Kurakni ko‘taruvchi muskul.Bu muskul trapetsiyasimon muskulni ostida joylashgan bo‘lib, yuqoridagi uch va to‘rtinchi bo‘yin umurtkasini ko‘ndalang o‘sig‘i dan boshlanib, pastga qarab yo‘nalib kurakni yuqori burchagiga yopishadi.
Funksiyasi: Kurakni yuqoriga ko‘taradi.
Orqaning yuqori tishlili muskuli. Rombsimon muskulni old tomonida joylashgan bo‘lib pastki ikkita bo‘yin, 2ta yuqori ko‘krak umurtkasini kirrali o‘siqlaridan boshlanib, II-V-qovurg‘alarning orqa tomoniga yopishadi.
Funksiyasi qovurg‘alarni ko‘taradi.
Orqaning pastki tishli muskuli-serbar muskulni old tomonida joylashgan bo‘lib, pastki 2ta ko‘krak va yuqorigi 2ta bel umurtkalari kirrali o‘siqlardan boshlanib, aloxida tishsimon bo‘laklar yordamida
IX-XII qovurg‘alarga yopishadi. Funksiyasi-pastki qovurg‘alarni pastga tortadi.
Dostları ilə paylaş: |