17-mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar Reja


Chaqaloqlik davriila psixologik rivojlanish xususiyatlari sensor



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə2/4
tarix28.04.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#104496
1   2   3   4
Chaqaloqlik davriila psixologik rivojlanish xususiyatlari sensor
va peritseptiv bamda kognitiv rivojiaiiish, predmetlar bilan o`ynash
his-tuyg‘unmg o`sishi yoki jonlanish kompleksi

Chaqaloq tug'ilgandayoq amalda qo`llashga tayyor bo`lgan sensor vaharakat malaka instinktlariga ega bo`ladi, bu uning olamga moslashibolib o`z rivojlanishida tezgina o`sib ketishga yordam beradi. Chaqaloqdatug‘ilganidan boshlab, masalan, ko`pgina murakkkab harakatlar, asosanorganizmni yetilish jiarayonida genetik berilgan dastur asosida,shuningdek, reflektor, ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatidakodlangan o`ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta’sirida hayotiningbirinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi.


Go`daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga,ovqatga. issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo`naltirilgan xatti-harakatlarningtug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladiganyagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo`lgan xatti-harakatlarni va yangitajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go`dakyoshidagi bolalaraning asosiy xususiyatlaridandir.
Organik ehtiyojlarningyetarli darajada qondirib borilishi, to`g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejimva to`g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asosbo`ladigan taassurotlarga ega bo`lishiga harakatga, muloqotga, nisbatanyangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Bolatug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning ko`rish va eshitish sezgilarijadal sur’atda rivojlanadi.
Tug'ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kunduzgiyorug‘lik tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi.O`tkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilganiga bir yarim sutkabo`lgan bola miyasida ko`ruv organiga rangli qo`zg‘atuvchilar ta’sirigajavob potensiallarini ko`rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartlirefleks shakllanishi yuzaga keladi.Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tug‘ilgandan keyindarhol ishlay boshlaydi. Shunday o`ziga xoslikka oddiy ko`rish, harakatva eshitish ham ega.
Bola hayotining boshlang‘ich ikki oyida og‘zini chetiga qandaydir predinet bilan teginganda, bunga javoban reflektoro`girilisli qobiliyatini namoyon etadi, barmoqlari ustiga tegilsa, ularniqattiq siqib oladi, qo`llari, oyoqlari, boshi bilan umumiykoordinatlashmagan harakatlarni amalga oshiradi. Unda yanaharakatlanayotgan ob’ektlarni ko`zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshinio`girish qobiliyati ham mavjud. Chaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalarmazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko`radi va hatto shirinlikdarajasini aniqlay oladi. Chaqaloq hidlarni sezadi, ularga boshini burish,yurak urishi va nafas olishi chastotasining o`zgarishi bilan javob beradi.
Yana bola organizmiga o`zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchijarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o`tish joizdir.Ular ovqat hazm qilish, qon aylanisih, nafas olish, tana harorati,moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilanbog‘liq. Shubhasiz, so`rish, himoyaviy, mo`ljal oluvchi, ushlab oluvchi,tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularnibarchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko`rinadi.
O`tkir yorug‘likdan bola bevosita ta‘sirlanadi, ya‘ni o`tkiryorug‘likka qaray olmay, undan ko`zini yumadi. Predmetlarni ko`z bilanidrok qila olmaydi, chunki ularda ko`rish mexanizmi hali o`sibyetmagan bo`ladi, bu mexanizmlar kattaroq yoshda paydo bo`ladi. Yetti -to`qqiz kunlik bola ba'zan sekin harakatlanayotgan predmetga qarabqoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Ko`zini bir nuqtaga qaratish psixiktaraqqiyotda muhim rol o`ynaydi. Bola ikki-uch oylik bo`lganda,yaqinidagi predmetlarni ikki ko`zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rangva shakllarni farq qila olish qobiliyati paydo bo`ladi. Olti oyligida uranglarga nisbatan o`z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqanrangiga intilsa, yoqmaganini itaradi, undan yuzini o`giradi.
Yangitug`ilgan bolaning eshitishi zaifiroq bo`ladi, shunga ko`ra u hali o`zieshitib, odatlanib qolmagan juda kuchli qo`zg`ovchilarga javob beradi,lekin ovozning qaysi tomondan kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qaerdan kelayotganini qidirib, u yoq bu yoqqa qaraydi. Tovush manbaini topishni o`rgangan uch oylik bola gapirayotgan kishini o`z ko`zlari bilan tez topib oladi, o`sha tomonga qarab, gapiruvchiga o`z munosabatini ifodalaydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo`lgaa munosabati ancha kengaya boradi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko`ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko`rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o`zaro munosabatida bo`lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o`z ko`zi bilan ko`ra olishi ma‘lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlarni ajratishga va ulani sintez qilishga o`rganib boradi. Bolaning eshitib bilib olishi shartli bog‘lanishlarning sifatiga bog‘liqdir. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo`lmaydi. Unda turli qo`zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqia bo`lsa, uning o`zi uchun tanish va yangi bo`lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo`ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o`tishini kuchaytiradi va tasavvnrlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.
Bola organizmiga o`zini saqlash va rivojlanishiga yordam beravchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o`tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. Shubhasiz, so`rish, himoyaviy, mo`ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularning barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko`rinadi.
Tug'ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishilashga tayyorligi ma’lum bo`lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar chaqdoqning faqatgina psixika va xulqning tug`ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarninghvojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Chaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab yetarlicha tashkiliylikka ega, u holatlarni boshqarishga mo`ljallangan ko`pgina mexanizndami ()‘z ichiga oladi.
Chaqaloqda ko`pincha oyoq-qoilarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo bo`ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ahamiyatga ega. Chaqaloq bolalarda qo`l-oyoqlar bukilib, barmoqlar musht bo`lib turadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo`l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo`ladi. Keyin hijrakatlar asta-sekin “ongli” lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning manbai bo`lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o`tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bo`lmasa ham, qo`llarini o`yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oylik bolada yaxshi ko`rinadi. Bola o`yinchoqni bemalol qo`liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog`iga qaraydi, og`ziga tegizib ko`radi va shu yo`l bilan ko`plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo`yilsa, boshini ko`tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qo`ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o`tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suya‘nib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o`tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo`ya oladi, demak, bola yura boshlaydi.
Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligining nochorligi, chaqaloqligida ko`p kasal bo`lganligi va umumiy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo`ladi. Bolaning harakatlari rivojlanishi
hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o`n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.
Cheklangan qo`l-oyoq, boshni tug‘ma umuimiy elementar harakatlar to`plamidan iborat imkoniyatga ega bo`lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchii oyoqlar harakati bilan bir vaqtda fazoda qo`l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga mo`ljallangan harakatlarni amalga oshira oladi. Yangi tug'ilgan bolada (diqqat qilish qobiliyati bo`lmaydi. Unda turli qo`zg`ovchilar ta ‘sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo`lsa, uning o`zi uchun tanish va yangi bo`lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo`ladi. Diqqatning psixik ta‘siri ma‘lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o`tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi.



Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin