1. Axborotni fan uchun ahamiyati va xususiyatlari. Axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishi


Zamonaviy kompyuterlar va ularning rivojlanish tarixi



Yüklə 24,81 Kb.
səhifə3/3
tarix12.09.2023
ölçüsü24,81 Kb.
#142899
1   2   3
AXBOROTNI FAN UCHUN AXAMIYATI VA XUSUSIYATLARINI TUSHUNTIRUNG.

Zamonaviy kompyuterlar va ularning rivojlanish tarixi.
Hozirgi kunda kompyuterlarning imkoniyati kun sayin benihoya kengayib bormoqda. Ular barcha sohalarda: qishloq xo’jaligida, xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda, fan va texnikada, boshqarishda, o’quv dargohlarida va hokazolarda keng qo’llanilmoqda. Kompyuterlar orqali buxgalteriya hisoblari bajarilmoqda, bank faoliyati va ishlab chiqa-rish sistemalari boshqarilmoqda, hujjatlar chiroyli qilib chop etilmoqda, rasm va multfilmlar yaratilmoqda, musiqa yaratilib, ijro etilmoqda, banklararo aloqalar elektron pochtalar yordamida amalga oshirilmoqda, turli xil o’yinlar o’rnatilmoqda, turli predmetlar va chet tillari o’rganilmoqda va hokoza. Kompyuter degani inglizcha “computer” so’zidan olingan bo’lib, “hisoblagich” degan ma’noni anglatadi.
Kompyuterlarning eng ko’p tarqalgan turlari quyidagilardan iborat:
Katta EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, o’zining ishonchliligi, yuqori ishlash tezligiga ega ekanligi bilan boshqa kompyuterlardan ajralib turadi. Ular asosan yirik korxonalarda, xalqaro miqyosdagi banklarda, davlat tashkilotlarida va boshqa joylarda ishlatiladi. Ularga minglab displey va klaviaturalarni ham ulash mumkin.
Super EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi hisoblashlarga ega bo’lgan masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Ular asosan mudofa ishlarida, meteorologiya sohasida, geologiyada, astrologiya sohasida va hokazolarda ishlatiladi.
Mini EHM – bu kompyuterlar ham ma’lum bir sohaga tegishli masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Ular asosan davlat tashkilotlarida oliy o’quv yurtlarida, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida qo’llaniladi. Ularga o’nlab, yuzlab displey va klaviaturalarni yoki shaxsiy kompyuterlarni qo’shish mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar – bu kompyuterlar unchalik katta bo’lmagan hajmga va og’irlikka ega bo’lib, bitta kishi ishlashi uchun mo’jallangan. Shaxsiy kompyuterga qo’shimcha vosita sifatida: modem, faks-modem, multimedia
vositalari, telefon, lokal va global tarmoq vositalarini va boshqa qurilmalarni ulash mumkin. Hozirgi kunda IBM PC va Pentium turidagi kompyuterlar eng ko’p tarqalgan shaxsiy kompyuterlar hisoblanadi.
Cho’ntak kompyuterlari – bu kompyuter kichik hajmga va og’irlikka ega bo’lib, oddiy batareykalarda ishlashga mo’ljallangan. Ularda qattiq disk, disk yurituvchi yo’q bo’lib, minityur ko’rinishdagi klaviaturadan ma’lumotlarni kiritish uchun foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda eng ko’p ishlab chiqarilayotgan va amaliyotga qo’llanilayotgan zamonaviy kompyuterlar shaxsiy kompyuterlar hisoblanadi.
Zamonaviy kompyuterlar asosan quyidagi asosiy qurilmalardan iborat bo’ladi:
1. Sistemali blok.
2. Monityur
3. Klaviatura
4. Chop etish qurilmasi – printer.
5. Sichqoncha.
1. Sistemali blok. Sistemali blok kompyuterning eng asosiy qurilmasi bo’lib, quyidagilarni o’ ichigga oladi:
- mikroprosessor – ko’p hollarda prosessor deb yuritiladi. U hisoblashlarni bajaradi va kompyuter ishini boshqaradi;
- xotira – ma’lumotlarni va hisoblash natijalarini saqlash uchun ishlatiladi;
- kiritish chiqarishni nazoratchilar – bu qurilma displey, magnit disklar, sichqoncha va boshqa qurilmalar ishini nazorat qiladi;
- kiritish-chiqarish portlari – kompyuter va tashqi quril-malar orasida ma’lumotlarni almashtirib turish uchun ishlatiladi;
- vinchester (qattiq magnit disk) – ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun
ishlatiladi;
- yupqa magnit disklar (disketlar)- ma’lumotlarni doimiy saqlash hamda ularni bir kompyuterdan boshqa kompyuterga o’tkazish uchun ishlatiladi.
Disketlarga vinchesterga nisbatan ancha kam miqdordagi axborotlar joylashadi.
Mikroprosessor. Mikroprosessor shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmasi hisoblanadi. Bu qurilma asosiy “intelektual” ishlarni bajaradi, arifmetik va mantiqiy hisoblashlarni bajaradi. Shu bilan birga kompyuter ishini nazorat qilib boradi.
IBM PC va Pentium kompyuterlarida asosan Intel Corporation of Santa Klara firmasi tomonidan yaratilgan mikroprosessorlardan foydalaniladi.
Ular zamonaviyligiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: 086; 286;386; 486;
Pentium P5, Pentium-Pro-P6, Pentium-II, Pentium-III, Pentium-IV va hokoza. Bu raqamlar Intel firmasi prosessorlarining nomini bildiradi. Raqamlarga qarab prosessorlarning quvvatini ham aniqlash mumkin.
Bundan tashqari “Epil (Apple) firmasi ham “Makintosh (Macintosh)” turidagi kompyuterlar ishlab chiqaradi. Bu kompyuterlar qo’shimcha ovoz berish qurilmasiga, mikrofonlar, dinamiklar, modellar bilan jihozlangan. Ayniqsa, hozirgi vaqtda bu firma juda baquvvat makintosh kompyuterlarini ishlab chiqarib, amaliyotga tadbiq etmoqda. Makintosh kompyuterlari IBM kompyuterlariga qaraganda narxini ancha qimmatliligi tufayli unchalik keng tarqalmagan.
Xotira. Kompyuterlarning xotira qurilmasi ichki va tashqi xotira qurilmalariga bo’linadi. Ichki xotira qurilmasi o’z navbatida 2 ga bo’li-nadi: doimiy (ROM) va tezkor xotira (RAM).
Doimiy xotiradan kompyuterning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun ishlatiladigan dasturlar majmuasini doimiy saqlab turish uchun foydalaniladi. Doimiy xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni o’zgartirib bo’lmaydi.
Tezkor xotira (RAM) kompyuterning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, ma’lumotlarni ma’lum vaqtga saqlab turish uchun ishlatiladi. Tezkor xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter o’chirilganda o’chib ketadi. Tezkor xotirada hisoblashlar juda tez bajariladi.
Kompyuterlarning imkoniyati tezkor xotiraning hajmi bilan belgilanadi. Texkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, kompyuterning imkoniyati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Zamonaviy kompyuterlar odatda 16 va 32 Mbayt hajmga ega bo’lgan tezkor xotira bilan ishlab chiqilmoqda.
Tashqi xotira qurilmasi ham ma’lumotlarni doimiy saqlash uchn ishlatiladi. Tashqi xotira qurilmasi sifatida qattiq disk (NDD) va yupqa magnit disklar ishlatiladi.
Qattiq disk (NDD). Qattiq disklar (vinchester) kompyuter bilan ishlash jarayonida foydalaniladigan ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar operasion sistema dasturlari, ko’p qo’lla-niladigan amaliy dasturlar majmuasi, hujjatlar muharriri, dasturlash tillari translyatorlari va hokazolardan iborat bo’lishi mumkin. Qattiq disklar boshqa xotira qurilmalaridan ishonchliligi; hajmining kattaligi va axborotlarni o’qish tezligining yuqoriligi bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda kompyuterlar 800 Mbaytdan 2,2 Gbaytgacha va undan ham kattaroq hajmga ega bo’lgan disklar bilan ta’minlanmoqda.
Yupqa magnit disklar. Bu magnit disklar ham ma’lumotlarni saqlash va ularni bir kompyuterdan boshqa bir kompyuterga o’tkazish uchun ishlatiladi.
Kompyuterlarda 3,5 va 5,25 dyuma o’lchovli yupqa magnit disklar ishlatildi:
5,25 dyuym o’lchovli disketlar “besh dyuym”, 3,5 dyuym o’lchovli disketlar esa “uch dyuym”li disketlar deb yuritiladi. Uch dyuymli disket-larda ma’lumotlar saqlanishini ishonchliligi ancha yuqori. Disketlar aso-san hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.
Uch dyuymli disketlar 1,4 Mbayt gacha, besh dyuymli disketlar esa 1,2 Mbaytgacha hajmga ega bo’lgan axborotlarni saqlash uchun foydalaniladi.
2. Monitor. Monitor (displey) ekranga sonli, matnli va grafik ma’lumotlarni chiqarish uchun ishlatiladi. Monitor oq-qora va rangli bo’li-shi mumkin. Ular rangi va ekranining o’lchovi bilan bir-biridan farq qiladi. Monitor matnli va grafik tartibida ishlashi mumkin.
Matnli tartibida monitor ekrani 25 satr va har bir satrda 80 ta o’ringa ajratiladi. Jami o’rinlar soni ixtiyoriy belgini yoki harfni hosil qilish mumkin.
Matnli tartibda barcha amallar tez bajariladi.
Grafik tartibda ekranda alohida nuqtalardan iborat bo’lgan tasvir-lar oqqora yoki rangli ko’rinishda ifodalanadi. Grafik tartibida ekranda matnlarni, rasmlarni, grafiklarni va hokazolarni hosil qilish mumkin.
Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan quyidagi rangli monitorlar ishlatiladi:
EGA – ekranda gorizontal bo’yicha 640 nuqta va vertikal bo’yicha 350 nuqta hosil qiladi;
VGA –gorizontal bo’yicha 640 nuqta va vertikal bo’icha 480 nuqta;
SVGA -640480, 800600, 1024768 ta nuqta hosil qiladi.
3. Klaviatura. Klaviatura ma’lumotlarni kiritish va kompyuter ishini boshqarish uchun ishlatiladi. Kompyuterlar odatda 101 tugmachali standart klaviatura bilan ta’minlanadi. Klaviaturani shartli ravishda 4 guruh klavish (tugmacha)lariga bo’lish mumkin:
1. Harfli –raqamli va belgili tugmachalar. (bo’shliq, 0-9 raqam-lari, A-Ya lotin harflari, A-Ya ruscha harflar, +,-,*,/ maxsus belgilar va boshqalar).
2. Funksional tushmachalar: F1, F2, … , F10.
3. Xizmatchi tugmachalar: Enter, Esc, tab, kursorni boshqarish tugmachalari Shift, Ctrl, Alt, PgUp, PgDn, Home, End va boshqalar.
4. Klaviaturaning yordamchi (o’ng klaviatura) tugmachalari.
Klaviatura tugmachalariga “Vstavka-Simvol” bo’limi yordamida ixtiyoriy belgilarni yoki alifbo harflarini o’rnatish mumkin.
4. Chop etish qurilmasi – printer. Printer axborotlarni qog’ozga chop etish uchun mo’ljallangan. Printerlar faqat matnli axborotlarni emas, balki grafiklarni, tasvirlarni, rasmlarni ham chop etish uchun ham ishlati-ladi. Printerlarning juda ko’p xillaridan foydalaniladi. Ular rangli va rangsiz chop qilishni ta’minlaydi.
Ko’p ishlatiladigan printerlar matrisali, struyinli va lazerli printerlar hisoblanadi.
Matrisali (ignali) printerlar ilgarigi vaqtda eng keng tarqalgan printerlar bo’lib, chop etish sifatining uncha ham yuqori emasligi, ishlash jarayonida shovqin chiqarishi va rangli tasvirda chop etishga qodir emasligi bilan boshqa printerlardan farq qiladi. Matrisa printerlarda chop etish maxsus ignachalar orqali amalga oshiriladi. Ular 9 va 24 ignali bo’lishi mumkin. Ularning narxi ancha arzon bo’lganligi tufayli hozirga qadar qo’llanilib kelinmoqda.
Yüklə 24,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin