1. Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni



Yüklə 487,31 Kb.
səhifə1/18
tarix26.10.2023
ölçüsü487,31 Kb.
#161598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
AHKU,yakuniy javob


1.Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni
Kriptografiya - axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘illanadi. Dastlabki sistemalashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. U, biror ma’lumotni mahfiy holda, biror kishiga yetkazmoqchi bo‘lsa, alfavitning birinchi harfini alfavitning to‘rtinchi harfi bilan, ikkinchisini beshinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib matnning asli holatidan shifrlangan matn holatiga o‘tkazgan.
Axborotlarning muxofazasi masalalari bilan kriptologiya (kryptos- mahfiy, logos- ilm) fani shug‘illanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega: – kriptografiya va kriptoanaliz. Kriptografiyaning ochiq ma’lumotlarni shifrlash masalalarini matematik uslublari bilan shug‘illanishi to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tildi. Kriptoanaliz esa shifirlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotni asli holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan shug‘illanadi.
2. Kriptografik tizimlarning bardoshligi va kriptotahlili
Kriptobardoshlilik (bardoshlilik) deb - kriptotizimning hujumlarga qarshi tura olish qobiliyatiga aytiladi. Miqdoriy jihatdan kriptobardoshlilik yetarli ehtimollik bilan kriptotahlilchini muvaffaqiyatga eltadigan eng yaxshi kriptotahlil algoritmining murakkabligi bilan o‘lchanadi.
Shennon kriptografik tizimlarning (sistemalarning) bardoshliligi masalasiga ikki xil nuqtai nazar bilan qaradi. Birinchidan, nazariy bardoshlilik masalasini ko‘rdi: «Raqib kriptoanalitigi kriptografik sistemaning kriptoanalizi uchun yetali darajadagi texnik va boshqa kerakli vositalarga ega bo‘lsa hamda kriptotahlil muddati chegaralanmagan bo‘lsa, ushbu kriptografik tizimning bardoshliligi qanday?». Kriptografik tizimning nazariy bardoshliligi tushunchasi kriptografik tizimlarni baholashga aniqlik kiritadi, lekin bardoshliligi yuqori bo‘lgan kriptotizimlarning yaratilishi nuqtai nazardan tushkunlikka olib keladi. Amalda ko‘plab hollarda nazariy bardoshli kriptotizimlarning yaratilishi mahfiy kalit hajmining cheksiz katta bo‘lib ketishi masalasi bilan bog‘liq.

Yüklə 487,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin