Toshkent amaliy fanlar universiteti,,Òzbek tili va adabiyoti'' yònalishi 05-guruh talabasi Abdusaidova Gulondomning,,Hozirgi òzbek adabiy tili'' fanidan,,Bir necha ergash gapli qo'shma gaplar'' mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 12,84 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü12,84 Kb.
#191044
Bir necha ergash gapli qo\'shma gaplar

Toshkent amaliy fanlar universiteti ,,Òzbek tili va adabiyoti'' yònalishi 05-guruh talabasi Abdusaidova Gulondomning ,,Hozirgi òzbek adabiy tili'' fanidan ,,Bir necha ergash gapli qo'shma gaplar'' mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Tekshirdi:Xòjaniyozova Shahnoza
Reja;
  • Ergash gap
  • Bir necha ergash gapli qo'shma gaplar
  • Misollar

Ergash gaplar ham, xuddi sodda gaplar kabi, nisbiy tugal fikr bildiradi, o’zida predikativlikni ko’rsatadi va maxsus ohangga ega bo’ladi. Ergash gap eng muhim sintaktik kategoriya sifatida , bosh gapdagi biror bo’lakni yoki butun bir bosh gapni izohlaydi, mazmunni to’ldiradi va shu orqali bosh gapga biror tomondan aniqlik kiritadi.
Ayniqsa, biz bilamizki, odam borki,…tarzida bosh gaplarda struktura uchun juda zarur bo’lgan, lekin uslub tomonidan uni ifodalashga u qadar ehtiyoj sezilmagan bo’laklar tushib qolgan bo’lib, natijada to’liqsiz shakllangan konstuksiyalar vujudga keladi. Bu vaqtda o’sha tushib qolgan bo’lak o’rnida ergash gapdan foydalaniladi, shu bilan gap mazmuni to’ladi: Masalan, Biz bilamizki, baxt mehnat bilan topiladi. Odam borki, qolur undan yaxshi ot.
Shunday qilib, fikrni ifodalashning parallel shakllari yuzaga keladi.Bular mantiqiy tomondan bir-biridan farq qilmaydi. Ergash gapdan, dastavval, bosh gapdagi ana shu «kemtik» o’rinni to’ldirish, fikrni aniqroq, ochiqroq berish maqsadida foydalaniladi
Masalan; Sen sezdingmi (nimani?), bizning nafasdan Koinotda ortgan edi nur. (Zulfiya) Odam borki (qanday), odamlarning naqshidir. Birinchi gapda fikr aniqligi uchun kerak bo’lgan to’ldiruvchi, ikkinchi gapda esa aniqlovchi yetishmaydi. Ergash gaplar ana shu ikkinchi darajali bo’lak o’rnini qoplaydi. (komrensatsiya).
Bunday konstuksiyalarda ba’zi bosh gaplar o’zi uchun xarakterli sanalgan grammatik va intonatsion tugallik yoki “mustaqillik” belgilariga ega bo’lmay ham qoladi: Toleim shulkim, Vatanda bir guliston tanladim. (H.Olimjon). Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi.(Oybek)
Har ikki gapda ham bosh gapdagi mazmunga qaraganda , ergash garp orqali muhimroq, voqea-hodisa haqida habar berilgan. Ergash gaplar bosh gapga nisbatan xiyla «mustaqillik» vaziyatga ega. «Lekin bunday ergash gaplar bosh gap uchun xizmat qiladi; undagi biror o’rinni to’ldiradi,ochadi, biror bo’lakni izohlaydi va funksiyasiga ko’ra har doim tobe bo’lib qoladi va ergash gap sanaladi».
Ergash gar bosh garga ergashadi, bosh gap esa mustaqilday ko’rinsada, ergash gap itomonidan izohlanadi. Ergash va gaplarni ajratishda bog’lovchilarga qarash lozim bo’ladi. «Ona bor, shuning uchun baxting barqaror» gapini tahlil eta borib, baxting barqaror gapini ergash gapga kiritib yuborish ham mumkin.CHunki ergashtiruvchi bog’lovchi anu shu gap tarkibidan joy olgan.
Darsliklarda ham sabab ergash gar bosh garga shuning uchun, chunki, shu sababli bog’lovchilari orqali bog’lanadi, deyiladi. Aslida esa ana shulardan ikkitasi tarkibida (shuning uchun, shu sababli) ko’rsatish olmoshlari bo’lib, ko’makchili sabab holi vazifasini bajaradi. Ergash gap esa ana shu sabab holiga ekvivalent sanaladi, demak, onang bor gari sabab ergash gapdir. Demak, bir xil ergash gaplar turini aniqlash uchun bog’lovchi yoki o’rin bosh mezon bo’lmaydi, balki bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi asosiy mezon sanaladi.
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo), qiyoslash- chog'ishtiruv (go‘yo, go‘yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog'lovchilari yordamida bog’lanadi.
Sabab, maqsad, qiyoslash-chog'ishtiruv bog'lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Shart bog'lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi.
Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko‘pincha shart bog'lovchilari qo‘llanmasa ham, va shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini bog'layveradi. Malumki, aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi aniqlovchi vazifasida qo’llangan ayrim so’zlarning manosini konkretlashtirib keladi.
Aniqlovchi ergash gap kupincha bosh gapdagi predmet belgisini uning xarakati yoki holatiga ko'ra aniqlaydi. Bazan aniqlanayotgan bulak shaklan ifodalanmasligi ham mumkin. Lekin mazmunan u tulik, anglashinaveradi: Andak eshitildikim, Astrabadda alamdiun vtubtur (Nav.MN).
Mazkur misolda bosh gap tarkibidagi aniqlanayotgan bulak (xabar) shaklan ifodalanmagan. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi aynan ana shu ifodalanmagan subektni aniqlab, izohlab kelgan. Bunday gaplarning mazmuni sabab munosabatidan iborat. ergash gap sabab voqeani, bosh gap undan kelib chiqadigan natijani ifodalaydi.
Aralash murakkab qo'shma gaplar
Tarkibida ham ergashgan qo'shma gap, ham bog'langan qo'shma gap yoki bog'lovchisiz qo'shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo'shma gaplar deyiladi. Bunday qo'shma gaplar to'rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo'ladi: Tog' va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi
Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo'shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo'yi ko'tarilib, bulut darvoza oralig'ida charaqlab turardi.
Aralash murakkab qo'shma gaplar Qismlari uyushgan murakkab qo'shma gaplar.
Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o'zaro bog'lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog'langan boʻladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog'lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo'shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo'q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
Aralash murakkab qo'shma gaplar
Tarkibida ham ergashgan qo'shma gap, ham bog'langan qo'shma gap yoki bog'lovchisiz qo'shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo'shma gaplar deyiladi. Bunday qo'shma gaplar to'rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo'ladi: Tog' va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi
Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatini ayamasa, e'tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag'ishlaydi. (Qamchibek Kenja)
Bilim shundayki, u yalong'och bo'lganingda ham o'zing bilan qoladi, hammomga kirganingda uni suv ham yo'qota olmaydi.
Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. (Hamza)
Misollar
Kimning bilagida kuchi bo'lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o'sha zarbdor bo'ladi. (Abdulla Qahhor)
Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o'zini salqinga oldi. (M.Pirmatov)
Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo'lsa, har kim o'z haqini tanisa va o'zini-o'zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz.
Reja bajarilsa, dasturxon mo’l bo'lsa, yor-u do'st, birodarlar qalin bo 'lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. (Oybek)
Shunday bo'lmog'iga barcha sabablar bor edi, chunki ular bir qishloqda o'sib-ulg'aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo'lday ayon edi. (Murod Muhammad Do'st)
Shuni ta'kidlash lozimki. miyada jismoniy harakat yuzaga keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi.
To’g’risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo'lishga tirishar edi. (M. Mazratqutov)
Tol ekdik suv bo’yiga, Soya-salqin bo'lsin deb, G'ayrat qilgan botiriar yotib damin otsin deb. (Qo'shiq)
Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo'lsin, turmushimiz farovon bo'lsin, mustaqilligimiz barqaror bo'lsin. (O. Sharafuddinov)
Hosilimiz mo'l bo'lsa, uyimiz donga to'lsa, turmush bo'lar farovon. (U. Shukurov)
BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
Boshimda o'ynar qamchilar, qon ko'zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. (Komil Yashin)
Bu gap kutilmagan bo’lsa ham, Mirhamidxo'janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho'qqi soqoli xiyol titradi. (Abdutia Qahhor)
Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. (I. Yusupov)
Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog’lig'i yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G'afur G’ulom)
G'anim kelsa, xonumoni kul bo'lur, o'z yurtida pachaqlash ma'qul bo’lur. (G'afur G'ulom)
Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu — mening eng katta yutug'imdir, insoniarga tekkan eng katta foydamdir. (Q.Ergasheva)
Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi.
Kimki tez-tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi, tanasiga quvvat yuguradi. (Oybek)
Kimki umid bilan daraxt o'tqazsa, bir kuni kelib bu daraxt shig'il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog'diradi.
Kimning qalbi pok bolsa, uning ishlari o'z-o'zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo’ladi.
O’zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug', iqboli balandki, ularning O 'zbekistondek jannatmonand yurti bor. (Azim Suyun)
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. B.Òrinboev Hozirgi òzbek adabiy tili.Samarqand 2001
2. Ģ Abdurahmonov Òzbek tili grammatikasi.Toshkent 1996.
  • A.Berdialiyev Ergash gapli qo'shma gap konstruksiyalarda semantik- signifikativ paradigmatika.Toshkent 1989.
  • M.Asqarova Hozirgi zamon òzbek tilida qòshma gaplar.Toshkent 1960

Yüklə 12,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin