1.Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. 2. Qo’shma gap turlari 3. Qo’shma gap bilan sodda gap qiyosiy xarakteristkas Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi. Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi. Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. (O‘xshatish) Bog‘lovchili qo‘shma gapga sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi. (Sh.) Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibida tinish belgilari quyidagicha qo‘llanadi: Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash xirgoyisini bir zumga ham to‘xtatmas edi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro va, hamda bog‘lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘ldi. Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo‘ydi.
2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.
Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.
Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.
Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday ishlardagi sodda gaplar o‘zaro ayiruv bog‘lovchilari – goh…goh, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yohud…yohud yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishini yoki ulardan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. 4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi. 4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi. 5) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog’” ishorasini berar edi.
adabiyotlar:
Abdurahmonov G‘. Qo‘shm agap sintaksisi asoslari. T., fan, 1958 yil.
O‘zbek tili grammatikasi. II tom Sintaksis. T.,1976 yil.
Abdurahmonov G‘. Sulaymonov H. Holiyorov X. J.Omonturdiyev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 1976 yil.
G‘ulomov A.G‘. Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 1987 yil.