M V P*=
PY Ya’ni, pul massasi bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning bozordagi bahosini belgilaydi. Agar;
R* > 1 bo’lsa, pul talabga nisbatan ko’p bo’ladi;
R* < 1 bo’lsa, pul talabga nisbatan kam bo’ladi;
3.R=1 bo’lsa, pul massasi bilan tovar va xizmatlar massasi tenglashadi, ya’ni, bozor muvozanatlashadi.
Birinchi holda narx oshgan bo’ladi va pul qadri pasayadi, ikkinchi holda esa aksincha, pul massasi kamaygan bo’ladi va to’lov inqirozi yuzaga keladi.
Muomalada bo’lishi zarur bo’lgan pul massasi tovar va xizmatlar massasi bilan pul harakati - pul aylanish tizimiga bog’liq;
M = R x Y / V;
Muomala uchun zarur bo’lgan pul massasini davlat muomalaga chiqaradi va u mamlakat davlat doirasida harakat qiladi. Muomalada tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi inflyatsiyani bildiradi. Pul qadrsizlanganda muomaladagi pul ko’payib, unga nisbatan tovar va xizmatlar kamayib ketadi. Pul birligining xarid kuchi unga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdoridan kamayadi, natijada ularning bahosi o’sadi. Bu esa o’z navbatida pulning valyuta kursini pasaytiradi, chunki, unga nisbatan boshqa valyutaga ko’proq tovar sotib olish mumkin bo’ladi.
Davlat o’z xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini amalga oshirib, uni ko’paytirib, muomalaga kiritishi mumkin. Lekin uni tovar va xizmatlar massasi bilan ta’minlay olmasa pulning qadrsizlanishi kuchayib boradi. Demak, qog’oz pullar oltinga, chet el valyutasiga nisbatan qadrsizlanadi. Binobarin, pul miqdori asosan ishlab chiqarish holatiga, narxga, pul aylanishi tizimiga bog’liq bo’lib, unga nisbatan davlat jiddiy yon-dashadi. Iqtisodiyotni tartibga solish uchun davlat muomaladagi pul miqdorini o’zgartirib, uni normal holga keltirib turadi.
Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab o’sgan xolatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat kattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya ta’sirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash o’rinlidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashivi yanada oshadi. Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol ta’sir ko’rsata boshlaydi.
Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini o’zgartirish uchun foiz vositasidan foydalanadi. Ma’lumki, kredit munosabatlarida Markaziy bank markaziy zaxira tizimi vazifasini o’taydi va ular davlat ta’sirida bo’ladi. Davlat kreditga bo’lgan talab va taklifni mar-kaziy zaxira tizimi orqali o’zgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil yo’l bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablag’ining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi o’zi boshqa banklardan oladigan foizlarni o’zgartiradi. U boshqa banklarga past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy yordam ko’rsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o’sishga ta’sir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi orqali xazina veksellarini (majburiyatlarini) tarqatadi, o’z zayomlarini sotadi yoki qimmatli qog’ozlarni sotib oladi.
Davlatning pulga bo’lgan talab va taklifni o’zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni o’tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.