1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari


Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash



Yüklə 258,91 Kb.
səhifə7/11
tarix28.09.2022
ölçüsü258,91 Kb.
#64306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bank tizimi

Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisobkitoblarda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit siyosatida valuta mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina qolmay, balki dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin-valuta zaxira lari qiymatini saqlab turish imkoniyatini yaratadi. Boshqa mo liya muassasalari, korxonalar va jismoniy shaxslar ham xorijiy valutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi. Bu vazifa „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat bankiri sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi, ana shu hisobvaraqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi: davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valutada operatsiyalar bajaradi.
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fi skal (xazina) vakili vazifasiga muvofi q hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan (47-modda), hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni yuritadi, davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishda qatnashadi.

Yüklə 258,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin