1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari


Tijorat banklariga kredit berish



Yüklə 258,91 Kb.
səhifə8/11
tarix28.09.2022
ölçüsü258,91 Kb.
#64306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bank tizimi

Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasa-da, u tijorat banklarining kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan, valuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalardan, kredit, kimoshdi savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin.
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisobvaraqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham Markaziy bankka murojaat qiladilar.
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash huquqiga ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki chakana savdoda mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzishda mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur.
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffi tsiyentlarini belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tu zilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chi qilayotgan Qonunning 28-moddasiga muvofi q majburiy zaxira lar alohida hisobvarag‘ida naqd pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. Zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham mumkin. Tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda mo liyaviy sanksiyalar (53-modda) belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda belgil angan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish „Banklar va bank faol iyati to‘g‘risida“gi Qonunga asoslanadi. Bu Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar va xorijiy valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolatlar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi.
Odatda, O‘zbekistonda banklar aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etiladi. Aksiyadorlar bankning ustav fondiga qo‘shgan hissalariga qarab, bankning majburiyatlariga javobgardirlar. Aksiyadorlar bank faoliyatini boshlash bosqichida bankdan bank ta’sis qilinganda qo‘shgan hissalarini qaytarilishini talab qilish huquq iga ega emaslar (ba’zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini, ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat organlarining mablag‘lari, jamoa, birlashmalar va fondlarining mablag‘lari, garov va kreditga olingan mablag‘lardan foydalanish mumkin emas.
Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi aksiyador jamiyat tuzilishiga o‘xshashdir. Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Bu yig‘ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari ishtirok etadilar. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqishga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi ishtirok etishi lozim.
Bankning boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo‘shimcha tarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazor at qi lish mas’uliyati ham yuklatilgan. Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankining nizomi bilan belgilanadi.
Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kred it siyosati va bankning boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash, sho‘balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi.
Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. U aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Bank boshqaruvi boshqaruv raisi, rais o‘rinbosari va boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o‘z faoliyatini Nizom va yo‘riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi – bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan:

  • kreditlash va mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilishni ta’minlash va boshqa vazi-falarni amalga oshiradi.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi.

Yüklə 258,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin