Mavzu:Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI MBR-81 GURUH TALABASI MUSURMONOVA SEVARANING MOLIYAVIY HISOBOT FANIDAN MUSTAQIL ISHI REJA 1. BHXS №1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standartining mazmuni va qo’llanilishi BHXS (IAS) 7 “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” standartining mazmuni va qo’llanilishi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash 2. 3. Biz standartlarni o'rganishni boshlaydigan vaqtimiz keldi. Milliy standartlardan birnchi bor MHXSga o'tayotganlar uchun boshlang'ich nuqtasi bu – #IFRS1 yoki "MHXSni birinchi marta qo’llash".
PART - ONE MHXS 1 uchun eng muhim 3ta sana O'tish davridagi barcha MHXS tuzatishlaringiz 01.01.2019 balansingizdan o'tadi. Yuqoridagi barcha sanalar uchun siz bir xil hisob-kitob qoidalariga (hisot siyosatiga) rioya qilishingiz kerak. Hisobot sanasida qo'llaniladigan barcha standartlar (31.12.2020) barcha davrlar uchun doimiy ravishda qo'llanilishi kerak. Men MHXS va buxgalteriya hisobi bo'yicha maslahatchi bo’lib ishlaganimda, ko’plab yirik davlat va xususiy tashkilotlarga har xil Milliy standartlardan MHXS ga o'tishda yordam berganman. Men MHXS-1 ni, uning qoidalarini, istisnolarini va tanlovlarning ro'yxatini o'qib va yana qayta o'qib chiqardim. Tushunaman, siz ham ko’p MHXS buhgalterlaridek MHXS-1 standart va texnik tilning hajmidan g'azablangan bo'lsangiz, bu yerda siz uchun tushunarli bo'lgan tarzda asosiy fikrlarni ajratishga harakat qilaman.
MHXS-1ning talablari: Agar siz ilgari milliy standartlar bo’yicha hisobot tayyorlagan bo'lsangiz va MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashga birinchi martta qaror qilgan bo'lsangiz, aytaylik, 31.12.2020 uchun sizga quyidagilar kerak bo’ladi:
3 (uchta!) moliyaviy holat (balans) to’g’risidagi hisobot (31.12.2020, 31.12.2019 va 01.01.2019 uchun);
Foyda va zarar to'g'risida 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);
Boshqa umumlashgan daromad to'g'risida 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);
Pul oqimlari to'g'risida 2 ta hisobot (2020 va 2019 yillar uchun);