Oldingi (milliy) standartlar bo’yicha tayyorlangan hisobotni MHXS bo’yicha tayyorlangan hisobotga solishtirmalar (Ushbu solishtirmalarni shu maqolamda quyida yoritib beraman)
BHXS-16 (Asosiy vositalar)ga muvofiq tarixiy amortizatsiyadan keyingi qiymat (giperinflyatsiyani unutmang)
01.01.2019 holatidagi haqqoniy qiymat
Milliy standartlar bo'yicha qayta baholangan summa (agar ushbu qayta baholangan summa haqqoniy qiymatga yoki amortizatsiyadan keyingi hozirgi narxlarga indekslashgan tannarxga umuman olganda taqqoslash mumkin bo'lsa).
O'tish sanasida siz asosiy vositalaringizni "shartli tannarx"da baholash imkoniga egasiz. Bunda siz har bir aktiv uchun alohida quyidagilardan birini tanlashingiz mumkin:
Milliy standartlar bo’yicha tayyorlangan hisobotni MHXS bo’yicha tayyorlangan hisobotga solishtirmalar MHXS-1ning asosiy talablaridan biri bu sizning kapitalingizning (ya'ni sof aktivlarning) milliy standartlar bo’yicha balansi va kapitalning MHXSga muvofiq balansi o'rtasida 01.01.2019 (o'tish sanasi) va 31.12.2019 (qiyoslanadigan davr) uchun solishtirmalarni ochib berish va taqdim etishdir. Shuningdek, 2019 yil yakuni (qiyoslanadigan davr) uchun sizning milliy standartlar bo’yicha foyda va zararingizni MHXS bo’yicha foyda va zararlaringizga solishtirishingiz kerak.
Men mijozlarimga MHXSga o'tishida qanday yordam beraman? Ko'pincha men korxonalarga Milliy standartlardan MHXSga o'tishda yordam berish uchun maslahatchi sifatida yollanaman. MHXS-1 bu bir masala, ammo MHXSni tadbiq etish biznesning ko'p jihatlariga, shu jumladan moliyaviy hisobot jarayonlari, tizimlar, ichki nazorat, soliqlar, g'aznachilik, asosiy boshqaruv xodimlari KPI-larni belgilashga, naqd pul va boshqalarga ta'sir qiladi. Bu xodimlarni, jarayonlarni va IT tizimlarini qamrab oladigan o'zgarishlarni talab qiladi.
Men va mening jamoam kompaniya menejmenti va moliya xodimlari bilan o'tirib, ularning biznesini o’rganaman va MHXSni qo’llashning ularning korxonaga kutilayotgan oqibatlarini tushuntiraman va mijozlarga MHXSni tadbiq etishni to'g'ri rejalashtirish va boshqarishda yordam beraman. Men MHXSni amalga oshirishda quyidagi 5 bosqichli rejani tavsiya qilaman:
Men buni quyidagicha amalga oshirgan bo’lardim:
Moliyaviy hisobot va buxgalteriya siyosati bilan tanishib chiqing va kompaniyangizning mavjud bo'lgan hisob siyosati va MHXS talablariga binoan bo'shliqlar / nomuvofiqliklarni aniqlang. Topilmalar haqida xulosa hisobotini tayyorlang.
Yo'l xaritasini tuzing, asosiy qiyinchiliklarni, asosiy vazifalarni, vaqt va muddatlarni aniqlang.
Birinchi etapda aniqlangan texnik masalalar bo'yicha tadqiqotlar qiling va menejment uchun MHXSning ularning biznesiga ta'sirini yoritib berish, ular uchun mavjud bo'lgan tanlovlar haqida hisobot ishlab chiqing. Ushbu tanlovlar bo’yicha qaror qabul qiling.
Transformatsiya jadvalini va MHXS moliyaviy hisoboti jadvalini tayyorlang va tegishli ichki nazoratni amalga oshiring va rollarni tayinlang.
Ichki manfaatdor tomonlar va tashqi audit tomonidan ko’rib chiqilishini ta’minlang.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;
hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir);
fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;
kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi.
Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda.
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining tan olinishi va tobora ko’proq ishlatilishini isbotlovchi eng muhim voqealardan biri bu Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir.
Evropa Komissiyasi esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga hisobotning va umuman buxgalteriya hisobining muvofiqlashishi nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqida adolatli va samarali raqobot muhitini saqlashda muhim ekanligini e’tirof etmoqda. Yevropa Komissiyasi moliviy hisobot standartlari garmonizatsiyasida MHXSK bilan hamkorlik qilish samarali ekanligini rasmiy ravishda e’lon qilgan.
AQShning Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi esa quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi:
standartlar buxgalteriya hisobining keng qamrovli bazisini taqdim etuvchi buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak;
standartlar yuqori sifatli bo’lishlari shart, chunki ular ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak;
standartlar interpretatsiyasi berib borilishi kerak va ularga so’zsiz amal qilinishi kerak.
Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish mumkin.
BHXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” standarti umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini xo’jalik sub’ektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyosiyligini ta’minlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko’rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o’rnatadi.
Xo’jalik sub’ekti mazkur standartni umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlari) muvofiq tayyorlashda va taqdim etishda qo’llashi lozim. Boshqa MHXSlar muayyan operatsiyalar va boshqa hodisalarni tan olish, baholash va oshkor etish bo’yicha talablarini belgilaydi.
THANKS