2. Kasbiy ta’lim xususiyati 2.1. 40320201 – Kutubxonashunoslik kasbi doirasida beriladigan kvalifikatsiyalar:
1. Axborot kutubxona muassasasining kutubxonachisi 2. Elektron kutubxonalar kutubxonachisi Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o‘zlashtirgan Shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.
2.2. Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joy qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash, harakat xotirasi va moslashuvchanlik.
2.3. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari. 40320201 – Kutubxonashunoslik kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:
kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;
kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin.
2.4. O‘qishga qabul shartlari. O‘qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
3. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi 3.1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi: Axborot kutubxona muassasalarida kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, nashrlarni qabul qilib olish va joylashtirish, elektron katalogni yuritish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish, kataloglar bilan ishlash, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yuritish kabi ishlarni mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan holda bajarish.;