1. Big-Data texnologiyasi. Katta ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlari



Yüklə 87,92 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü87,92 Kb.
#208227
  1   2   3   4   5   6
16 mavzu


  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1.Big-Data texnologiyasi. Katta ma’lumotlarni tahlil qilish tizimlari.
2. Katta ma’lumotlar va ma’lumotlarni qayta ishlash.Katta ma’lumotlar mashinasi.
3.Big Data texnologiyalari paydo bo’lgan joyda qanday qo’llaniladi?
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Bugungi kunda zamonaviy ilm fan taraqqiy etishi, dunyo bo’ylab ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonining tezlashishi katta va kichik serverlarda hamda shaxsiy qurilmalarda hozirgi zamonaviy texnologiyalar yordamida to’plash va qayta ishlash murakkab bo‘lgan katta hajimli turli xil ma’lumotlar oqimi (Big Data) ning hosil bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Bu katta hajimli turli xil ma’lumotlar oqimi ularni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bir qancha muammolarni hosil qilishi bilan birgalikda, ulardan samarali foydalanish ya’ni uni to‘liq va to‘g‘ri tahlil qilish malumotlar ishonchligini oshirib, insonlarga barcha sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda katta imkoniyatlarni ochib berish imkoniyatiga ega.Shu maqsadda hozirgi kunda katta hajimli ma’lumotlar (Big Data)ga oid ko’plab ilmoy tadqiqot ishlari olib borilmoqada. Bu ishlarning aksariyati Big Dataning asosiy xususiyati ya’ni katta hajimli ma’lumotlarni tezkorlik bilan qayta ishlash va tahlil qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, tadqiqot natijalari odatiy yakka hisoblash tizimlaridan foydalanish kutilgan natijalarni bermasligini ko’rsatmoqda. Ma’lumotlarning katta hajimda ekanligini va uni yagona kompyuter yoki serverda qayta ishlash imkoniyati pastligi hisobga olinsa, eng yuqori natija beruvchi yondashuv taqsimlangan hisoblash mexanizmlari orqali ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlashdir.Ma’lumotlarning katta hajimda ekanligi sababli taqsimlangan hisoblash tizimlarida jarayonlarni to’g’ri tashkil etish tizim samaradorligiga ijobiy tasir etadi. Ya’ni Big Datani qayta ishlashda taqsimlangan hisoblash tizimining samaradorligi tizimning bir nechta xususiyat (omil)lariga bog’liq bo’ladi. Shunday taqsimlangan hisoblash tizimi samaradorligiga chambarchas bog’liq bo’lgan muhim omillardan biri - bu tizim abonentlari o’rtasidagi jarayonlararo aloqa va sinxronizatsiya. Ayniqsa, katta hajimdagi turli xillik xususiyatiga ega ma’lumotlarni bir serverdan ikkinchisiga to’qnashuvlarsiz va yo’qotishsiz uzatish tizim samaradorligining qiyin bo’g’inidir.

Yüklə 87,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin