Parij Kommuna – Fransiyada tuzilgan kunio’zini o’zi boshqarish organi.
6-
BILET
1. Qadimgi Mesopatamiya hamda yunon sivilizatsiyalarini taqqoslang.
Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) - "orasi", "oʻrtasi" va ποταμός
(potamos) - "daryo", yaʼni "ikki daryo oraligʻi") Tigr va Yevfrat daryolari
orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya,
janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi.
Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta
va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qad. Sharqning madaniy
markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3ming yillikda M. hududida ilk
davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan.[1]
Mesopotamiya baʼzan "tamaddun beshigi" deb ataladi, bunga sabab bu
mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir
asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk
Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar
tomonidan boshqarilgan bu hudud istilodan soʻng Iroq degan nom bilan
ataladigan boʻldi.
2. Buxoro amiri Amir Nasrulloxon haqida ma‟lumot bering.
Nasrullaxon (1806.1.6 - Buxoro 1860.21.9) — Buxoro amiri (1826 —
1860), mangʻitlarlan. Amir Haydarning oʻgʻli. Otasining hukmronligi davrida
Qarshida hokimlik qilgan. Amir Xaydar vafotidan soʻng hokimiyat uchun
kurashlarda akalari amir Husayn (1797— 1826) va amir Umar (1826 yil v.e.)ni
oradan koʻtarib, Buxoro taxtiga oʻtiradi (1826). Nasrullaxon oʻz hukmronligi
davrida islom shariati koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va
dovyurak kishi boʻlganligi bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan.
Nasrullaxon davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urugʻ va qavm
boshliqlari boʻlgan koʻplab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va
gʻayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837 yilda harbiy sohada islohotlar oʻtkazib,
oʻz qoʻshinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta
sarbozlar boʻluklari va 250 kishilik toʻpchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam
piyoda qoʻshinining soni 40000 kishidan ortiq boʻlgan.Nasrullaxon tomonidan va
uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo
Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor,
Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining
qurilishi yakunlandi.Nasrullaxon Buxoroda dafn etilgan.
3. “Shovinizm” atamasiga izoh bering.
Shovinizm – bir irqning boshqalardan ustunligini da‘vo qiluvchi, millatlar
o’rtasida nizo urug’ini sochuvchi o’ta o’ng, ashaddiy millatchilik.
Dostları ilə paylaş: |