2. Ekvivalentlik munosabati. Munosabatlar turli xossalarga egabo'lishi mumkin. Matematikada quyidagi 12- ta’rifda ko‘rsatilgan uchta xossaga ega boigan munosabatlar ko‘p uchragani uchun ularga maxsusnom berilgan.
12-t a ’ r i f . X to'plamning ixtiyoriy x elementi uchun: agar x p x bo ‘Isa, и holda p munosabat X to ‘plamdagi refleksiv
munosabat; agar x p у dan у p x kelib chiqsa, и holda p munosabat simmetrik munosabat; agar x p у va у p z dan x p z kelib chiqsa, и holda p munosabat tranzitiv munosabat deb ataladi.
13- t a ’ r i f . Agar biror to'plamdagi munosabat refleksiv, simmetrik va tranzitivlik xossalariga ega bo'lsa, и holda bunday munosabat shu to ‘plamdagi ekvivalentlik munosabati deb ataladi. Agar p munosabat X to‘plamdagi ekvivalentlik munosabati bo'lsa, u holda Dp = X bo'lishi ravshandir. o'xshashlik munosabati.
3. Butun sonlar to'plamidagi n modul bo'yicha taqqoslash munosabati.
4. O'zbekiston Respublikasida yashovchi odamlar to'plamidagi “bir uyda yashovchilar” munosabati. Ekvivalentlik munosabati ushbu asosiy xususiyatga ega: u to'plamni kesishmaydigan qism to'plamlarga bo'ladi. Masalan, 7- misolning 4- bandidagi “bir uyda yashovchilar” munosabati O'zbekiston Respublikasida yashovchi odamlar to'plamini bir-biri bilan kesishmaydigan “bir uyda
yashovchilar” va “qolganlar” qism to'plamlariga bo'ladi. Bu aytilganlami quyidagicha umumlashtirish mumkin.