1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Qoplama epiteliy: tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə12/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

22. Qoplama epiteliy: tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari.
Qoplovchi epiteliyda hujayralar qavatlarga jamlanadi va tana yoki tana bo’shliqlari yuzasini qoplaydi. Ularni hujayra qavatlari yoki hujayralarning morfologik xususiyatlariga ko’ra klassifikatsiyalash mumkin. Bir qavatli epiteliy faqat bir qavat hujayralardan, ko’p qavatli epiteliy esa bittadan ortiq qavatlardan iborat. Bir qavatli epiteliy quyidagi turlarga bo’linadi: yassi (ingichka xujayralar), kubsimon (xujayrani bo’yi va eni bir xil), ustunsimon (eniga qaraganda bo’yi baland). Ko’p qavatli epiteliy yuza qavat xujayralarini shakliga qarab klassifikatsiyalanadi: Yassi xujayrali, kubsimon, ustunsimon, o’zgaruvchan. Ko’p qavatli yassi epiteliyni yuza xujayralari muguzlanishi yoki muguzlanmasligi mumkin. Ko’p qavatli yassi epiteliy yassi muguzlanuvchi epiteliy teri epidermisida uchrab, to’qimalar degidratatsiyasini oldini oladi. Uning xujayralari ko’p qavat xosil qilib, biriktiruvchi to’qimaga yaqin joylashganlari kubsimon, yuqorilab borgan sari noto’g’ri shaklni olib, yassilashib boradi. Xujayralar tsitoplazmasida muguzlanish alomati bo’lmish keratin to’planadi va epiteliyni yuqorigi qavatlariga yetganda xujayralar yassilashib, yadrosini yo’qotadi va muguz tangachalariga aylanadi.


23. Bezli epiteliy, ekzo-endokrin bezlar. Ekzokrin bezlar umumiy tuzilish printsipi.
Sekret ishlaydigan hujayralar yig`ilib, bezlarni hosil qiladi. Bezlarning ko`pchiligi epiteliy hosilasidir. Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo`lagi va buyrak usti bezining mag`iz qismigina nerv to`qimasidan rivojlanadi.
Agar bezlar o`z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar ekzokrin bezlar deyiladi. Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining o`z mahsulotini me’da-ichakka chiqaruvchi bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o`z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlar deyiladi. Endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, buyrak usti bezi, epifiz, jinsiy bezlar kiradi.
Ko`p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism farqlanadi: 1) sekretor yoki oxirgi bo`lim 2) chiqaruv naylari.
Sekretor bo`limda shu bez uchun xarakterli bo`lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi bo`lim hujayralari ko`pincha bazal membranada bir qavat bo`lib joylashadi. Faqatgina yog` bezlari oxirgi bo`limlarida bir necha qavat bo`lib joylashgan hujayralarni ko`rish mumkin. Ba’zi bir bezlarning oxirgi bo`limida. sekretor hujayralardan tashqari qisqarish funktsiyasini baja-ruvchi mioepitelial hujayralar ham joylashadi.
Oxirgi bo`limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yo`llari orqali tashqi muhitga chiqariladi. Chiqaruv yo`llari hujayralarn sekret mahsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil moddalar bilan boyitishi yoki chiqaruv yo`li orqali o`tayotgan mahsulot suvini va ba’zi moddalarni so`rishi mumkin. Ko`p hujayrali bezlarning chiqaruv yo`llari tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo`ladi. Tarmoqlanmagan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar oddiy bezlar, tarmoqlangan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar murakkab bezlar deb yuritiladi.



Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin