1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va chiqishini, membranalar bilan bog`liq bo`lgan bioximik jarayonlarni va membranalarda joylashgan fermentlar orqali hujayrada moddalar almashinuvi (metabolizm)ni boshqarib turadi. Membranalar chegaralash funksiyasini bajaradi. Hujayraning tashqi qavatni hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit bilan aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi membranalar (sitomembranalar) ATF sintezlovchi mitoxondriyani, ma’lum moddalarni parchalovchi lizosomalarni, oqsil, yog`, karbonsuv va hujayra uchun kerakli ximiyaviy moddalarni sintezlovchi endoplazmatik to`rni, plastinkasimon kompleksni, yadro qobig`ini va boshqa tuzilmalarni hosil qiladi.
Biologik membranalar hujayra qobig`i, hujayraning membranali organellalarini va yadro qobig`ini hosil qilib, qalinligi 6-10 nm bo`lgan lipoproteid tuzilmadir. Lipid molekulalari ikki qavat bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar) qismlari tashqariga, gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab yotadi. Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. Obrazli qilib aytganda «oqsil molekulalari lipid ko`llarida suzib yuradi». Biologik membranalar oqsil, lipiddan tashqari, uglevod, noorganik ionlar va suv tutadi. Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar oqsillardir. Globulyar oqsillar fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana orqali transportida muhim ahamiyatga ega.
2. Xujayra membranasi (plazmolemma): tuzilishi va vazifalari. Sitoplazma tashqaridan plazmatik membrana(plazmolemma) bilan ajralib turadi. Plazmatik membrana hujayra ichidagi tuzilmalarni hujayralararo moddaning makromolekulalari bilan bog’laydi. Plazmatik membranada integrin oqsili bo’lib, tsitoplazma sitoskeletidagi filamentlari bilan bog’langan. Buning natijasida sitoplazma bilan hujayralararo modda orasida aloqa bo’ladi.
Hujayra membranasidan moddalar tanlab o’tkaziladi. Asosiy vazifalaridan biri hujayra ichi muhiti doimiyligini ushlab turadi. Membrana tanish va boshqarish, shuning bilan hujayra va uni o’rab turgan tuzilmani o’zaro boshqarilishini ta’minlaydi. Membrananing qalinligi 7,5-10 nm gacha. membrana asosan fosfolipid va xolesterin lipid komponentlaridan tashkil topgan.