Sekretor kiritmalar bez hujayrasiga xos bo`lib, hujayradan chiqaruvchi va organizm normal hayot kechirishi uchun o`ta ahamiyatga ega bo`lgan moddalardan tashkil topgan.
Ekskretor kiritmalarga hujayradan chiqishi kerak bo`lgan katabolitik moddalar (buyrak kanalchalari hujayrasidagi mochevina va boshqalar) kiradi.
Gialoplazma-asosiy plazma yoki matriks - sitoplazmaning organellalari va kiritmalarisiz asosiy qismi bo`lib, u hujayraning asl ichki muhitidir. Gialoplazma gomogen va mayda donador tuzilishga ega. Gialoplazmada turli biopolimerlar: oqsil, nuklein kislota, polisaxaridlar va boshqa moddalar bo`ladi. Bu sistema suyuq holatdan gel holatiga yoki aksincha, gel holatdan suyuq holatga o`tishi mumkin. Gialoplazmada fibrillyar, ipsimon oqsil molekulalar hosil bo`lishi yoki parchalanishi mumkin. Gialoplazmada glikolitik fermentlar, karbonsuv metabolizmi fermentlari, oqsil va lipid metabolizmining fermentlari, RNK va turli ionlar uchraydi. Gialoplazma hujayraning turli tuzilmalarini o`zaro bog`laydi. Hujayra uchun zarur bo`lgan moddalar, aminokislotalar, yog` kislotlari, nukleotidlar, karbonsuv, ionlar, ATF hujayraning turli tuzilmalariga gialoplazma orqali yetkaziladi.
11. Xujayra yadrosi: uning axamiyati, asosiy struktur komponentlari. 12. Xujayra yadrosi, xujayra faoliyatidagi axamiyati. Yadro qobig’ining tuzilishi va vazifalari.
Yadro faqat eritrotsitlarda bo`lmaydi. Yadro hujayrada asosan bitta (bir yadroli hujayra) yoki ikkita (ikki yadroli hujayra) bo`ladi. Ko`p yadroli hujayralar va simplastlar ham mavjuddir. Yadroning kattaligi turlicha bo`lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum hujayra) boradi. Yadro quyidagi asosiy struktur komponentlardan iborat: 1. Yadro qobig`i. 2. Xromatin strukturalari (xromatin, xromosoma). 3. Bir yoki bir necha yadrocha. 4. Karioplazma (yadro shirasi).
Yadroning asosiy komponent xromosomalar DNK dan iborat bo`lib, o`zida genetik informatsiyani saqlaydi. DNK dan tashqari hujayra yadrosida 3 xil: informatsion, ribosomal va transport RNK bor. Yadroda bir qancha fermentlar - ATF-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi. Yadroda kaltsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa elementlar ham topilgan.
Yadro qobig`i (kariolemma)-ikki membranadan tashkil topgan bo`lib, har birining qalinligi 10 nm va 3 qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi yadro qobig`i orasida 10-30 ba’zan 100 nm ga teng perinuklear bo`shliq bo`ladi. Yadroning tashqi qobig`i endoplazmatik to`r membranasiga o`tadi. Membranasi oqsil va lipiddan tashkil topgan. O`ziga xos xususiyati ko`p miqdorda yadro teshiklarining bo`lishidir. Vazifalari: yadro bilan sitoplazmaning o`zaro ionlar bilan almashinishiga imkon yaratadi; nasl informatsiyasining yadrodan sitoplazmaga RNK orqali o`tishini taminlaydi; sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan ta’minlashda kerak bo`lgan mononukleotid trifosfatning katta molekulalari o`tadi; endoplazmatik to`r hosil bo`lishida ishtirok etadi.
Yadrocha ipsimon ko`rinishdagi nukleolonemalar va ular orasidagi gomogen tuzilmalardan tashkil topgan. U oqsil sintezida qatnashadi va ribosomalar hosil bo`lishida muhim rol o`ynaydi.
Yadro shirasi yoki kariolimfa (karioplazma) interfazadagi despiralizatsiya bo`lgan xromosomalari va yadrocha joylashgan muhitdir. Tirik hujayralarda yadro shirasi strukturasiz massa hisoblanadi.
Xromatin yoki xromatin to`ri interfazadagi yadroning ipsimon cho`zilgan xromosomalaridan iborat . Xromatinning asosiy sitoximik belgisi unda DNK ning bo`lishidir.