1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə10/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

17. To’qimalar haqida tushuncha. To’qimalarning tarkibiy qismi: hujayralar va hujayralararo modda. To’qimalar turlari: epitelial, ichki muhit, mushak va nerv to’qimalari.
Epiteliy to`qimasi chegaralovchi to`qima bo`lib, tana yuzasini, hazm qilish nayining, nafas va siydik chiqarish yo`llarining ichki yuzasini qoplab turadi. Jigar, me’da osti bezi va ko`pgina bezlar tarkibiga kiradi. Epiteliy to`qimasi himoya, sekretor, so`rish va ekskretor funktsiyalarni bajarishga moslashgan.
Mezenximadan hosil bo`lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi, lekin tuzilishi bilan farqlanuvchi to`qimalar ichki muhit to`qimalari (tayanch-trofik, biriktiruvchi to`qima) nomi bilan ifodalanadi. Bu to`qima tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to`qima, retikulyar to`qima, tog`ay va suyak to`qimasi kiradi. Hamma ichki muhit to`qimalari uchun xos umumiy xususiyat – bu ularda hujayralar va hujayralararo moddalarning mavjudligidir. Ichki muhit to`qimasining qon va limfa to`qimasidagi hujayralararo modda suyuq bo`lsa, tog`ay va ayniqsa suyak to`qimalarida uning zichlashganligini kuzatish mumkin.
ICHKI MUHIT TO`QIMASI
Qon va limfa Biriktiruvchi to`qima
asl biriktiruvchi tog`ay suyak
to`qima to`qimasi to`qimasi
Mushak to`qimasi organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funktsiyasiga moslashgan, shakli cho`ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir. Tuzilishi va bajarayotgan funktsiyasiga ko`ra silliq, ko`ndalang-targ`il (skelet), yurak mushagi va ba’zi a’zolarda uchrovchi maxsus mushak to`qimasi farq qilinadi.
Nerv to`qimasi yuqori darajada ixtisoslashgan to`qima bo`lib, to`qimalar va organizmning barcha a’zolarini o`zaro aloqada bo`lishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bog`lanishini ta’minlayndi. Nerv to`qimasining asosiy vazifasi ta’sirotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash, organizmning turli sistemalarining faoliyatini uyg`unlashtirish, koordinatsiyalash kabilardan iborat.
18. Epiteliy to’qimasi. Umumiy tavsifi. Ontofilogenetik klassifikatsiyasi (embrional kurtaklardan rivojlanishi bo’yicha).
Epiteliy to`qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan (ekto, ento- va mezodermadan) hosil bo`ladi. Ilk bor hosil bo`lgan epiteliy hujayralari homilaning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. U orqali homila va ona organizmi o`rtasida modda almashinishi ta’minlanadi.
Boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari: 1) Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat, hujayralararo modda deyarli bo`lmaydi. 2) Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi. 3) Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli differensiallash xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladi. 4) Epiteliy to`qimasida qon tomirlar bo`lmaydi, hujayralar bazal membrana orqali biriktiruvchi to`qimadan diffuz yo`l bilan oziqlanadi. 5) Epiteliy to`qimasi yuqori darajada qayta tiklanish xususiyatiga ega.
Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi: 1) teri epiteliysi; 2) ichak epiteliysi; 3) buyrak epiteliysi; 4) selomik epiteliy; 5) ependimoglial epiteliy.
Terining epiteliy to`qimasi ko`p qavatli bo`lib, himoya funktsiyasini bajaradi. Ichakning epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, himoya va so`rish funktsiyasini o`taydi. Buyrakning epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, modda almashinuvida hosil bo`lgan organizm uchun kerak bo`lmagan oxirgi maxsulotlarning chiqarilishida ishtirok etadi. Selomik epitelial to`qima seroz bo`shliqlarni qoplashdan tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida ham qatnashadi. Ependimoglial epitelial to`qima nerv naychasidan rivojlanib, sezgi organlari tarkibiga kiradi, miya qorinchalarini va orqa miya kanalining devorini qoplaydi.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin